• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 14-avgust kuni 694 kishida koronavirus aniqlandi. Davolanish ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord o‘rnatildi

    O‘zbekistonda 13-avgust soat 23:30 dan 14-avgust soat 23:30 gacha koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 694 ta holat qayd etildi. Ketma-ket sakkizinchi kun kunlik kasallanish holati 700 ga yetmayapti. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 34017 nafarga yetdi.

    SSV hisobi bo‘yicha 221, “Daryo” hisobi bo‘yicha 230 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 221, “Daryo” hisobi bo‘yicha 230 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallangan 694 kishining 667 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:
    • Toshkent shahrida — 404 nafar;
    • Toshkent viloyatida — 159  nafar;
    • Samarqand viloyatida — 35 nafar;
    • Qashqadaryo viloyatida — 14 nafar;
    • Namangan viloyatida — 12 nafar;
    • Xorazm viloyatida — 12 nafar;
    • Sirdaryo viloyatida — 10 nafar;
    • Andijon viloyatida — 8 nafar;
    • Navoiy viloyatida — 6 nafar;
    • Farg‘ona viloyatida — 5 nafar;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 2 nafar.
    Shuningdek, O‘rtasaroy karantin markazida xorijdan kelgan 27 nafar fuqaro orasida COVID-19 aniqlangan.

    Kun davomida 11 ta hududda yangi kasallanish holati qayd etildi. 3-avgustdan beri birinchi marta bir kunda kasallik aniqlangan hududlar soni 10 tadan oshdi.

    Toshkent shahrida 404 kishida koronavirus aniqlandi. Avgust oyining ortda qolgan 14 kuni ichida Toshkentda eng kam kasallik aniqlangan kunda (2-avgust) 325 kishida, eng ko‘p kasallik aniqlangan kunda (9-avgust) 509 kishida COVID-19 qayd etildi. 1—14-avgust oralig‘ida poytaxtda (karantin zonasida aniqlangan holatlarni hisobga olmasa) 5891 ta yangi holat aniqlandi. 15-avgustdan Toshkent shahridagi jamoat transportining barcha turlari, shu jumladan, Toshkent metropolitenining yerosti qismi hamda yo‘nalishli taksilar o‘z faoliyatini qayta tiklamoqda.

    Toshkent viloyatida 159 kishida COVID-19 qayd etildi. Viloyatda 23-iyuldan boshlab har kuni kasallikka chalinish holatlari qayd etilmoqda, 26-iyuldan beri esa har kuni koronavirusga chalinganlar soni 100 nafardan oshmoqda (ikki marta 200 tadan ham oshdi). Avgust oyining 14 kuni ichida Toshkent viloyatida (karantin zonasida aniqlangan holatlarni hisobga olmasa) 2161 kishida koronavirus aniqlandi. Toshkent viloyati koronavirusga chalinganlar soni 5000 nafardan oshgan ikkinchi hudud bo‘ldi. Viloyatdagi kasallanganlarning umumiy soni 5156 nafarga teng.

    Samarqand viloyatida 35 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda avgust oyining o‘zida 454 kishida koronavirus qayd etildi. Solishtirish uchun, 4 ta hudud (Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Xorazm, Farg‘ona)da epidemiya mavsumi boshidan buyon buncha holat qayd etilmagan. Hozirda Samarqandda koronavirusga chalinganlar soni 1392 nafarga yetdi.

    Qashqadaryo viloyatida 14 kishida COVID-19 aniqlandi. Viloyatda avgust oyida 187 kishida koronavirus aniqlandi, bu Qashqadaryodagi jami kasallanish holatlarining 21 foiziga tengdir.

    Namangan viloyatida 12 kishida koronavirus qayd etildi. Viloyatda avgust oyida 67 kishida koronavirus aniqlandi. Bu Namangan viloyatidagi jami kasallanish holatlarining 8 foiziga teng deganidir.

    Xorazm viloyatida 12 kishida COVID-19 qayd etildi. Viloyatda 7-avgustdan beri endi kasallanish holati aniqlandi. Avgust oyi davomida viloyatda 59 ta yangi holat qayd etildi. Toshkent shahrida esa bu vaqt ichida deyarli 100 baravar ko‘p (5891 ta) kasallanish holati aniqlandi.

    Sirdaryo viloyatida 10 kishida koronavirus aniqlandi. Sirdaryoda oxirgi 5 kun ichida har kuni yangi kasallanish holatlari qayd etilmoqda. Bu kunlarda kasallanganlar soni 10—15 nafar oralig‘ida bo‘ldi. 17-iyuldan boshlab SSV Sirdaryo viloyatining statistikasini Toshkentdan alohida berishni boshladi. O‘sha kungacha viloyatda kasallanganlar soni 213 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, ortda qolgan 29 kun ichida Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 526 kishiga ko‘paydi va hozirda 739 nafarni tashkil etmoqda.

    Andijon viloyatida 8 kishida koronavirus qayd etildi. Viloyatda so‘nggi 20 kun ichida faqat 8-avgust kuni yangi holatlar aniqlanmadi. Hozir Andijonda koronavirusga chalinganlar soni 1140 nafarga yetgan. Ushbu holatlarning 145 tasi avgust oyida qayd etildi.

    Navoiy viloyatida 6 kishida COVID-19 aniqlandi. Viloyatda avgust oyida 58 kishida koronavirus qayd etildi, lekin ularning aksariyati sog‘ayishga ulgurgan. Hozirda viloyatda davolanayotgan bemorlar 29 nafarni tashkil etmoqda. Navoiyda koronavirusga chalinganlar orasida viloyat hokimi Qobul Tursunov ham bor. U Toshkentda davolanishni boshlaganiga 18 kun bo‘ldi.

    Farg‘ona viloyatida 5 kishida koronavirus qayd etildi. Viloyatda 4 kun ichida birinchi marta yangi holatlar ro‘yxatga olindi. Farg‘onada koronavirusga chalinganlar soni 307 nafarga yetdi. Ushbu holatlarning 56 tasi avgustda aniqlandi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 kishida koronavirus qayd etildi. Avgust oyida Qoraqalpog‘istonda jami 72 kishida koronavirus aniqlandi. Bu Respublikadagi jami kasallanish holatlarining 17 foiziga tengdir.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    SSV kun davomida Toshkent shahrida 5 nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi. Ulardan 4 nafari erkak, 1 nafari ayoldir. Bir kun avval 4 ayol va 1 erkak vafot etgani haqida axborot berilgandi.

    Birinchi o‘lim. Shayxontohur tumanida yashagan 71 yoshli M.O. ismli erkak vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Yakkasaroy tumanida yashagan 51 yoshli U.P. ismli erkak vafot etgan.

    Uchinchi o‘lim. Olmazor tumanida yashagan 72 yoshli A.Ya. ismli erkak vafot etgan.

    To‘rtinchi o‘lim. Yakkasaroy tumanida yashagan 36 yoshli F.R. ismli erkak vafot etgan.

    Beshinchi o‘lim. Yunusobod tumanida yashagan 59 yoshli S.M. ismli ayol vafot etgan.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 221 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 230 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov 58 yoshida vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

    Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 5 135 nafar bemordan 1 289 nafari og‘ir, 362 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

    Kasallikdan davolanish

    14-avgust kuni O‘zbekistonning 10 ta hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 1448 nafari sog‘aydi. Ketma-ket to‘rtinchi kun davolanganlar soni 1000 nafardan ortiq bo‘lmoqda. 12-avgust kuni 1569 nafar bemor sog‘ayib, rekord o‘rnatilgandi.

    Yangi tuzalganlarning

    • 1104 nafari Toshkent shahrida;
    • 256 nafari Toshkent viloyatida;
    • 22 nafari Qashqadaryo viloyatida;
    • 21 nafari Samarqand viloyatida;
    • 17 nafari Sirdaryo viloyatida;
    • 10 nafari Andijon viloyatida;
    • 9 nafari Namangan viloyatida;
    • 5 nafar Xorazm viloyatida;
    • 2 nafari Navoiy viloyatida;
    • 2 nafari Farg‘ona viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
    Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga aniqlik kiritilmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 34 017 nafar bemordan 28 661 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 84 foizni tashkil etmoqda. Bir kun avval davolanish ko‘rsatkichi 82 foizga yetib, yozning eng yaxshi natijasi qayd etilgandi. Endi esa epidemiya mavsumi davomidagi eng yaxshi natija qayd etilib, yangi rekord o‘rnatildi. 82 foizlik ko‘rsatkich may oyida ham 3 marta takrorlangan, biroq undan yuqori ko‘rsatkichga hech qachon chiqilmagandi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 5135 nafar bemor COVID-19’dan davolanmoqda. 29-iyul kuni bemorlar soni 9500 dan ortiq edi. 30-iyuldan boshlab davolanayotgan bemorlar soni kamaya boshladi. Ayni paytda davolanayotgan bemorlar soni 12-iyul kunidagi bemorlar soniga (o‘sha kuni 5085 nafar bemor davolanayotgandi) yaqinlashib qoldi.

    Hozirda eng ko‘p bemor Toshkent shahrida davolanmoqda — 3850 nafar. Farg‘onada 5, Jizzaxda 9, Navoiyda 29, Qashqadaryoda 32, Xorazmda 33, Surxondaryoda 34, Qoraqalpog‘istonda 37, Namanganda 38, Andijonda 47, Sirdaryoda 53, Buxoroda 77, Samarqandda 101 va Toshkent viloyatida 790 nafar bemor qoldi.

    Toshkent shahrida ketma-ket uchinchi kun koronavirusdan sog‘ayganlar 1100 dan oshgan bo‘lsa, Toshkent viloyatida 7-kun ketma-ket tuzalganlar soni 200 dan ortiq bo‘lmoqda. Ikkala hududda ham koronavirusdan davolanayotganlar soni 17-iyuldan beri minimumga tushdi. O‘sha kuni SSV Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarining statistikalarini alohida bera boshlagandi. 17-iyul holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida koronavirusdan davolanayotganlar 4654 nafarni, Toshkent viloyatida 884 nafarni tashkil etayotgandi.

    14.08.2020, 23:59   Izoh (0)   146500
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Talabalarga berilgan to‘lov-kontraktga 10 foiz chegirma stipendiyasiz miqdorga nisbatan hisoblanadi

    14.08.2020, 23:35

    O‘zbekistonda faoliyatini qayta tiklayotgan jamoat transportida niqobsiz yurganlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi

    14.08.2020, 23:22

    Epidemiolog o‘zbekistonliklarga niqobni bahorgacha yechmaslikni tavsiya qildi

    14.08.2020, 23:09

    Yunusobod tumani aholisining 70 foizini grippga qarshi emlash rejalashtirilmoqda

    14.08.2020, 22:45

    Toshkentdagi avtobuslarga elektron to‘lovlarni qabul qilish uchun validatorlar o‘rnatilmoqda

    14.08.2020, 22:32

    Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi ona suti bilan oziqlangan chaqaloqlarda koronavirusga qarshi kurasha olishi kuzatilganini ma’lum qildi

    14.08.2020, 22:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.