Tuxum, sabzavot va sous qo‘shib tayyorlanadigan shakshukaning turli retseptlari mavjud. Quyida e’tiboringizga muzlatkichingizda bor mahsulotlardan bir zumda tayyorlanadigan variantini havola qilamiz.
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- mol go‘shtidan tayyorlangan qiyma — 200 gr;
- piyoz — 1 dona;
- ta’bga ko‘ra sarimsoq piyoz;
- bulg‘ori qalampiri — 1 dona;
- o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
- pomidor — 3 dona;
- ta’bga ko‘ra tuz, murch;
- tuxum — 4-6 dona.
- Sabzavotlarni somoncha shaklida to‘g‘rang va o‘simlik yog‘ida qovurib oling.
- Qiyma qo‘shing va aralashtiring.
- Pomidor, tuz va murch qo‘shib aralashtiring.
- Tuxum chaqing, olovni pasaytiring.
- Omlet tayyor, uni ko‘katlar bilan bezab, dasturxonga torting.
Mavzuga doir:
- Jaziramada kechki ovqat uchun “okroshka” tayyorlang
- Nonushtaga shokoladli sirnik tayyorlang
- Tez tayyor bo‘ladigan pitssa pishiramiz
- Foydali va mazali grekcha salat tayyorlaymiz
- Uy sharoitida moxito ichimligini tayyorlaymiz
- Turk oshxonasining eng mazali nonushtasi — menemen tayyorlaymiz!
- Ko‘p mahsulot ketmaydigan mazali “Smak” salatini uyda tayyorlash uchun retsept
Izoh (0)