• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 12-avgust kuni 671 kishida koronavirus aniqlandi. 1569 kishi kasallikdan sog‘ayib, rekord o‘rnatildi

    O‘zbekistonda 11-avgust soat 23:30 dan 12-avgust soat 23:30 gacha koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 671 ta holat qayd etildi. Bu 27-iyuldan beri eng kam kasallik aniqlangan kun bo‘ldi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 32 654 nafarga yetdi.

    SSV hisobi bo‘yicha 211, “Daryo” hisobi bo‘yicha 220 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 211, “Daryo” hisobi bo‘yicha 220 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallangan 671 kishining barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:
    • Toshkent shahrida — 425 nafar;
    • Toshkent viloyatida — 142 nafar;
    • Qoraqalpog‘istonda — 30 nafar;
    • Samarqand viloyatida — 23 nafar;
    • Buxoro viloyatida — 23 nafar;
    • Sirdaryo viloyatida — 15 nafar;
    • Andijon viloyatida — 7 nafar;
    • Qashqadaryo viloyatida — 6 nafar.
    Kun davomida 8 ta hududda koronavirus yuqtirib olish holati qayd etildi.

    Toshkent shahrida 425 kishida koronavirus aniqlandi. Avgust oyining ortda qolgan 12 kuni ichida Toshkentda eng kam kasallik aniqlangan kunda (2-avgust) 325 kishida, eng ko‘p kasallik aniqlangan kunda (9-avgust) 509 kishida COVID-19 qayd etildi. 1—12-avgust oralig‘ida poytaxtda (karantin zonasida aniqlangan holatlarni hisobga olmasa) 5093 ta yangi holat aniqlandi. Epidemiya boshlangandan buyon hech qaysi hududda buncha kasallik aniqlanmagan. Poytaxtda koronavirusga chalinganlar soni 19 689 nafarga yetdi. Bu O‘zbekiston bo‘yicha kasallanish holatlarining 60,3 foiziga tengdir.

    Toshkent viloyatida 142 kishida COVID-19 aniqlandi. Viloyatda 23-iyuldan boshlab har kuni kasallikka chalinish holatlari qayd etilmoqda, 26-iyuldan beri esa har kuni koronavirusga chalinganlar soni 100 nafardan oshmoqda (ikki marta 200 tadan ham oshdi). Avgust oyining 12 kuni ichida Toshkent viloyatida (karantin zonasida aniqlangan holatlarni hisobga olmasa) 2002 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda koronavirusga chalinganlar soni 4812 nafarga yetgan, bu butun O‘zbekistondagi kasallanish holatlarining 14,74 foiziga tengdir.

    O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 32 654 ta holatning 75 foizi, yoki har 4 kishidan 3 nafari Toshkent shahri va viloyatida ro‘yxatga olingan.

    Qoraqalpog‘istonda 30 kishida koronavirus aniqlandi. Bu Qoraqalpog‘iston uchun rekord. Respublikada ilgari hech qachon bir kunda 30 kishida kasallik qayd etilmagan. Avgust oyida Qoraqalpog‘istonda jami 70 kishida koronavirus aniqlandi. Qoraqalpog‘iston koronavirusga chalinganlar soni 400 nafardan oshgan 12-hudud bo‘ldi.

    Samarqand viloyatida 23 kishida koronavirus qayd etildi. Viloyatda avgust oyining o‘zida 388 kishida koronavirus qayd etildi, ammo bulardan 300 ga yaqini sog‘ayishga ulgurgan, ayni vaqtda Samarqandda 95 kishi koronavirusdan davolanmoqda. Samarqand Toshkent shahri va viloyatidan so‘ng koronavirusga chalinganlar soni (1326 nafar) bo‘yicha 3-o‘rinda bormoqda. Hozirda Samarqandda koronavirusga chalinganlar soni Jizzaxda aniqlangan kasallanish holatlaridan 9 barobar ko‘pdir.

    Buxoro viloyatida 23 kishida COVID-19 aniqlandi. Avgust oyida Buxoroda koronavirusga chalinish holatlari 173 taga ko‘payib, jami 1001 nafarga yetdi. Buxoro koronavirusga chalinganlar soni 1000 nafardan oshgan Toshkent shahri, Toshkent, Andijon va Samarqand viloyatlaridan so‘ng 5-hudud bo‘ldi. Koronavirus yuqtirib olganlar orasida Buxoro viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov ham bor, unda 25-iyul kuni koronavirus aniqlangan, hozirda u Toshkentda davolanmoqda. Koronavirusdan davolanayotgan Karim Kamolov va boshqa mansabdorlarning ahvoli hozir qandayligi bo‘yicha 11-avgust kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda savol berildi. Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Rustam Ikromov umumiy javob berib, ularning salomatligida tashvishli narsa yo‘q, davolash ishlari davom etayotganini ta’kidladi.

    Sirdaryo viloyatida 15 kishida koronavirus qayd etildi. 17-iyuldan boshlab SSV Sirdaryo viloyatining statistikasini Toshkentdan alohida berishni boshladi. O‘sha kungacha viloyatda kasallanganlar soni 213 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, ortda qolgan 27 kun ichida Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 505 kishiga ko‘paydi va hozirda 718 nafarni tashkil etmoqda.

    Andijon viloyatida 7 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda so‘nggi 18 kun ichida faqat 8-avgust kuni yangi holatlar aniqlanmadi. Hozir Andijonda koronavirusga chalinganlar soni 1123 nafarga yetgan. Bu vodiyning qolgan ikki viloyati — Namangan (789 ta holat) va Farg‘ona (302) viloyatlaridagi umumiy kasallanganlar sonidan (1091) ham ko‘p deganidir.

    Qashqadaryo viloyatida 6 kishida koronavirus qayd etildi. Viloyatda 8-avgustdan beri endi yangi holatlar qayd etilmoqda. Qashqadaryoda 9-iyuldan so‘ng kasallik aniqlangan kunlarda yangi holatlar hech qachon 10 tadan kam bo‘lmagandi.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    SSV Toshkent shahrida 5 nafar bemor vafot etganini xabar qildi. Avgust oyida 8 va 12-avgustdan boshqa barcha kunlarda SSV 6 nafardan bemor vafot etayotgani haqida axborot berdi.

    Birinchi o‘lim. Chilonzor tumanida yashagan 61 yoshli Sh.A. ismli ayol vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Yashnobod tumanida yashagan 55 yoshli B.A. ismli erkak vafot etgan.

    Uchinchi o‘lim. Shayxontohur tumanida yashagan 84 yoshli A.A. ismli erkak vafot etgan.

    To‘rtinchi o‘lim. Mirobod tumanida yashagan 67 yoshli E.P. ismli erkak vafot etgan.

    Beshinchi o‘lim. Shayxontohur tumanida yashagan 60 yoshli M.M. ismli erkak vafot etgan.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 211 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 220 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov 58 yoshida vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

    Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 6784 nafar bemordan 1375 nafari og‘ir, 410 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarning soni hozirda 1785 nafarni tashkil etmoqda. Bu davolanayotgan bemorlarning 26,3 foizining ahvoli og‘irligini bildiradi. Boshqacha aytganda, davolanishdagi har 4 bemordan 1 nafarining ahvoli og‘ir bo‘lib turibdi.

    Kasallikdan davolanish

    12-avgust kuni 1569 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Bu yangi rekord hisoblanadi. Avvalgi rekord 2-avgust kuni o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda bir kunda 1208 nafar bemor kasallikdan tuzalgandi. 12-avgustda Toshkentning o‘zida 1200 dan ortiq odam sog‘aydi.

    Yangi tuzalganlarning

    • 1245 nafari Toshkent shahrida;
    • 215 nafari Toshkent viloyatida;
    • 47 nafari Qoraqalpog‘istonda;
    • 14 nafari Samarqand viloyatida;
    • 14 nafari Andijon viloyatida;
    • 12 nafari Namangan viloyatida;
    • 10 nafari Sirdaryo viloyatida;
    • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida;
    • 6 nafari Navoiy viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
    Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga aniqlik kiritilmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Koronavirusdan davolanganlar orasida xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ham bor. Shermatov koronavirusga chalingani ma’lum qilingan O‘zbekistondagi birinchi vazir hisoblanadi. U hozirda uy sharoitida reabilitatsiyada.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 32 654 nafar bemordan 25 659 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 78 foizni tashkil etmoqda. Oxirgi marta 60 kun oldin — 13-iyun kuni davolanish ko‘rsatkichi 78 foiz bo‘lgandi. Shundan so‘ng bu ko‘rsatkich faqat pastlab, 21-23-iyul kunlari 53 foizgacha tushib ketgandi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 6784 nafar bemor COVID-19’dan davolanmoqda. 29-iyul kuni bemorlar soni 9500 dan ortiq edi. 30-iyuldan boshlab davolanayotgan bemorlar soni kamaya boshladi. Ayni paytda davolanayotgan bemorlar soni 18-iyul kunidagi bemorlar sonidan (o‘sha kuni 6976 nafar bemor davolanayotgandi) ham kamaydi.

    Hozirda eng ko‘p bemor Toshkent shahrida davolanmoqda — 5336 nafar. Farg‘onada 4, Jizzaxda 9, Navoiyda 17, Xorazmda 37, Qashqadaryoda 38, Qoraqalpog‘istonda 39, Surxondaryoda 45, Namanganda 50, Andijonda 51, Sirdaryoda 66, Buxoroda 90, Samarqandda 95 va Toshkent viloyatida 907 nafar bemor qoldi.

    Toshkent shahrida kun davomida rekord darajada — 1245 kishi koronavirusdan sog‘aygach, poytaxtda davolanayotgan bemorlar soni 20-iyuldan beri eng minimal darajaga tushdi. Toshkent viloyatida esa ketma-ket 5-kun koronavirusdan sog‘ayganlar soni 200 nafardan oshmoqda.

    Karantinning yumshatilishi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-avgust, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida har bir fuqaroning sog‘lig‘i va hayoti uchun kurashni yanada kuchaytirgan holda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar barqaror ishlashini ta’minlash hamda aholining yashash sharoitini yengillashtirish maqsadida karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish zarurligini ta’kidladi. “Xalqimizning o‘zi shuni iltimos qilmoqda”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagilarga ruxsat berildi:

    2020-yil 15-avgustdan boshlab:

    • avtotransport vositalarining kun davomida to‘liq harakatlanishi;
    • mahalliy aviaqatnovlar va temiryo‘l qatnovi;
    • ochiq havoda xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish obyektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona);
    • nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablar, shuningdek, o‘quv kurslari (markazlari);
    • sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmonxonalar, mehmon uylari, plyajlar, xostellar, ijaraga beriladigan dala hovlilar va boshqa dam olish maskanlari.
    • muzeylar;
    • go‘zallik salonlari va sartaroshxonalar;
    • oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish. Bunda ushbu tadbirlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat beriladi.
    2020-yil 17-avgustdan boshlab:
    • hududlar (Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahri) o‘rtasida avtotransport vositalari qatnovini tiklash;
    • jamoat transporti, shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus qatnovi (metropoliten faoliyati bundan mustasno).
    • diniy tashkilotlar faoliyatiga (har kuni dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish hamda qat’iy ijtimoiy masofani saqlash cheklovlariga rioya etilishini ta’minlagan holda). Bunda diniy tashkilotlarda juma, shanba va yakshanbalik diniy xizmatlarni vaqtinchalik amalga oshirmaslik talab etiladi.
    2020-yil 20-avgustdan boshlab:
    • buyum va qurilish mahsulotlari bozorlari hamda buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar;
    • sport zallari, fitnes klub, trenajyor va basseynlar faoliyatiga ruxsat beriladi.
    Quyidagi karantin cheklovlari (taqiqlar) 2020-yil 15-avgustdan keyin ham saqlab qolinishi belgilandi:
    • fuqarolarning jamoat joylarida ijtimoiy masofani (2 metr) saqlashi, tibbiy niqobda bo‘lishi, bunda ular tomonidan sanitar talablar buzilgan taqdirda qat’iy choralar (jarimaga tortish) ko‘rish;
    • tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan fuqarolarning jamoat joylariga chiqmasligi;
    • davlat organlari, tashkilotlarida yig‘ilishlar o‘tkazishni taqiqlash, zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish;
    • tomosha, madaniy-ko‘ngilochar (teatr, kinoteatr, konsert zallari, to‘yxonalar, faoliyati) va ommaviy tadbirlar o‘tkazish;
    • parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar faoliyati;
    • umumiy ovqatlanish obyektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyati (ochiq havoda xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish obyektlari bundan mustasno);
    • tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik;
    • 65 yoshdan oshgan shaxslarning o‘zini o‘zi yakkalash hayot tarzida yashashini tavsiya etish va ogohlantiruvchi targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;
    • yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan bo‘lishi, haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi), yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi hamda faqat o‘z (avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) hududida harakatlanish.

    13.08.2020, 00:10   Izoh (0)   144171
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Janubiy Koreyada tajriba orttirgan norinlik yigit o‘z mablag‘i hisobiga parrandachilik klasterini ochib, kambag‘allikka qarshi kurashmoqchi

    12.08.2020, 23:46

    Asadjon Xo‘jayev “O‘zkomnazorat”dan ketdi

    12.08.2020, 23:44

    Toshkent viloyatida yo‘qolgan ikki yoshli bolaning jasadi Jo‘nariq kanalidan topildi

    12.08.2020, 23:26

    O‘zbekistonda 17-avgustdan masjidlar ochiladi

    12.08.2020, 23:17

    O‘zbekistonda 15-avgustdan keyin bir qator karantin cheklovlari saqlab qolinadi (ro‘yxat)

    12.08.2020, 23:09

    O‘zbekistonda 15-avgustdan xususiy bog‘chalar va maktablar faoliyatiga ruxsat beriladi

    12.08.2020, 23:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo – Italiya” ishbilarmonlar klubini tuzishni taklif etdi

    O‘zbekiston | 30 may, 20:06

    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda

    Reklama | 30 may, 20:00

    Olimlar inson terisi kabi jarohatni davolay oladigan elastik material yaratdi

    Ilm-fan | 30 may, 20:00

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo - Italiya” ilmiy-taʼlim konsorsiumini tashkil etishni taklif qildi

    O‘zbekiston | 30 may, 19:49

    O‘zbekistonda qancha maqsadsiz foydalanilgan yerlar zaxiraga qaytarilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 19:30

    Trampning savdo urushlari jahon biznesiga 34 mlrd dollardan ortiq zarar keltirdi

    Dunyo | 30 may, 19:10

    Anjelina Joli sobiq turmush o‘rtog‘i Bred Pittdan yarashishni iltimos qilmoqda

    Layfstayl | 30 may, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.