• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “U Putin aytganidek umidliga o‘xshamayapti”. Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasining hujjatlardagi asl holati oshkor bo‘ldi

    Rossiyaning “Fontanka” nashri Gamaleya markazining SARS-CoV-2 koronavirus vaksinasi to‘g‘risidagi hisoboti bilan tanishib chiqdi. Gazetada qayd etilishicha, u Vladimir Putin va Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko aytganidek umidli ko‘rinmayapti.

    Foto: “Kommersant”

    Foto: “Kommersant”

    11-avgust kuni ro‘yxatga olingan vaksinaning epidemiologik samaradorligi o‘rganilmagan. Tadqiqot davomida vaksina sinab ko‘rilgan 38 nafar ko‘ngillida 144 ta nojo‘ya ta’sir kuzatilgan.

    Shifokorlar mijozlarga vaksinani sinab ko‘rayotgan paytda qo‘llarida shokka qarshi uskuna ushlab turishlari shart. Bu haqda esa Rossiya prezidenti “Gam-Kovid-Vak” taqdimotidan oldin xabardor qilinmagan.

    “Gam-Kovid-Vak”ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan Gamaleya markazining hujjatlarida, vaksina faqat favqulodda holatlarda ishlatiladigan dorilarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibidan o‘tganligi aytilgan. “Gam-Kovid-Vak”ni qo‘llash faqat aholini vaksinoprofilaktikalash huquqiga ega bo‘lgan tibbiy tashkilotlar sharoitidagina mumkin.

    Cheklovlar juda tez va juda keng bo‘lmagan tadqiqotlar bilan bo‘liq. Immunologik xususiyatlari va xavfsizligi faqat o‘rta yoshdagi 38 nafar sog‘lom kishilarda o‘rganilgan xolos.

    Gamaleya markazi hisobotlarida keltirilishicha, preparat bilan emlash ko‘ngillilarning 100 foizida infeksiyaga qarshi antigen-spetsifik hujayraviy immunitetning shakllanishiga olib kelgan. Ammo 42 kungina olib borilgan tadqiqot ishlab chiquvchiga chuqur xulosalar chiqarishga imkon bermagan.

    Aftidan bu emlash boshlanganidan 42-kun o‘tgach barcha ko‘ngillilarning zardobida virusni neytrallashtiruvchi o‘rtacha titri 49,3 bo‘lgan antitanalar deaktivatsiyalashgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

    Titr — muayyan miqdordagi zardobda mavjud antitanlar miqdori. Uning o‘lchov birligi mME/ml bo‘lib, u qancha kam bo‘lsa, organizmda antitanalar miqdori ham shuncha kamligini bildiradi. 49,3 ko‘rsatkich antitanalar o‘rtacha miqdoriga ham yetmaydi. Vaqt o‘tgan sari u yanada kamayib boradi.
    Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi “Gam-Kovid-Vak”dan keyin immunitet ikki yil davomida saqlanib qolishi mumkinligini aytgandi. Sechenov nomidagi universitet patafiziologiya professori, tibbiyot fanlar doktori Anton Ershovning ta’kidlashicha, bu gipotezani tasdiqlovchi dalillar yo‘q.

    Gamaleya markazining preparatning xavfsizligi, bardoshliligi va immunogenligi borasida ochiq klinik o‘rganishlar asosida tuzilgan hujjatlari yangi vaksinaning tashqi belgilar namoyon qilmasligi va nojo‘ya ta’sirlari yo‘qligi haqidagi tezisni tasdiqlay olmaydi.

    Mutaxassislarning ta’kidlashicha, noma’qul hodisalarni sodir bo‘lishi darajasiga ko‘ra tez va juda tez deb baholash mumkin.

    38 nafar ko‘ngillida 144 ta nojo‘ya ta’sirlar qayd etilgan. Ularning ko‘pchiligi asoratsiz o‘tgan. Ammo tadqiqotning 42-kuniga kelib, 31 ta nojo‘ya ta’sir bartaraf qilinmagan, 27 ta nojo‘ya ta’sirning qanday yakunlangani mutaxassislarga haligacha noma’lum.

    Vaksinatsiyadan keyin ko‘ngillilarning preparat kiritilgan joyida shish, og‘riq, gipertermiya va qichima kuzatilgan. Umumiy asoratlar sifatida asteniya, ko‘ngil aynishi, pireksiya, haroratning ko‘tarilishi, ishtahaning pasayishi, bosh og‘rig‘i, tomoq og‘rig‘i, diareya, burun bitishi, tomoq qichishi va rinoreya qayd etilgan.

    Tibbiyot hujjatlaridan kelib chiqilsa, vaksinani qo‘llash 18-60 yosh chekloviga ega. Bu ham tadqiqotlarning qisqa o‘tkazilgani bilan bog‘liq. Bolalar va keksalarga preparatni qo‘llash mumkin emas.

    Shuningdek, homilador va emizikli ayollarga ham uni qo‘llash taqiqlangan, chunki uning “samarasi va xavfsizligi o‘rganilmagan”. Bundan tashqari, vaksinaning boshqa dorilar bilan o‘zaro ta’siri va uning transport vositasini boshqarish qobiliyatiga qanday ta’siri ko‘rsatishi ham o‘rganilmagan.

    Eslatib o‘tamiz, Farmatsevtika kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini birlashtirgan Klinik tadqiqotlar tashkilotlari assotsiatsiyasi Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligini Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazida ishlab chiqilgan vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishni kechiktirishga chaqirgandi.

    Assotsiatsiya vaksina yaratuvchilari uning sinovlarini hatto yuzlab odamlar ishtirokida ham yakunlamagani, bundan tashqari vaksina asosida sinovlari hali ham davom etayotgan MERS’ga qarshi boshqa vaksina borligini bildirgan va shu sababli uning samaradorligi to‘g‘risida xulosa berishga hali asos yo‘q deb topgan.

    Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining shtatdan tashqari bosh epidemiologi Nikolay Briko unga javoban Gamaleya markazining vaksinasi “yo‘q joydan paydo bo‘lib qolmagani”, markaz Ebola va MERS’ga qarshi vaksinalar ishlab chiqib, ushbu sohada 10 yildan ortiq vaqt davomida ish olib borayotganini bildirgan.

    Roszdravnadzordan bo‘lgan Sergey Glagolev o‘z navbatida AQSh va Yevropa Ittifoqida preparatlar klinik sinovlarning dastlabki bosqichlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishini aytgan.

    11-avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu vaksina ro‘yxatga olinganini va qizlaridan biri emlanganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi emlanishdan so‘ng qizining tana harorati 38 darajagacha ko‘tarilgan, ertasi kuni esa 37 darajagacha tushgan. “Ikkinchi muolajadan so‘ng tana harorati yana biroz ko‘tarilib, keyin tushdi. O‘zini yaxshi his qilyapti”, — deb aytgan va ushbu vaksina samarali ekanligini ta’kidlagan.

    Putin Rossiyada vaksinani ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etilishiga umid qilmoqda.

    Mavzuga doir: Qozog‘iston klinik sinovlarning barcha bosqichlari yakunlanmaguncha COVID-19 vaksinasini sotib olmoqchi emas

    12.08.2020, 17:10   Izoh (0)   98260
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘iston klinik sinovlarning barcha bosqichlari yakunlanmaguncha COVID-19 vaksinasini sotib olmoqchi emas

    12.08.2020, 15:47

    Fotojamlanma: Portlash qurbonlarini xotirlayotgan Bayrut aholisi

    12.08.2020, 13:28

    Jo Bayden AQSh vitse-prezidentligiga nomzod sifatida senator Kamola Harrisni tanladi

    12.08.2020, 11:32

    “Roszdravnadzor” COVID-19‘ga qarshi birinchi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishni kechiktirishga chaqirgan Klinik tadqiqotlar tashkilotlari assotsiatsiyasiga javob qay...

    12.08.2020, 10:04

    Tailand hukumati sayyohlar uchun 2021-yilda ham chegaralar yopiq bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi

    12.08.2020, 09:53

    Gonkongda yirik media-magnatning qo‘lga olinishi uning kompaniyasi narxini 12 baravarga oshirdi

    12.08.2020, 09:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qoraqalpog‘iston rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18

    Putin samolyotini AQSHning qiruvchi samolyotlari himoya qiladi

    Dunyo | 15 avgust, 21:56

    Dehlidagi Humoyun maqbarasi yaqinidagi binoning tomi qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 15 avgust, 21:27

    O‘zbekistonda ayrim shaxslar uchun chet elga chiqishga qo‘yiladigan taqiq kuchaytiriladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 21:05

    Quyoshda katta teshik paydo bo‘la boshladi

    Dunyo | 15 avgust, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.