• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Rasman: O‘zbekistonda 15-avgustdan karantin cheklovlari yumshatilmoqda. Mashinada kun davomida harakatlanish mumkin bo‘ladi

    O‘zbekistonda bugungi pandemiya sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarning barqarorligini saqlab turish, aholining munosib turmush tarzi hamda tadbirkorlik subyektlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay sharoitlarni ta’minlash maqsadida Respublika maxsus komissiyasining karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha qarori qabul qilindi.

    Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagilarga ruxsat berildi:

    2020-yil 15-avgustdan boshlab:

    • avtotransport vositalarining kun davomida to‘liq harakatlanishi;
    • mahalliy aviaqatnovlar va temiryo‘l qatnovi. Bunda doimiy ravishda har bir aviaqatnov va temiryo‘l qatnovidan oldin tegishli havo kemasi va temiryo‘l vagonlarini (har bir o‘rindiqni) to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkazish, shu jumladan, ularga havoni zararsizlantirish anjomlarini o‘rnatish choralarini ko‘rish lozim;
    • ochiq havoda xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish obyektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona).
    Bunda, ushbu obyektlar uchun:
    • banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik;
    • stollar oralig‘idagi 2 metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani ta’minlash;
    • bir stol atrofida 4 kishidan ko‘p bo‘lmagan (oila a’zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish;
    • xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi;
    • har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash talab etiladi.
    Shuningdek, mazkur obyektlar to‘laqonli faoliyat yuritishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun ularning bino va xonalariga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va boshqalar) o‘rnatib borish tavsiya etiladi.
    • nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablar, shuningdek, o‘quv kurslari (markazlari) faoliyati.
    Bunda, ushbu tashkilotlar faoliyati uchun:
    • mashg‘ulotlar vaqtini oldindan kelishish (ta’lim markazlari va to‘garaklar uchun);
    • xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar)ning sog‘lig‘i holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam o‘lchab borish), tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar)ni mashg‘ulotlardan chetlatish;
    • xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi;
    • sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat’iy rioya etish, bino xonalarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash choralari ko‘rilishi lozim.
    • sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmonxonalar, mehmon uylari, plyajlar, xostellar, ijaraga beriladigan dala hovlilar va boshqa dam olish maskanlari faoliyati.
    Mazkur faoliyatni amalga oshirishda:
    • fuqarolar alohida, bir-biridan ajratilgan holda (har bir oilaga bir xona talabiga rioya etgan holda) joylashtiriladi;
    • bino va xonalar doimiy ravishda dezinfeksiya qilib boriladi, shu jumladan, havoni zararsizlantirish anjomlari bilan jihozlash tavsiya etiladi.
    Bunda mehmon uylari va xostellar faoliyati Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 6-maydagi 21-son yig‘ilish bayonining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Pandemiya sharoitida mehmonxona xizmatlarini tashkil qilish bo‘yicha vaqtinchalik yo‘riqnoma talablari asosida yo‘lga qo‘yiladi. Bunda xostellar faqatgina bir xonaga oilaviy yoki bir kishidan ortiq bo‘lmagan mehmonlarni qabul qilishga ruxsat beriladi.
    • muzeylar faoliyati;
    • go‘zallik salonlari va sartaroshxonalar faoliyati. Xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar tomonidan shaxsiy himoya vositalari — tibbiy xalat yoki kombinezon, tibbiy niqobva tibbiy qo‘lqopdan foydalangan holda telefon yoki onlayn navbatga yozilgan holda “1 nafar xizmat ko‘rsatuvchi shaxs — 1 nafar mijoz” tamoyili asosida ishlashi talab etiladi;
    • oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish. Bunda ushbu tadbirlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat beriladi.
    2020-yil 17-avgustdan boshlab:
    • hududlar (Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahri) o‘rtasida avtotransport vositalari qatnovini tiklash;
    • jamoat transporti, shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus qatnovi (metropoliten faoliyati bundan mustasno).
    Ushbu transport faoliyatini tashkil etish uchun:
    • har qatnovga chiqishdan oldin haydovchi va konduktorlarning tana harorati pirometrlarda o‘lchanib, 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan holatda ularning transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishi;
    • jamoat transportida yo‘lovchilarning tibbiy niqobda bo‘lishi va ular orasida ijtimoiy masofa saqlanishi, tibbiy niqob bo‘lmagan holatda ularning transportga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik;
    • transport vositasi doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin (shu jumladan, har bir o‘rindiqni) to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkazilishi zarur.
    • diniy tashkilotlar faoliyatiga (har kuni dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish hamda qat’iy ijtimoiy masofani saqlash cheklovlariga rioya etilishini ta’minlagan holda). Bunda diniy tashkilotlarda juma, shanba va yakshanbalik diniy xizmatlarni vaqtinchalik amalga oshirmaslik talab etiladi;
    2020-yil 20-avgustdan boshlab:
    • buyum va qurilish mahsulotlari bozorlari hamda buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar faoliyati (sanitar tozalash ishlarini o‘tkazish uchun haftada bir marta sanitar kunini e’lon qilgan holda).
    Bunda supermarket va boshqa yirik do‘konlar:
    • kirish-chiqish joylarini pirometrlar, dezinfeksion “to‘shaklar”, antiseptik vositalari bilan jihozlash, ularga kirishda har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda kiritmaslik, ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqobda bo‘lishini, shuningdek, ushbu obyektlarga kirishda fuqarolarni bepul tibbiy qo‘lqop bilan ta’minlash talab etiladi;
    • ishchi, xizmat, umumiy sanitar-gigiyenik uzel xonalarini, yirik sig‘im maydonlarini (xonalarini) va havo aylantirish tizimini ultrabinafsha zararsizlantirish anjomlari bilan jihozlash choralarini ko‘rishi lozim.
    • sport zallari, fitnes klub, trenajyor va basseynlar faoliyati
    Ushbu obyektlar faoliyatini amalga oshirishda:
    • ularning doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash;
    • xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi;
    • har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda kiritmaslik choralarini ko‘rish, ijtimoiy masofani ta’minlash imkoniyati bo‘lmagan jamoaviy sport turlarini o‘tkazmaslik talab etiladi.
    Quyidagi karantin cheklovlari (taqiqlar) 2020-yil 15-avgustdan keyin ham saqlab qolinishi belgilandi:
    • fuqarolarning jamoat joylarida ijtimoiy masofani (2 metr) saqlashi, tibbiy niqobda bo‘lishi, bunda ular tomonidan sanitar talablar buzilgan taqdirda qat’iy choralar (jarimaga tortish) ko‘rish;
    • tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan fuqarolarning jamoat joylariga chiqmasligi;
    • davlat organlari, tashkilotlarida yig‘ilishlar o‘tkazishni taqiqlash, zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish;
    • tomosha, madaniy-ko‘ngilochar (teatr, kinoteatr, konsert zallari, to‘yxonalar, faoliyati) va ommaviy tadbirlar o‘tkazish;
    • parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar faoliyati;
    • umumiy ovqatlanish obyektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyati (ochiq havoda xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish obyektlari bundan mustasno);
    • tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik;
    • 65 yoshdan oshgan shaxslarning o‘zini o‘zi yakkalash hayot tarzida yashashini tavsiya etish va ogohlantiruvchi targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;
    • yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan bo‘lishi, haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi), yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi hamda faqat o‘z (avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) hududida harakatlanish.
    Davlat organlari va muassasalarining binolari, shu jumladan, xizmat xonalari mavjud sharoitlardan kelib chiqib, havoni zararsizlantirish tizimi bilan bosqichma-bosqich jihozlanadi.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalarini inobatga olib, shuningdek, mamlakatdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan kirib kelayotgan shaxslarni karantinga olishning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi joriy etildi:

    • xorijiy davlatlardan kirib kelayotgan shaxslarni karantinda saqlash muddati 14 kun etib belgilanadi;
    • karantin muddatini shaxsning xohishiga ko‘ra karantin markazlarida yoki mehmonxonalarda o‘tkazish tartibi saqlab qolinadi;
    • karantin muddati shaxsning davolash profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirishga roziligiga ko‘ra, karantinda saqlash muddati vrachlar kuzatuvi ostida davolash-profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan dori vositalarini qabul qilgan) holda 7 kun etib belgilanadi (bunda 7 kunlik karantindan so‘ng test natijasi manfiy bo‘lganda shaxs karantin markazidan chiqariladi).
    O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan kirish bo‘yicha quyidagi tartib amal qilishi belgilandi:
    • sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan mamlakatlarda (yashil reyslar) oxirgi 10 kun davomida bo‘lib, O‘zbekistonga kirib kelgan shaxslar karantin nazoratiga olinmaydi;
    • koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan mamlakatlarda (sariq reyslar) oxirgi 10 kun davomida bo‘lib, O‘zbekistonga kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida uy karantini nazoratiga olinadi;
    • koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan mamlakatlarda (qizil reyslar — evakuatsiya reyslari) bo‘lib, O‘zbekistonga kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida karantin nazoratida bo‘ladi.
    Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan fuqarolarning kirishi bo‘yicha toifaga ajratilgan davlatlar ro‘yxati tasdiqlandi hamda ushbu ro‘yxat har haftada yangilab borishi belgilandi. Mazkur ro‘yxatga asosan:
    • yashil reyslar sifatida — Xitoy, Tayland, Malayziya, Janubiy Koreya, Gruziya, Vengriya, Latviya, Yaponiya;
    • sariq reyslar sifatida — Yevropa Ittifoqi davlatlari (Buyuk Britaniya va Ispaniya bundan mustasno), Ozarbayjon;
    • qizil reyslar sifatida boshqa barcha davlatlar belgilandi.
    Yuqoridagilardan tashqari jamoaviy (kollektiv) immunitet shakllanishi jarayonini monitoring qilib borish maqsadida antitanachalar (immunoferment) tahlilini o‘tkazish choralarini ko‘rish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

    Shu bilan birga, mutasaddi vazirlik va idoralarga ommaviy axborot vositalarida madaniy-ma’rifiy va ko‘ngilochar mazmundagi ko‘rsatuv, eshittirish va materiallarni ko‘paytirish, shuningdek, ijtimoiy masofani ta’minlagan hamda sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etgan holda teatr, kinoteatr, konsert va boshqa tadbirlarni tashkil etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar kiritish vazifalari belgilandi.

    12.08.2020, 22:54   Izoh (0)   66787
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 2020-yilda tuzilgan yirik bitimlar haqida ma’lumot berdi

    12.08.2020, 22:45

    Toshkent shahridagi yettita tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘zgardi

    12.08.2020, 22:22

    Abdulla Aripov So‘x bo‘yicha hech bir topshiriq “qog‘oz”da qolmasligini ta’kidladi

    12.08.2020, 22:07

    Surxondaryo viloyatining 6 ta tumanida karantin cheklovlari yumshatildi

    12.08.2020, 21:38

    Toshkentda avtomashinani foizsiz sotish sharti bilan 150 nafardan ortiq kishini aldab pullarini o‘zlashtirgan firma faoliyati fosh qilindi

    12.08.2020, 21:06

    O‘zbekistonning har bir hududida sanoat klasterlari tashkil etiladi

    12.08.2020, 20:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.