Fransuz modeli va aktrisasi Yeva Grin “Vatanparvar” fantastik trillerida suratga tushish jarayonida muammoga duch keldi. White Lantern kinokompaniyasi yulduzdan suratga olish jarayoni to‘xtashiga sabab bo‘lgani uchun 130 million dollar talab qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Kinostudiya a’zolarining aytishiga qaraganda, 40 yoshli Grin suratga tushish ishlarini to‘xtatib qo‘ygan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, aktrisa kompaniyaga ortiqcha talab qo‘ya boshlagan. U qo‘shimcha tarzda prodyuser Pola Saroni vizual effektlar bo‘yicha nazoratchi Jorj Zvira va ssenariy muallifi Janett MakGrat yollashni talab qiladi. Shuningdek, yulduz kompaniyaga o‘zining yordamchilariga haq to‘lanishi kerakligini ham aytgan. Oxirida esa aktrisa “Vatanparvar” filmida suratga tushishdan ham bosh tortgan.
Bu orada Yeva kinokompaniyani ham sudga berdi. U 1 million dollardan ko‘proq gonorar talab etgan. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, shartnomada ko‘rsatilganidek film namoyish etilmasa-da, gonorarini olishi kerak.
Izoh (0)