Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatida, Tasman dengizi yaqinidagi Bundina shahrida ikkita sharshara qarama-qarshi yo‘nalishda – pastdan yuqoriga qarab oqa boshladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Olimlar bu noyob tabiat hodisasi ekanini tushuntirdi. Bunga aslida noqulay ob-havo sabab bo‘lgan. Negaki kuchli shamol jarlikka 70 kilometr tezlikda kelib urilgan.
https://youtu.be/bkGeZMVJ9G0
Tasman dengizidan havo oqimlari shu darajada tezlashganki, sharsharalar bunday kuchli bosimga bardosh bera olmagan va suv teskari yo‘nalishda harakatlana boshlagan.
Izoh (0)