2020-yilning 17-yanvar kuni AQShdagi Barrett-Jackson kim oshdi savdosida sotilgan Lexus LC 500 Convertible avtomobili o‘zining baxtli egasiga topshirildi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Motor

Noyob Lexus LC 500 Convertible Inspiration kuzovi yorqin moviy tuslanuvchi Structural Blue va Liquid Platinum bilan qoplangan. 21 dyumga ega g‘ildirak disklari Liquid Graphite qora rang bilan yanada jilolanadi. Tormoz supporti va salon moviy, nafis oq charmdan ishlangan.

Avtomobil VIN raqami 00001 bilan tugaydi, eshik kirish qismi LC Inspiration Series Launch Exclusive 1 of 1 yozuvi bilan bezatilgan. Kabriolet 2 000 000 dollarga – deyarli o‘z qiymatidan 20 baravar ko‘pga sotildi, bu Lexus uchun rekorddir.

Va nihoyat, eng qimmat Lexus o‘z egasi – Amerikaning Kolorado shtati Leykvud shahridagi Kent Stevinsonga yetib keldi.

Stevinson Lexus of Lakewood  markazi rahbari va xaridor birinchi chiqarilgan LC 500 Convertible uchun to‘lagan pullar Boys & Girls Clubs of America va Bob Woodruff Foundation fondiga xayriya qilindi.

Avtomobilga qo‘shimcha Stevinson kabriolet eskiz markasi, konveyerda olingan rasmlar, sertifikat, Lexus zavodi direktori va injeneri imzosi, Zero Halliburton bagaj to‘plami, Lexus Performance Driving Experience markazi Skott Pryuett haydovchilik guvohnomasi, shuningdek, uch kecha hashamatli Pebble Beach mehmonxonasining golf maydoniga kirish imkoniyatini oldi.