Tanishib chiqing! Tayyorlab ko‘ring! Tatib ko‘ring!
Kerakli mahsulotlar:
- kartoshka — 1,5 kg;
- qiyma — 500 gr;
- piyoz — 250 gr;
- sarimsoq — 2 bo‘lak;
- sariyog‘ — 50 gr;
- tuxum — 1 dona;
- o‘simlik yog‘i — 30 ml;
- qattiq pishloq — 70 gr;
- ta’bga ko‘ra, muskat yong‘og‘i;
- ta’bga ko‘ra, tuz, ziravor va ko‘katlar.
- Kartoshkalar tozalanib, bir xil bo‘laklarga bo‘linadi. Bo‘laklar qancha kichik bo‘lsa, shuncha tez muddatda pishadi. Ular suvga solinib, pishgunga qadar qaynatiladi.
- Pishgan kartoshkalar suvdan olinib, biroz sariyog‘ qo‘shiladi va pyure tayyorlanadi. Agar maxsus pyure tayyorlovchi uskunasi bo‘lsa, u holda pyure tayyor bo‘lganidan so‘ng sariyog‘ qo‘shiladi. Pyurega tuz va muskat yong‘og‘i aralashtirilib, biroz sovutiladi.
- O‘simlik yog‘i tovada qizdiriladi va piyoz oltin rangga kirgunga qadar qovuriladi. Piyozga maydalagan sarimsoq solib, 30 soniya davomida aralashtiriladi. So‘ngra qiyma solinib, pishgunicha qovuriladi. Oxirida tuz, ziravorlar va ko‘katlar bilan yaxshilab aralashtiriladi.
- Sovutilgan pyurega tuxum solinadi. Pyurening yarmi qolipga joylashtiriladi va ustidan qiymali massa solinadi. Pyurening qolgan qismi esa qiymaning ustidan yopiladi.
- Zapekankaning ustidan qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq sepiladi. Qizdirilgan pechga 200 darajada, pishloq tilla rangga kirguncha 15-20 daqiqa davomida pishiriladi.
Izoh (0)