Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Taniqli aktyor Antonio Banderas test natijalariga ko‘ra, COVID-19 aniqlanganini o‘zining Twitter’dagi akkauntida e’lon qildi.  Bu voqea aktyorning yubileyini nishonlagan kunda sodir bo‘ldi, u 10-avgustda 60 yoshni qarshilagan.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Banderas odatdagidan biroz charchaganini, ammo sog‘lom ekaniga muxlislarini ishontirgan. U shifokorlar tavsiyasiga amal qilish orqali yer yuzida tarqalib ketgan ushbu yuqumli kasallikdan tezroq tuzalib ketishidan umid qilmoqda.

“Men ushbu izolyatsiyadan o‘qish, yozish, dam olish, 60 yillik hayotim mazmunini sarhisob qilish uchun foydalanaman”, –  deydi Banderas.

Daily Mail’ning yozishicha, aktyor hozir qayerda yashayotgani noma’lum. Uning Ispaniya, AQSh va Angliyaning Surrey grafligidan uncha uzoq bo‘lmagan joyida uylari mavjud. Ayni damda Ispaniya koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rgan Yevropa mamlakatlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?