• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Erim meni va boshqa xotinlarini mebel kabi ijaraga bergan” — Rossiyada qullikda yashagan o‘zbekistonlik ayol

    Global Slavery Index ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yildagi hisob-kitoblar bo‘yicha Rossiyada 794 ming nafar odam qullik va odam savdosi qurboniga aylangan. Mamlakat bu borada dunyoda 64-o‘rinni egallaydi. Rossiyaga asosan Markaziy Osiyo davlatlarida yashovchi mehnat muhojirlari keladi. Ular qurilish, kommunal xizmatlar va boshqa sohalarda majburiy mehnatga jalb qilinadi, deb yozmoqda “Cabar.asia”.

    Foto: “Alternativa”

    Foto: “Alternativa”

    Rossiya mehnat konfederatsiyasi huquqshunosi Oleg Babichning aytishicha, reytinglarda raqamlar real holatni aks ettirmaydi.

    Babichning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab migrantlar qul o‘rnida ishlaydi va jamoatchilik bu borada yetarli ma’lumotga ega emas. Aksariyat odamlar bu haqda gapirish va jonini xatarga qo‘yishni istamaydi. Yuristning fikricha, Rossiyada 1,5 milliondan ziyod mehnat muhojirlari noqonuniy faoliyat olib boradi va ularning 60 foizi qullikka mahkum.

    Rossiyada “Alternativa” qullikka qarshi volontyorlar harakati asoschisi va yetkachisi Oleg Melnikov 9 yildan buyon jamoasi bilan birgalikda odam savdosi qurboni bo‘lgan insonlarni izlash va ularni qullikdan ozod qilish bilan shug‘ullanib keladi.

    Uning so‘zlab berishicha, ushbu davrda jamoa Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan 20 ming nafarga yaqin muhojirga yordam qilgan.

    “2011-yilda tanishlarimdan biri murojaat qilib, Dog‘istondagi qarindoshini qullikdan qutqarishni so‘radi. Men unga yo‘q deya olmasdim. Dog‘istonda besh kishini — ikki nafar ayol va uch erkakni qullikdan ozod etdik. Shundan keyin bu kabi illatlar qurboniga aylanganlarga yordam berishga qaror qildim”, — deydi Melnikov.

    Volontyorlar yetakchisi ko‘pchilik guruhdan yordam so‘rashi, biroq hammaga ham ko‘mak berish imkoniyati yo‘qligini aytgan.

    Melnikovning aytishicha, Rossiyaga asosan Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari qul sifatida kelib qoladi. Qozog‘istonlik ko‘plab qizlar va ayollar esa Bahrayn hamda BAAga fohishalik qilishga majburlab jo‘natilgan.

    Hikoya qilinishicha, 2020-yil 20-fevralda o‘zbekistonlik Qadriya ismli ayol turmush o‘rtog‘ining taklifi bilan O‘zbekistondan Rossiyaga kelgan. Oila Moskvadagi ijaraga olingan kvartiraga joylashgan va boshqa qo‘shnilar bilan birga hayot kechira boshlagan.

    Keyinchalik ayolning eri Ja’far xotinini jiddiy nazorat qilib, uydan chiqarmaslikka harakat qila boshlagan, patentni rasmiylashtirish uchun uning pasportini olib qo‘ygan va qaytarib bermagan. So‘ngra uni plastik konteynerlar ishlab chiqaruvchi zavodga ishga olib borgan va Qadriya u yerda ishlab maoshini qo‘liga ushlab ham ko‘rmagan.

    “O‘tgan davr oralig‘ida bir necha marta ijara uydan qochishga va erimdan yashirinishga urindim, lekin u har safar meni izlab topar va ortga qaytarardi. Ikki marta o‘z jonimga qasd qildim. Oxir-oqibat yashirin ravishda erimni telefonidan onamga qo‘ng‘iroq qilib, yordam so‘radim.

    U nafaqat meni, balki yana boshqa xotinlarini ham shunday ishlatar ekan. Bu haqda Moskvaga kelganimda bildim, u ayollarni mebeldek ijaraga berardi. Biz qayerda ishla deyishsa, o‘sha yerga borib mehnat qilardik, qilmagan ishimiz qolmagan. Rossiyada bu kabi ishlar bilan shug‘ullanadigan jinoiy guruhlar bor, erim ulardan biri bilan hamkorlik qilardi”, — deydi o‘zbekistonlik ayol.

    Qadriyaning onasi O‘zbekistondagi “Istiqbolli avlod” tashkilotiga murojaat qilib, ular orqali “Alternativa” harakati bilan bog‘langan.

    Moskva shahri ichki ishlar boshqarmasining axborot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxtda “quyi mafiya” guruhi bu kabi jinoyatlarni amalga oshiradi. Xayr-sadaqa so‘rovchi gadoylarning 40 foizi kuch ishlatish yo‘li bilan ushlab turiladi va ular asosan yegulik uchun ishlaydi. Ko‘pincha bu ishga Rossiya viloyatlaridan kelgan kishilar hamda ishsiz qolgan mehnat muhojirlari jalb qilinadi.

    Chaqalog‘i doim uxlovchi onalarni “Madonna” deyishadi. Madonna qo‘lidagi bola hamisha uyqu dori yoki alkogol ta’sirida bo‘ladi, go‘dak uch oydan oshiq yashamaydi.

    Mafiya bolalarni qashshoq oilalardan yoki bola o‘g‘rilaridan sotib oladi. Bir nafar go‘dakning narxi, taxminan, 200 ming rubl (2782 AQSh dollari). 2019-yilda Rossiyada umumiy hisobda 500 nafarga yaqin bola vafot etgan, shundan 20-30 foizini Markaziy Osiyodan kelgan mehnat muhojirlarining bolalari tashkil etadi.

    Rossiyada zamonaviy qullik borasida rasmiy statistika mavjud emas, lekin ekspertlar izsiz yo‘qolib ketayotgan migrantlar soni yildan yilga o‘sib borayotganini ta’kidlagan.

    Oleg Melnikov o‘zidagi ma’lumotlarga ko‘ra, majburiy mehnatga jalb qilinadigan bir nafar qulning narxi 15 ming rubl (210 AQSh dollari) ekanini bildirgan.

    Ekspertlarning qayd etishicha, bu borada yangi huquqiy normalar yoki qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish zarur. Mehnatga jalb qilinayotgan qullar huquqlarini himoya qilish, izsiz yo‘qolgan muhojirlarni izlash bilan shug‘ullanadigan idora yoxud tashkilotlar yo‘q.

    “Karitas” markazi rahbari Pyotr Sokolov qullikka mahkum bo‘layotgan mehnat muhojirlari politsiyaga qo‘ng‘iroq qilish yoki qochib ketishga sharoit yuzaga kelsa ham buni qilishga qo‘rqadi.

    “Jinoyatga umuman aloqasi yo‘q migrantning ochilmagan ishlar statistikasini yaxshilash uchun qamalishi bilan bog‘liq holatlar juda ko‘p uchragan. Ular politsiya xodimlaridan qattiq qo‘rqadi. Aksariyat muhojirlar 5-6 yil davomida Rossiyada ro‘yxatdan o‘tmasdan noqonuniy faoliyat olib boradi. Ularga ortiqcha muammo kerak emas. Shuning uchun ham yildan yilga qullik tizimi ildiz otib ketyapti”, — degan Sokolov.

    Oleg Melnikovning taxmin qilishicha, koronavirus pandemiyasi boshlanganidan keyin qullar soni yana o‘sib ketishi mumkin. Uning fikricha, Rossiyada karantin davrida 10 million nafar odamning o‘z ishini yo‘qotgani, mamlakatda odam savdosi hamda qullik yanada avj olishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

    Mavzuga doir: Stavropolda qullikda tutib turilgan yetti o‘zbekistonlik rossiyalik ko‘ngillilar yordamida Vatanga qaytarildi

    11.08.2020, 07:51   Izoh (0)   145710
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 15-avgustdan katta to‘ylar o‘tkazishga ruxsat beriladimi?

    11.08.2020, 07:35

    Uyi tintuv qilingan qashqadaryolik blogerlar ishi bo‘yicha brifing tashkil etiladi. Viloyat prokuraturasi va IIB holatni izohlaydi

    11.08.2020, 04:29

    O‘zbekiston afg‘onlararo inkluziv muzokaralar olib borish uchun 400 nafar “Tolibon” a’zosining ozod qilinishini olqishladi

    11.08.2020, 03:12

    Oliy ta’lim vazirligi: Sirtqi ta’limga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun ham imtihonlar 2-sentabrdan boshlanadi

    11.08.2020, 01:35

    Farg‘onada 11-avgustdan oshxona, restoran va kafelar o‘z faoliyatini qayta boshlaydi

    11.08.2020, 00:33

    O‘zbekistonda 10-avgust kuni 695 kishida koronavirus aniqlandi. Olti bemor vafot etdi

    10.08.2020, 23:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.