Belarusda 9-avgust kungi prezident saylovidan so‘ng Minskda norozilik namoyishlari sodir bo‘lgan edi. Namoyishchilar chiqindi baklaridan barrikadalar qurgan, ularga qarshi rezina o‘qlar otilgan. Norozilik namoyishlari oqibatida bir kishi halok ham bo‘lgan. Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,23 foiz ovoz to‘plagan. Muxolifot nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 9,9 foiz ovoz olgan. Keyinroq Svetlana Tixanovskaya o‘tkazilgan saylovlarda o‘zini g‘olib deya hisoblashini ma’lum qildi va Lukashenkoga muzokaralar o‘tkazish taklifini berdi. Shuningdek, u saylovlarning natijasi yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiga norozilik bildirdi.
Reuters agentligi saylovdan so‘ng sodir bo‘lgan ikki kunlik namoyishlardan tayyorlangan fotojamlanmani taqdim etdi.
Mavzuga doir: Minskdagi norozilik namoyishlari vaqtida bir kishi halok bo‘ldi — uni “avtozak” bosib ketgan
Mavzuga doir: Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskaya Litvaga ketib qolgani ma’lum bo‘ldi
Mavzuga doir: Foto: Minskdagi namoyishlar
Izoh (0)