• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonlik 30 yoshli erkak o‘limiga 18 yoshli yigitning sevgan qiziga gap otganligi sabab bo‘lmagan

    Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Andijonda 18 yoshli yigit sevgan qizini rashk qilib 30 yoshli erkakni o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar berildi. Xabarda 18 yoshli yigit yaxshi ko‘rgan qiziga “gap otgan”ligi uchun 30 yoshli fuqaroni qo‘lidagi temir bo‘lagi bilan urib, tan jarohati yetkazgani, shu kunning o‘zida jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan bo‘lsa-da, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan 27-iyul kuni shifoxonada vafot etgani aytilgandi.

    Marhumning akasi Sanjar O‘sarov “Daryo”ga murojaat qilib aslida holat tergov departamenti aytganidek bo‘lmaganligini, ukasi urishayotgan bolalarni ajratmoqchi bo‘lib borganligini bildirdi.

    Sanjar O‘sarov

    Sanjar O‘sarov
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri holatga aniqlik kiritish maqsadida voqea yuz bergan joyda bo‘lib, guvohlar bilan uchrashdi.

    Sanjar O‘sarovning aytishicha, ukasi marhum Jahongir O‘sarov doimiy ravishda sport bilan shug‘ullanib kelgan. O‘sha kuni u farzandi bilan dalada mashg‘ulot o‘tkazish bilan birga mol boqayotgan bo‘lgan. Kanal bo‘yida mahalla bolalarining janjallashayotgani eshitib, ularni ajratish uchun voqea joyiga borgan.

    “Ukam doimiy ravishda sport bilan shug‘ullanib kelardi. Farzandlarini ham sportga qiziqtirishga harakat qilardi. Karantingacha sport zaliga borishardi. Zallar yopiq bo‘lganligi uchun mart oyidan buyon ko‘chada shug‘ullanib kelishayotgandi. Voqea yuz bergan kuni kechqurun ukam 3-sinf o‘g‘li bilan mashg‘ulot o‘tkazish hamda mol boqish uchun chiqib ketgan. Aytishlaricha, holat bo‘lgan paytda ular yoqilg‘i quyish shoxobchasi oldidagi o‘tloqda mollarini boqayotgan bo‘lgan.

    O‘sha paytda 2002-yilda tug‘ilgan “Dasturxonchi” va “Qipchoq” mahallalarining bolalari bir qiz tufayli janjallashayotgan bo‘lgan. Ukam baqir-chaqirlarni eshitib, ularni ajratish uchun borgan. Borib ajratayotganda bolalardan biri unga g‘alati qarash qilganda ‘Nimaga unaqa qaraysan, meni tanimaysanmi? Falonchiman, dasturxonchida meni hamma taniydi’ deb baqirib gapirgan. Gapini tugatmasidan ortida turgan bolalardan biri armatura bilan uning boshiga urgan. Shu tufayli ukam ikki kun shifoxonada jonlantirish bo‘limida yotib, vafot etdi”, — deydi Sanjarbek O‘sarov.

    Voqea guvohlaridan biri Jamshid Hakimovning aytishicha, janjalga uning telefoniga bir necha marotaba begona raqamdan qo‘ng‘iroq qilgan qiz sababchi bo‘lgan. Voqea yuz bergan kuni qo‘shni mahalladagi yigitlardan biri unga o‘sha qiz telefon qilgan raqamdan chiqib, tortishgan va uni yuzma-yuz ko‘rishishga chorlagan.

    “Voqea yuz berishidan uch-to‘rt kun avval telefonimga notanish raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Birorta tanishlarim shekilli, deb javob bersam, begona qiz ekan. ‘Ovozingiz yaxshi eshitilmayapti’ dedim-da, o‘chirib qo‘yib, ishimni davom ettirdim. Bir-ikki kundan keyin xuddi o‘sha raqamdan yana qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Kim ekan deb qiziqib, bir oz gaplashgach, yana o‘chirib qo‘ydim. Janjal yuz bergan kuni kechqurun dalada suv quyayotgan edim. Xuddi shu raqamdan qayta-qayta telefon bo‘ldi. Noiloj olganimdan keyin notanish o‘g‘il bola ‘Kimsan? Nega bu raqamga telefon qilayapsan?’ dedi. Bu nomerdan menga telefon qilishdi desam, so‘kindi. Ancha tortishganimizdan keyin kanalning oldiga chiqishimni taklif qildi. Kichkina bola bilan chiqdim. Qarasam ular uch kishi ekan. Shundan keyin shu atrofda qo‘y boqayotgan oshnamni ham chaqirib oldim. Kelisholmaganimizdan keyin yakkama-yakka urishadigan bo‘lib, kanalning chetiga o‘tdik. Bir-birimiz bilan yoqalashayotgan paytimizda Jahongir akam yetib kelib, ajratishga harakat qildi. Bizni ajratayotgan paytda kimdir uning boshiga urvordi. Aslida Jahongir akani hech kim chaqirmagandi. Ovozimizni eshitib, ajratishga kelgandi, xolos”, — deydi Jamshidbek Hakimov.

    Guvohlardan yana biri Hojiakbar Yo‘ldoshevning aytishicha, u o‘sha kuni jabrlanuvchi bilan birga mol boqayotgan bo‘lgan. Do‘sti unga qo‘ng‘iroq qilib, bir qiz sababli qo‘shni mahallaning bolalari bilan urishayotganligini aytib, yordamga chaqirgan. Hech qancha o‘tmasdan ularning yoniga yosh bola kelib, kanal bo‘yida urish bo‘layotganligini aytib, ajratishda yordam so‘ragan.

    Hojiakbar Yo‘ldoshev

    Hojiakbar Yo‘ldoshev
    Foto: Tergov departamenti

    “Jahongir aka bilan bolalarni ajratish uchun bordik. Borsak, ikkitasi yerda dumalab yotgan ekan. Ularni ajratdik. Jahongir aka bolalarga qarab, ‘Hali yosh bola ekansanlar. Qiz bolani deb urishib nima bor? Undan ko‘ra hammang uyingga bor’ dedi. Shu paytda uning ortida turgan bola armatura bilan boshiga urdi. Jahongir akam zarbdan yerga yiqildi. Bola esa qochib ketdi. Men uning ortidan quvladim”, — deydi Hojiakbar Yo‘ldoshev.

    Hojiakbar Yo‘ldoshevning aytishicha, janjallashgani kelganlar ko‘pchilikni tashkil qilgan. Ularning qo‘lida truba emas, to‘rtta armatura bo‘lgan.

    “Tergov davomida Jahongir akani truba bilan urdi deyishyapti. Aslida ularning qo‘lida to‘rtta armatura bor edi. ‘Uchastkovoy’ idoraga chaqirganda urgan bolaning sheriklari uchta deyildi. Ichki ishlar bo‘limida o‘tkazilgan surishtiruv davomida esa sheriklari soni beshtaga yetdi. O‘zim guvohman ularning soni o‘ndan ortiq edi. Faqat qolganlari kanalning narigi chetida kuzatuvchi bo‘lib turishgandi, xolos”, — deydi Hojiakbar Yo‘ldoshev.

    Marhumning akasi Sanjarbek O‘sarovning aytishicha, tergov departamenti yolg‘on xabar tarqatganligi sababli ukasining nomiga dog‘ tushgan.

    “O‘tgan ishni kovlashtirish, kimnidir aybdor qilishdan yoki tergov ishlariga aralashishdan yiroqman. Avvalo, taqdir ekan ukamning hayoti shu hodisa tufaylik yakuniga yetdi. Uning o‘limiga sababchi bo‘lgan bola men istamasam ham qonun oldida javob berishiga ishonaman. Meni qiynayotgan masala boshqa — voqea haqida internet saytlarida noto‘g‘ri xabar tarqalgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ukam haqida salbiy fikrlar yozilmoqda. Natijada nomiga dog‘ tushdi. Aslida qiz talashib janjallashganlar yosh yigitlar bo‘lgan. Xabarlarda nega ukamga urg‘u berilganini tushunmayapman. U ro‘y berishi mumkin bo‘lgan salbiy holatning oldini olaman deb, o‘zi qurbon bo‘ldi. Maqsadim asl holatni ommaga yetkazish, ukamning nomini oqlash. Tarmoqlarda fikr bildirayotganlardan iltimosim, voqea qanday yuz berganini bilmay, o‘rganmay turib marhum haqida yomon fikrlarni bildirmang”, — deydi marhumning akasi.

    Asaka tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi surishtiruvchisi, leytenant Jasur Ikromjonovning ma’lumot berishicha, 2020-yil 25-iyul kuni Asaka tumanida yashovchi fuqaro O.N. marhum Jahongir O‘sarovga tan jarohati yetkazib, uning o‘limiga sababchi bo‘lganligi holati bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarda O.N. bilan qiz sababli janjallashgani ma’lum qilingan. Biroq, keyinchalik holat boshqacha bo‘lgani ma’lum bo‘lgan.

    Jasur Ikromjonov

    Jasur Ikromjonov
    Foto: “Daryo”

    “Asaka tumani “Dasturxonchi” MFYda yashovchi 2002-yilda tug‘ilgan fuqaro O.N. 2020-yil 25-iyul kuni soat 22-30 da tumanning “Qipchoq” MFY hududida joylashgan dala maydonida shu mahallada yashovchi fuqaro J.H. va “Dasturxonchi” mahallasida yashovchi fuqaro I.M. bilan sevgan qizi xususida tortishib, janjallashayotgan vaqtida fuqaro J.O‘. ularni ajratib “Dasturxonchi mahallasida menga teng keladigani yo‘q” deb gapirgan. Bu so‘zni eshitib, jahli chiqqan O.N. o‘zi bilan birga olib kelgan temir buyum bilan J.O‘.ning bosh sohasiga bir marotaba urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan va natijada J.O‘. shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan 27-iyul kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”.

    Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan Jahongir O‘sarov vafot etganligi sababli jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismidan 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga (Jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) qayta malakalangan. Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi O.N. 27-iyul kuni ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    11.08.2020, 15:33   Izoh (0)   80953
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyalik shifokorlar koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun O‘zbekistonga keladi

    11.08.2020, 15:10

    Samarqandda 12-avgustdan boshlab oshxona va mehmonxonalar, go‘zallik salonlari va sport o‘yingohlari faoliyatini qayta boshlaydi

    11.08.2020, 14:55

    O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro forumda mamlakatdagi 30 dan ortiq yoshlar tashkilotlari ishtirok etadi

    11.08.2020, 14:44

    Farg‘onaga donasi 4 mln so‘m bo‘lgan 500 dona kislorod konsentratori olib kelindi. Buxoro hokimligi kislorod konsentratorlarini 12 mln so'mdan xarid qilgandi

    11.08.2020, 14:09

    O‘zbekiston Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalardan foydalanish haqidagi takliflarni o‘rganib chiqmoqda

    11.08.2020, 13:44

    Senat qo‘mitasi raisi: “Xususiy klinika litsenziyasini bekor qilish muammoga yechimmi?”

    11.08.2020, 13:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Farg‘onada mulk talashib voyaga yetmagan ukasini o‘ldirgan akaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 11:10

    Afg‘onistonda ayrim fuqarolarga pasport berish taqiqlandi

    Afg'oniston | 25 avgust, 11:02

    O‘zbekistonda ish haftasi davomida havo harorati ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 10:47

    Vyetnamda yarim mln aholi evakuatsiya qilinadi

    Dunyo | 25 avgust, 10:45

    O‘zbekistonda barcha toifadagi tadbirkorlarga mehmonxona qurish uchun kreditlar ajratiladi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 10:35

    Alisher Nikimbayev: “FIFA tarixda ilk bor bir yil ichida ikki xil o‘zbekistonlik hakamlar brigadasini musobaqalarga tayinladi”

    Sport | 25 avgust, 10:25

    “Falastin 36” filmi “Oskar” mukofotiga rasman nomzod bo‘ldi

    Kino | 25 avgust, 10:25

    Lavrov: “Ukraina Putin shartini bajarsagina, mavjud bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi”

    Dunyo | 25 avgust, 10:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.