• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 10-avgust kuni 695 kishida koronavirus aniqlandi. Olti bemor vafot etdi

    O‘zbekistonda 9-avgust soat 23:30 dan 10-avgust soat 23:30 gacha koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 695 ta holat qayd etildi. Ketma-ket to‘rtinchi kun kunlik kasallanish holati 700 ga yetmayapti. Bu kunlarda 690 dan 695 nafargacha yangi bemorlar ro‘yxatga olindi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 31304 nafarga yetdi.

    SSV hisobi bo‘yicha 200, “Daryo” hisobi bo‘yicha 209 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 200, “Daryo” hisobi bo‘yicha 209 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallangan 695 kishining 552 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:
    • Toshkent shahrida — 348 nafar;
    • Toshkent viloyatida — 154 nafar;
    • Samarqand viloyatida — 19 nafar;
    • Sirdaryo viloyatida — 11 nafar;
    • Andijon viloyatida — 11 nafar;
    • Jizzax viloyatida — 7 nafar;
    • Farg‘ona viloyatida — 2 nafar.
    Shuningdek, O‘rtasaroy karantin markazida xorijdan kelgan 143 nafar fuqaro orasida COVID-19 aniqlangan.

    Kun davomida 7 ta hududda yangi kasallanish holatlari qayd etildi.

    Toshkent shahrida 348 kishida koronavirus aniqlandi. Bu oxirgi 8 kun ichidagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Bir kun oldin esa 509 kishida koronavirus qayd etilib, antirekord o‘rnatilgandi. Avgust oyining ortda qolgan 9 kuni ichida Toshkentda eng kam kasallik aniqlangan kunda (2-avgust) ham 325 kishida COVID-19 qayd etildi. 1—10-avgust oralig‘ida poytaxtda (karantin zonasida aniqlangan holatlarni hisobga olmasa) 4241 ta yangi holat aniqlandi. Shuningdek, 10-avgust kuni O‘rtasaroy karantin zonasida COVID-19 aniqlangan 143 nafar bemordan 59 nafari Toshkent shahrida davolanishga kirishdi.

    Toshkent viloyatida 154 kishida koronavirus qayd etildi. Viloyatda 23-iyuldan boshlab har kuni kasallikka chalinish holatlari qayd etilmoqda, 26-iyuldan beri esa har kuni koronavirusga chalinganlar soni 100 nafardan oshmoqda (ikki marta 200 tadan ham oshdi). Shuningdek, 10-avgust kuni O‘rtasaroy karantin zonasida COVID-19 aniqlangan 143 nafar bemordan 84 nafari Toshkent viloyatida davolanishga kirishdi.

    Samarqand viloyatida 19 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda avgust oyining o‘zida 344 kishida koronavirus qayd etildi. Bu Samarqanddagi jami kasallanish holatlarining 27 foiziga tengdir.

    Sirdaryo viloyatida 11 kishida COVID-19 qayd etildi. Avgust oyida viloyatda 110 kishida koronavirus aniqlandi. Bu Sirdaryodagi jami kasallanish holatlarining 16 foiziga teng deganidir.

    Andijon viloyatida 11 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda so‘nggi 16 kun ichida faqat 8-avgust kuni yangi holatlar aniqlanmadi. Andijondagi jami kasallanish holatlarining 1 foizi 10-avgustga to‘g‘ri keldi. Hozirda Andijonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1103 nafarga yetgan.

    Jizzax viloyatida 7 kishida COVID-19 aniqlandi. Viloyatda ikki hafta ichida birinchi marta yangi kasallanish holati qayd etildi. Oxirgi marta 27-iyul kuni 3 kishida koronavirus aniqlangandi. Jizzax hozirda eng kam koronavirus aniqlangan (143 ta holat) hudud hisoblanadi. Qolgan barcha hududlarda bemorlar soni 300 nafardan ko‘p.

    Farg‘ona viloyatida 2 kishida koronavirus qayd etildi. Avgust oyida viloyatda 51 kishida koronavirus aniqlandi. Farg‘ona viloyatida 3-avgustdan boshlab xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari, buyum va chorva mollari, qurilish mahsulotlari bozori, sartaroshxona va go‘zallik salonlari faoliyatiga ruxsat berilgandi. 11-avgustdan boshlab esa oshxona, restoran va kafelar o‘z faoliyatini qayta boshlaydi.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    SSV Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida esa 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

    Birinchi o‘lim. Toshkent viloyati Qibray tumanida yashagan 44 yoshli A.A. ismli erkak vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli U.M. ismli ayol vafot etgan.

    Uchinchi o‘lim. Toshkent shahri Sergeli tumanida yashagan 63 yoshli D.S. ismli erkak vafot etgan.

    To‘rtinchi o‘lim. Toshkent viloyati Qibray tumanida yashagan 80 yoshli X.A. ismli erkak vafot etgan. Qibray tumanining o‘zida bir kunda ikkita o‘lim sodir bo‘ldi. Toshkent viloyatida 3-avgustdan beri har kuni o‘lim holatlari kuzatilmoqda va 8 kun ichida vafot etganlar soni viloyatda 2 barobarga ko‘paydi (11 nafardan 22 nafarga yetdi).

    Beshinchi o‘lim. Toshkent shahri Mirobod tumanida yashagan 50 yoshli D.A. ismli ayol vafot etgan.

    Oltinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli M.M. ismli ayol vafot etgan.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 200 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 209 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov 58 yoshida vafot etganini xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

    Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8112 nafar bemordan 1361 nafari og‘ir, 387 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

    Kasallikdan davolanish

    10-avgust kuni 13 ta hududda 950 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi, faqat Qashqadaryo viloyatida sog‘ayganlar qayd etilmadi. Oxirgi 12 kun ichida 11-marta kunlik sog‘ayish ko‘rsatkichi kasallanganlar sonidan o‘tib ketmoqda. Tuzalganlarning
    • 476 nafari Toshkent shahrida;
    • 235 nafari Toshkent viloyatida;
    • 104 nafari Samarqand viloyatida;
    • 38 nafari Surxondaryo viloyatida;
    • 28 nafari Sirdaryo viloyatida;
    • 16 nafari Navoiy viloyatida;
    • 12 nafari Andijon viloyatida;
    • 11 nafari Jizzax viloyatida;
    • 10 nafari Buxoro viloyatida;
    • 7 nafari Namangan viloyatida;
    • 7 nafari Xorazm viloyatida;
    • 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
    • 3 nafari Farg‘ona viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
    Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga aniqlik kiritilmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan. Kuni kecha SSV koronavirusga chalingan bemorlarni uy sharoitida davolash bo‘yicha asosiy tavsiya va qoidalar ham taqdim etgandi.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 31 304 nafar bemordan 22 992 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 73 foizni tashkil etmoqda. Bu 17-iyundan beri eng baland ko‘rsatkich hisoblanadi. Davolanish ko‘rsatkichi 21-23-iyul kunlari 53 foizgacha tushib ketgandi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 8112 nafar bemor COVID-19’dan davolanmoqda. 29-iyul kuni bemorlar soni 9500 dan ortiq edi. 30-iyuldan boshlab davolanayotgan bemorlar soni kamaya boshladi. Ayni paytda davolanayotgan bemorlar soni 21-iyul kundagi bemorlar sonidan (o‘sha kuni 8265 nafar bemor davolanayotgandi) ham kamaydi.

    Hozirda eng ko‘p bemor Toshkent shahrida davolanmoqda — 6520 nafar. Farg‘onada 7, Jizzaxda 9, Navoiyda 15, Xorazmda 46, Surxondaryoda 47, Sirdaryoda 49, Qashqadaryoda 56, Qoraqalpog‘istonda 56, Andijonda 62, Namanganda 63, Buxoroda 70, Samarqandda 100 va Toshkent viloyatida 1012 nafar bemor qoldi.

    10.08.2020, 23:59   Izoh (0)   128548
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Migratsiya agentligi Janubiy Koreyada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarini kuchli to‘fon sabab ogohlantirdi

    10.08.2020, 23:22

    Andijonda 700 o‘rinli tashxislash va saralash markazi ish boshladi

    10.08.2020, 23:11

    O‘zbekistondagi Coca-Cola’ning davlat ulushi ikkinchi marotaba sotuvga qo‘yildi

    10.08.2020, 22:45

    “O‘zbekiston islom harakati” yetakchilari Tohir Yo‘ldosh va Juma Namangoniyga tasvirchilik qilgan xorazmlik erkak 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi

    10.08.2020, 22:34

    O‘zbekistonga xorijiy sayyohlarni olib keladigan charter reyslarga subsidiya ajratiladi

    10.08.2020, 22:23

    O‘zbekistonda chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan 31 ta klaster tashkil etiladi

    10.08.2020, 22:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.