Hindiston janubidagi Kerala shtatida joylashgan choy plantatsiyasida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida kamida 43 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi Reuters.
Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 8-avgustga o‘tar kechasi 26 kishining jasadi topilgan bo‘lsa, 9-avgustga kelib qurbonlar soni 43 kishiga yetgan.
Hukumat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, kuchli yog‘ingarchilik sabab qutqaruv ishlari to‘xtatilgan, biroq keyinroq qidiruvlar “so‘nggi jasad topilgunga qadar” davom etadi.
Hindiston Meteorologiya departamentining bir qator tumanlarda kuchli yog‘ingarchilik sodir bo‘lishi haqida ogohlantirgan, xususan, ko‘chki sodir bo‘lgan hududda ham.
Izoh (0)