Kataloniyaning “Barselona” klubi “Manchester Siti”ning portugaliyalik yarim himoyachisi Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamoqda. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
26 yoshli futbolchi “Barselona”ning yozgi transferlar oynasi vaqtidagi asosiy maqsadi bo‘lib turibdi. Kataloniyaliklar Silvaga jamoadagi asosiy rollardan birini taqdim etishga tayyor.
2019/20-yilgi mavsum so‘ngiga kelib, Silva “Siti” asosiy tarkibi uchun kurashda Fil Fodenga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Barselona” Bernardu uchun katta mablag‘ to‘lashga tayyor emas. Shu boisdan uning transferi uchun ma’lum miqdor pul bilan birga futbolchilaridan birini “shaharliklar”ga berishga tayyor. Ular qatorida “Siti” qiziqish bildirayotgan Nelson Semedu ham bor.
Bernardu Silva 2019/20-yilgi mavsum Angliya Premyer Ligasida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Tavsiya: Leo Messining 19-raqamda o‘ynagan vaqtida urgan qoyilmaqom 19 ta goli (video)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)