Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 final javob bahsi doirasida “Yuventus” 7-avgust, juma kuni “Lion” bilan o‘ynadi.

Foto: Twitter

Dastlab fransiyaliklar 12-daqiqada Memfis Depayning golidan keyin hisobni ochdi. Bo‘lim so‘ngida Krishtianu Ronaldu penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. 60-daqiqada Ronaldu jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo‘llagan holda dublini nishonladi.

Mazkur jamoalarning ilk uchrashuvida “Lion” 1:0 hisobida g‘alabaga erishgandi. Shu sabab fransuzlar mehmondagi gol evaziga chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Chorak finalda “Manchester Siti” va “Lion” jamoalari o‘zaro bahs yuritadi.

YChL

1/8 final, javob bahsi

7-avgust, juma

“Yuventus” Italiya — “Lion” Fransiya 2:1

Gollar: 0:1 – 12, penalti Depay, 1:1 – 43, penalti Ronaldu, 2:1 – 60 Ronaldu.

“Yuventus”: Shchensni, Bonuchchi, de Ligt, Aleks Sandro, Rabo, Kuadrado (Danilo, 70), Bentankur, Pyanich (Remzi, 60), Bernardeski (Dibala, 71; Oliveri, 84), Iguain, Ronaldu.

“Lion”: Antoni Lopesh, Denayer (Andersen, 61), Marselo, Marsal, Dyubua (Tete, 90), Auar (Tiago Mendes, 90), Kakre, Bruno Gimaraes, Korne, Toko-Ekambi (Ren-Adelaid, 67), Depay (Dembele, 67).

Ogohlantirishlar: Auar (19), Kuadrado (31), Dyubua (38), Depay (42), Bentankur (44), Antoni Lopesh (76), Korne (79), Kakre (87), Marsal (89).

Ilk uchrashuv: 0:1

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!