“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsi doirasida “Lion”ga qarshi kechgan o‘yinda (2:1) dublga erishdi.

Foto: Goal

35 yoshli portugaliyalik futbolchi mavsum davomida 37 ta gol urdi va bu borada klub rekordini o‘rnatdi. Unga qadar turinliklarning hech qaysi futbolchisi bir mavsum davomida bu qadar ko‘p gol urmagandi.

Avvalgi rekord 95 yildan buyon yangilanmay kelayotgandi. Ferens Xirtser 1925/26-yilgi mavsumda 35 ta gol urgandi.

Ronaldu Chempionlar Ligasidagi gollari sonini 130 taga yetkazib oldi va bu borada yetakchi bo‘lib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!