• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qarshi shahridagi televideniye jurnalistlari telekanal binosi uchun berilgan yer tortib olingani uchun ijarada turib ishlashga majbur bo‘lmoqda

    Qarshi shahrida yagona bo‘lgan nodavlat televideniye — Nasaf TV Qarshi shahar hokimligi mas’ullari sabab yersiz, boshpanasiz qolmoqda. Bu haqda “Daryo”ga shikoyat qilgan televideniye direktori, “Qarshi teleradiokanali” MChJ raisi Dilnoza Mamadaliyevaning aytishicha, shahar hokimligi televideniye uchun bino qurish uchun berilgan yerni endilikda tadbirkorga olib bergan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Qarshi shahar hokimligi 2011-yil 27-yanvar kuni Nasaf TV hamda Nasaf FM radiosiga shaxsiy bino qurish uchun to‘lqinlarni efirga uzatishga qulay bo‘lgan Qarshi shahridagi yagona teleminora joylashgan 4-kichik tuman — Cho‘lquvar mahallasi hududidan 1700 kvadrat metr yer bergandi. Endilikda esa bizga berilgan yer tadbirkorga ham berilgan bo‘lib chiqmoqda. Yer berib yuborilgachgina bundan xabar topyapmiz”, — deydi televideniye direktori Dilnoza Mamadaliyeva.

    Ma’lum bo‘lishicha, shahar televideniyesi qurilish uchun bankdan kredit ololmagani bois ajratib berilgan yerda qurilish ishlarini bajarolmagan.

    “O‘z vaqtida bankdan kredit ololmaganimiz va iqtisodiy ahvolimiz imkon bermagani uchun qurilish ishlarini bajarolmadik. Qurilish ishlari kechikayotgani haqida shahar hokimligiga ma’lum qilib, qaror muddatini uzaytirib berishlarini so‘radik. Ammo bizning ahvolimizdan foydalangan amaldagi mas’ullar yerni imi-jimida tadbirkorga berib yuborishgani ma’lum bo‘ldi”, — deydi Dilnoza Mamadaliyeva.

    Televideniye jurnalisti, “Sevimli” kanalining viloyatdagi muxbiri Shavkat Aminovning ta’kidlashicha, hamkasblari bir necha yildan beri ijarada turib faoliyat yuritishga majbur.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Shaharda atigi bitta nodavlat televideniye bor. Buni qarangki, shu kanal ham binosiz. Ijarama-ijara sarson bo‘lib yuribdi. O‘z shaxsiy binosiga ega bo‘lish maqsadida berilgan yer ham bugun tadbirkorga berib yuborilgan. Televideniye bu yerini yo‘qotsa, yana bir necha yil davomida ijarama-ijara yurishga majbur bo‘ladi”, — deydi Shavkat Aminov.

    Ta’kidlanishicha, 27 yildan beri faoliyat yuritayotgan televideniye o‘tgan fursat davomida ko‘plab iste’dodlarni tarbiyalagan. Jamiyat hayotiga oid dolzarb mavzularni ko‘tarib, aholi hayotidagi muammolarning yechim topishida ko‘maklashgan.

    Televideniye mas’ullarining ma’lumot berishicha, shahar hokimligi tomonidan berilgan 1700 kvadrat metr yer hokimning 2019-yil 14-maydagi qarori bilan “Muborak ekspress qurilish” MChJga ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun berilgan.

    “Shahar hokimligi mas’ullari shu darajada ayyorki, biz 2019-yil 17-iyul kuni ularga murojaat qilib, qurilish ishlarimiz kechikayotgani sabab qaror muddatini uzaytirib berishni so‘ragandik. Ular shahar markazida bo‘sh yer borligini bilib qolishdi, shekilli, 2019-yil iyul oyida may oyi sanasi bilan qaror chiqarib, bizga berilgan yerni tadbirkorga berib yubordi. Holbuki, qaror muddatini uzaytirib berishni so‘rab hokimlikka murojaat qilganimizda hokimning o‘sha paytdagi o‘rinbosari Ulug‘bek Avazov barcha hujjatlarni taqdim qilishimiz, tez orada qaror muddatini uzaytirib berishlarini aytgandi”, — deydi Dilnoza Mamadaliyeva.

    Qarshi shahar hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ayni kunda davolanishda bo‘lgani uchun hokimlik xodimi — mazkur masalaga mas’ul Dilshod Jalolov bilan suhbatlashdik.

    “Bu masalada hech kim aniq gap aytolmaydi. O‘sha paytda nima bo‘lgan, nima uchun bunaqa muammo kelib chiqyapti, bizga qorong‘i. Boisi bu ishlar bilan shug‘ullangan hokimlik xodimlari ayni kunda ishdan bo‘shab ketgan. Hozir biz faqat sud qarorida keltirilgan gaplarni aytishimiz mumkin”, — deydi Dilshod Jalolov.

    Aniqlanishicha, Qarshi shahar hokimining televideniyega berilgan yerni “Muborak ekspress qurilish” MChJga berish haqidagi 2019-yil 14-maydagi qarori sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgach, shahar hokimligi 2019-yil 16-dekabr kuni televideniyega 2011-yil berilgan yerni hokimlik zaxira fondiga qaytarish haqida qaror chiqargan. 2020-yil 10-yanvar kuni esa yerni “Muborak ekspress qurilish” MChJga berish haqida qaror imzolangan. Shu-shu televideniyega berilgan yer tadbirkorga berib yuborilgan.

    Qarshi shahar televideniyesi mas’ullari esa shahar hokimining xatti-harakatidan norozi bo‘lib, sudga murojaat qilgan va hokimning 2019-yil 16-dekabr hamda 2020-yil 10-yanvardagi qarorlarini haqiqiy emas, deb topishni so‘ragan.

    Mazkur ishni ko‘rib chiqqan Qarshi shahar ma’muriy sudi televideniye da’vosini rad etgach, jurnalistlar shahar ma’muriy sudi qaroridan norozi bo‘lib, viloyat ma’muriy sudiga kassatsiya tartibida shikoyat kiritgan. Taassufki, viloyat sudyalari ham televideniye da’vosini rad qilgan.

    “Har ikkala sud ham bizning da’vomizni rad etdi. Endilikda biz yana yersiz, boshpanasiz qolyapmiz”, — deydi televideniye jurnalistlari.

    Televideniye direktori Dilnoza Mamadaliyevaning qo‘shimcha qilishicha, ular mazkur masalada viloyat rahbari Zoir Mirzayevga ham murojaat qilib, og‘ir ahvolda qolishganini, televideniye uchun bino zarurligini ta’kidlab, shahar televideniyesiga yordam berilishini iltimos qilgan.

    “Shu paytgacha viloyat hokimligidan ham biror-bir javob olmadik. Viloyat rahbari bizning muammoga e’tibor qaratmayapti”, — deydi televideniye xodimlari.

    Eslatib o‘tamiz, avvalroq televideniye hamda hokimlik o‘rtasidagi yer mojarosini ko‘rib chiqayotgan sud ishini yoritishga kelgan “Sevimli” telekanali muxbiriga viloyat ma’muriy sudi tomonidan xususiy ajrim chiqarilgani, biroq sudyalar aytgan gapidan qaytib qolishgani haqida xabar berilgandi.

    Afsuski, mazkur holatga Oliy sud ham e’tibor qaratmadi.

    Tez orada viloyat hokimi Zoir Mirzayevning televideniye muammosiga, Oliy sudning esa aytgan gapidan qaytadigan sudyalar masalasiga e’tibor qaratishidan umidvormiz.

    07.08.2020, 23:22   Izoh (0)   24703
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Odiljon Iminov Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisligiga saylandi

    07.08.2020, 23:07

    Navoiyda mashina ta’mirlovchi usta shogirdi tomonidan o‘ldirildi. Ular mast holda janjallashib qolgan

    07.08.2020, 22:37

    Pandemiya tufayli O‘zbekistonga qaytmoqchi bo‘lgan AQSh va Kanadadagi barcha fuqarolar vatanga olib kelingani ma’lum qilindi

    07.08.2020, 22:21

    O‘zbekistonda koronavirusga chalingan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi

    07.08.2020, 22:06

    Buxoroda 10-avgustdan boshlab oshxona va mehmonxonalar, buyum bozorlari hamda sartaroshxonalar faoliyatiga ruxsat beriladi

    07.08.2020, 21:36

    Buxoro hokimi Karim Kamolovning vafot etgani to‘g‘risidagi xabar rad etildi

    07.08.2020, 21:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vladimir Zelenskiy Ukraina mudofaa vazirini o‘zgartirish niyatida

    Dunyo | 15 iyul, 08:25

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.