• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Maslahatlar

    Muammolar haqida atrofdagilarga so‘zlab berish: Bu nima uchun muhim?

    Ayrim odamlar do‘stlariga, oila a’zolariga, hatto ijtimoiy tarmoqda ham o‘zini qiynayotgan muammolar haqida gapirishni yaxshi ko‘rsa, ba’zilar aksincha, barchasini ichiga yutsa, hamma uchun yaxshi bo‘lishiga ishonadi.

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Odatda, inson baxtlilarga havas qiladi. Chunki ularda qo‘llab-quvvatlash, kayfiyatni ko‘tarish kabi xislatlar mavjud. Aynan ularning oldida muammolarni aytishdan tortinish va o‘zni hech narsa bo‘lmagandek ko‘rsatish holati ko‘p uchraydi. Albatta, muammo paydo bo‘ldimi, darhol salbiy fikr yoki shov-shuv ko‘tarish tavsiya etilmaydi. Lekin sodir bo‘lgan muhim narsalarni hamjihatlikda baham ko‘rish kerak.

    Faqat qo‘llab-quvvatlash mumkin

    Gohida sizga maslahat kerak bo‘ladi, gohida yordam – moddiy yoki jismoniy. Ba’zida esa shunchaki yengil bo‘lishingiz uchun taskin beruvchi so‘zlar zarur bo‘ladi.  Eng muhimi, atrofingizdagilar siz aynan nimani xohlashingizni tushunadi, siz uchun nimalar qila olishini biladi.

    Barchasini ichga yutish sog‘liqqa zarar

    Yoningizda sizni tinglashga tayyor, ko‘ngilga shifo ulashuvchi insonlar topilmasa, qayg‘u, ayriliq, og‘riq, yolg‘izlik sarosimadan tamom bo‘lishingiz hech gap emas. Agar  muammo chindan ham jiddiy bo‘lsa-yu, siz uni yashirishga harakat qilayotgan bo‘lsangiz, haqiqiy sehrgarsiz. Yaxshi tomoni shundaki, qayerda muammoga uchragansiz va uning tafsilotlari haqida hech kim hech narsa bilmaydi.

    Insonlar siz bilan qanday hodisalar yuz berayotganini bilgani yaxshi

    Birinchidan, sizning vaziyatingizni tushunishadi. Masalan, kechagina yaqin insoningizni yo‘qotdingiz. Ishxonada esa xatolikka yo‘l qo‘ydingiz. Ular bunday vaziyatda sizni tushunadi hamda kamchiliklarni bartaraf etadi.

    Ikkinchidan, shunday umumiy muammolar ham bo‘ladiki, uni barcha bilishi kerak. Ba’zida insonlar bir-birini takror-takror ranjitadi va bu haqida o‘ylash xayoliga ham kelmaydi. Balki, ularga yoshligida birovni kamsitish yaxshi ish emasligi o‘rgatilmagandir.

    Xulosa qilib aytganda, shikoyat qilganda muammoning alomatlari emas, yechimi haqida o‘ylash kerak. Masalan, jamoat transportida oyog‘ingizni kimdir bosib oldi. “Oyog‘imni transportda bosib oldi, hatto kechirim ham so‘ramadi, endi ko‘karib ketdi, yuragim ham boshqacha uryapti” – bu shikoyat. “Unchalik og‘riq bo‘lmadi, xuddi oyog‘im toyigandek. Odamlar, kelinglar, bir-birimizga e’tiborli bo‘laylik” – bu yaxshiroq, hatto taklif desa ham bo‘ladi.

    Yoki muammo bartaraf bo‘ladigan paytda aytilishi zarur. “Shu shirinlikni olib kelishingni xohlagandim, sen esa unutding” – kechasi soat uchda bunday shirinlikni qayerdan topsin?! Ertangi kuni yodiga sol, sotib olish imkoniyati bo‘ladi.

    Kim qanday vazifaga mas’ul ekanligiga e’tiborli bo‘lish kerak. “Hisobchi menga oylik berishda adashdi” – bu haqida bufetchiga aytib o‘tirish befoyda. Hisobchi bilan gaplashish zarur. Muammo sababchisini emas, yechimini izlash kerak. Bu barchaning kundalik hayotida deyarli har kuni uchraydigan holat. Muammolar qanchalik ko‘p bo‘lmasin, ularning yechimi ham, albatta, bo‘ladi. Uni izlash faqatgina o‘zingizga bog‘liq bo‘lib qolaveradi.

    Mavzuga doir: 

    • Tinglang, muhokama qilmang. Tushkunlikdagi yaqin insoningizga bera olishingiz mumkin bo‘lgan yordam
    • Karantin vaqtida tushkun kayfiyatni qanday yengish mumkin? Psixolog tavsiyalari

    05.08.2020, 18:22   Izoh (0)   24004
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ortiqcha vaznga ega ayollar kiyinish uslubida yo‘l qo‘yadigan 6 ta xato

    31.07.2020, 18:54

    Farzandingizga aytish yaxshi oqibatga olib kelmaydigan 8 jumla

    28.07.2020, 08:00

    Ayollardagi erkaklarni maftun etadigan 7 kamchilik

    26.07.2020, 13:51

    Munosabatlarni mustahkamlovchi oddiy, lekin ahamiyatli jumlalar

    25.07.2020, 10:32

    Tejamkorlikka o‘rganing: Inqiroz paytida qo‘l keladigan 6 foydali odat

    24.07.2020, 19:59

    Haqiqiy do‘stlikni qanday bilish mumkin?

    24.07.2020, 10:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropada xavfli virus tarqalmoqda: o‘lim holatlari qayd etildi

    Dunyo | 3 avgust, 21:15

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24

    Saudiya Arabistoni klublari Vinisius transferidan voz kechdi

    Sport | 3 avgust, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 19:29

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15

    Sea Breeze loyihasining egasi qanday majburiyatlarni o‘ziga olmoqda?

    O‘zbekiston | 3 avgust, 18:56

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.