• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda kelinini fohishalikda ayblab, doimiy zulm o‘tkazgan va o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazgan qaynota 4 yilga qamaldi

    Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi 66 yoshli fuqaro 37 yoshli keliniga shafqatsiz muomalada bo‘lib, doimiy ravishda zulm o‘tkazgan va o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga olib borgan. Bu haqda “Daryo”ga jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi raisi Bobur Umarov ma’lum qildi.

    Ma’lum bo‘lishicha, Samarqandda yashovchi fuqaro Sabohat Haqqulova 2013-yil G‘ijduvon tumani “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini Urganjeli qishlog‘ida yashovchi II guruh nogironi Halim Sa’dullayev bilan turmush qurgan.

    Qaynota K.S. o‘ziga tegishli uyda turmush o‘rtog‘i, ikki nafar nogiron o‘g‘li, kelini Sabohat Haqqulova hamda nevarasi bilan yashab kelgan. Ro‘zg‘or xarajatlari qaynota zimmasida bo‘lgani bois K.S. o‘zining nogiron farzandlarini ham pul va moddiy daromad topib kelolmaslikda ayblagan. Ayniqsa, kelini Sabohat Haqqulovaga o‘ta rahmsiz muomalada bo‘lib, qo‘rqitgan, uning sha’ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitib kelgan.

    Qaynota kelinini fohishalikda gumon qilib, qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Uning turmush o‘rtog‘i bo‘lgan o‘g‘lining nogironligini ham yuziga solib, ko‘p bor tekinxo‘rlikda ayblagan.

    Qaynota 2018-yilning 9-dekabr kuni kelini bilan ovqatga mahsulotni ko‘p solgani bahonasida janjallashib qolib, uni nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgan, boshiga urgan va tan jarohati yetkazgan. Kamsitishlarga chiday olmagan kelin Samarqandga — otasining uyiga arazlab ketgan. Oradan bir necha kun o‘tgach, qaynona kelinini yana o‘z xonadoniga olib kelgan. Shu voqea sabab qaynota turmush o‘rtog‘i Zulayho Sa’dullayeva bilan ham tez-tez janjallashadigan, uni ham qo‘rqitadigan odat chiqargan. Har kungi janjallarga chiday olmagan qaynona 2019-yil 12-dekabr kuni qizinikiga arazlab ketgan.

    2019-yil 14-dekabr kuni soat 16:00 da qaynota yana kelini bilan tortishadi. Kelini va o‘g‘lini nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratlaydi. Qaynotasining kamsitish va tazyiqlariga chiday olmagan kelin voyaga yetmagan farzandini olib, qaynonasining yoniga borish uchun ko‘chaga chiqib, yo‘lovchi mashinaga o‘tiradi. Qaynota esa uning ortidan yetib borib, qo‘pollik bilan qo‘lidan tortadi va avtomashinadan tushirmoqchi bo‘ladi. Qaynota kelinini qo‘ni-qo‘shnilar oldida uyatsiz so‘zlar bilan haqoratlaydi. Janjal oldini olmoqchi bo‘lgan qo‘shnilarga ham qo‘pol muomalada bo‘ladi. Kelini qarshilik ko‘rsatganida uning yuziga mushtlab uradi. Pastki jag‘ tishini sindiradi. Tan jarohati yetkazadi va uyga majburiy tarzda olib kiradi.

    Janjal ertasi kuni ham davom etgan. Qaynota kelini va nogiron o‘g‘lini oshxonaga kiritmay, ovqat ham bermagan. O‘g‘liga qo‘lidan ish kelmasligini, boqimanda ekanligini aytib, kamsitgan. O‘zi va ijtimoiy himoyaga muhtoj turmush o‘rtog‘ining doimiy kamsitilishiga chiday olmagan kelin shu kuni soat 12:00 da o‘z joniga qasd qilish maqsadida yashash xonadonining oshxonasida bo‘lgan yelim idishdagi benzinni ustiga sepib, o‘zini o‘zi yoqib yuborgan.

    Kelin G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

    “Qaynotaning kamsitishlari oqibatida o‘z joniga qasd qilgan kelin, fuqaro Sabohat Haqqulova tuman tibbiyot birlashmasining reanimatsiya bo‘limida besh kun yotadi. Kelin bilan suhbatda qaynotasi xonadoniga kelin bo‘lib tushgan vaqtdan beri uning xatti-harakatlari natijasida ruhiy azob olgani oydinlashdi. Qaynota kelinining ota-onasi va yaqin qarindoshlari yoniga borib-kelishiga to‘sqinlik qilgan. Yeb-ichishi, kiyinishi, oddiy insonday yashashi uchun na o‘g‘liga, na keliniga shafqat qilgan”, — deydi G‘ijduvon tuman prokuraturasi katta tergovchisi Bekzod Vafoyev.

    Tergovchining aytishicha, kelin o‘zini yoqishi oqibatida tanasining 98 foizi kuygan.

    “Tana a’zolarining 98 foizi kuygan ayol bilan suhbatlashar ekanman, uning irodasi, metin bardoshiga lol qolganimni yashirmayman. O‘zining aytishicha, ayol shunchalar azobda yashaganki, oilaning mahallada yomonotliq bo‘lmasligi uchun, afsuski, bu qiynoqlarni ostonadan tashqariga olib chiqmagan”, — deydi tergovchi.

    “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Xolmurod Tursunovning bildirishicha, ushbu oiladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ikki nafar farzand uchun doimiy ravishda ko‘mak puli va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib turilgan.

    Tibbiy muolajalarga qaramasdan, tanasining 95-98 foizi kuygan kelin 2019-yil 20-dekabr kuni vafot etgan.

    2020-yil 9-iyul kuni mazkur ishni ko‘rib chiqqan Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi kelinini o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazgan qaynotani 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

    Mavzuga doir: 

    • Toshkentda 2,5 yoshli bolani urib o‘ldirib qo‘ygan Milliy gvardiya xodimi 19 yilga qamaldi
    • Qashqadaryoda himoya orderi berilgan xotiniga zo‘ravonlik qilgan er 15 sutkaga qamaldi

    05.08.2020, 16:41   Izoh (0)   73492
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sirdaryoda ko‘p qavatli uylar qurilishda 1,5 mlrd so‘m budjet mablag‘ini talon-toroj qilganlar ustidan jinoyat ishi ochildi

    05.08.2020, 16:19

    Qashqadaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

    05.08.2020, 16:04

    Navoiyda 400 o‘rinli taqsimot punkti ish boshladi

    05.08.2020, 15:48

    Toshkentda ikki nafar maktab bitiruvchisi xorijning 30 dan ortiq universitetiga talabalikka qabul qilindi

    05.08.2020, 15:24

    Shavkat Mirziyoyev Bayrut bandargohidagi portlash sabab Livan prezidentiga hamdardlik bildirdi

    05.08.2020, 15:12

    O‘zbekistonda bir kunda ikkinchi bor zilzila kuzatildi

    05.08.2020, 15:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.