“AvtoVAZ” mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi Moskvadagi Lux Form kompaniyasi Lada 4x4 (“VIS-2346”) bazasida yaratilgan avtouyni taqdim etdi. Mashinaning minimal narxi 22,4 ming dollarni, maksimal narxi — 29,4 ming dollarni tashkil etadi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Lux Form

“Niva”ning uzunligi 4796 millimetrni, eni — 1746 millimetrni, balandligi esa — 2776 millimetrni tashkil etadi. Mashina ichidan bir o‘rindiqli divan, yig‘ma stol, rakovinaga ega oshxona, gaz plitasi va muzlatkich o‘rin olgan. Kechasi oshxona zonasi transformer-karavot hisobiga yotoqxonaga aylanadi.

Foto: Lux Form

Shuningdek, g‘ildiraklar ustidan uy ichidan dush, sanuzel, garderob, 220 voltli rozetka, USB razyom, besh litrli boyler, ichimlik suvi uchun 70 litrli, qo‘l yuvishga mo‘ljallangan suv uchun 40 litrli bochkalar o‘rnatilgan.

Foto: Lux Form

Avtouy “Niva”ning 83 ot kuchiga ega standart 1,7 litrli dvigateli yordamida harakatga keladi. U esa besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Foto: Lux Form

Foto: Lux Form

Foto: Lux Form

Avvalroq “UAZ” pikapi uch kishilik modulga ega avtouyga aylantirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.