Airbus Helicopters kompaniyasiga tegishli VSR700 uchuvchisiz boshqariladigan vertolyoti o‘zining birinchi parvozini amalga oshirdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar berilgandi.
Airbus Helicopters bosh direktori Bryuno Evenning so‘zlariga ko‘ra, VSR700’ning ilk avtonom parvozi Fransiyadagi test markazi hududida 10 daqiqaga yaqin davom etgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur parvoz 2021-yilning oxirlarida dengizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan sinovlar yo‘lida “muhim qadam” hisoblanadi.
VSR700 uzunligi 6,2 metrga teng. U havoda 6 kilometrgacha balandlikda uzluksiz bir necha soat uchishi mumkin. Uchuvchisiz boshqariladigan vertolyot tezligi soatiga 80 kilometrni tashkil etadi.
VSR700 harbiy vertolyotlar hamda Harbiy-dengiz kuchlari kemalariga dengizdagi operatsiyalarda yordam berish maqsadida yaratilmoqda.
May oxirlarida AQSh harbiy dengiz kuchlari uchuvchisiz boshqariladigan samolyotlarga qarshi lazer qurolini sinovdan o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)