• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Musa Yerniyazovning o‘limi, Prezident niqobda, pul tarqatilishi va pensiyalar oshishi

    COVID-19 inqirozi manzarasida, go‘yoki, uzoqdagi orolga qarab umidvor suzayotgan kemaga o‘xshaymiz. Kemadagi resurslarning tagi ko‘ringan, yo‘lovchilar holdan toygan. Harakatlarimiz faqat vaqtdan yutishga qaratilgan. Tezroq vaksinaga yetsak edi. Afsuski, koronavirusni eng ko‘p yuqtirish bu haftaga to‘g‘ri keldi.

    31-iyul kuni 738 kishi virus yuqtirgan bo‘lsa, 1ғavgust kuni bu son 774 taga chiqdi. Bu hafta antirekordlaridir. Hozirgacha virusdan vafot etganlarning rasman qayd qilingan soni 160 nafarni qoraladi. Umumiy bemorlar soni 25 mingdan oshdi. Ta’kidlash lozimki, bular faqat tan olingan holatlardir. Shuningdek, noodatiy zotiljam ham fuqarolarimizning umriga zomin bo‘lmoqda. Biroq koronavirus oqibatida yuzaga keladigan o‘limlar statistikasi yangi tartibda yuritilishi mumkin. Bu haqda 30-iyuldagi brifingda aytildi.

    2002-yildan beri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Musa Yerniyazov 72 yoshida koronavirusdan vafot etdi. Musa Yerniyazov koronavirusga chalingani haqidagi xabarlar iyul oyi boshida paydo bo‘lgan, ammo Qoraqalpog‘iston rahbariyati bu xabarlarni qat’iy rad etgandi. Shavkat Mirziyoyev marhumni so‘nggi safarga kuzatish uchun Nukusga bordi. Musa Yerniyazov vafoti munosabati bilan tashkil etilgan ta’ziya marosimida nutq so‘zlab, uning nomi ko‘cha va xiyobonlarga berilishini bildirdi.

    Musa Yerniyazov.

    Musa Yerniyazov.
    Foto: “Daryo”

    Bu hafta, shuningdek, moliya vaziri o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan Yorqin Tursunov 55 yoshida vafot etdi. “Kun.uz”ning yozishicha, vazir o‘rinbosari ham virus yuqtirishi oqibatida dunyodan o‘tgan.

    Koronavirus infeksiyasi kishining lavozimiga qarab o‘tirgani yo‘q. Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov koronavirus infeksiyasidan davolanmoqda. Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov koronavirusga chalingani tasdiqlangan. Buxoroning avvalgi hokimi va hozir bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev va davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekovda ham koronavirus aniqlangan. Ularning barchasi davolanmoqda. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ham davolanmoqda, biroq uning shifoxonaga tushishi koronavirus bilan bog‘liq emas, balki kardiologik muolajalar olmoqda. Ilgari niqobda ko‘rinmagan prezident Shavkat Mirziyoyevning ham bu hafta niqob taqib yurgan suratlari tarqaldi.

    Karantin ko‘plab oilalarning sillasini quritgani sir emas. O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalarga jami 150 milliard so‘m moddiy yordam tarqatilishi aytildi. Avvalroq Qashqadaryoda 20 mingta ehtiyojmand oilaga bir million so‘mdan naqd pul tarqatilgan edi.

    * * *

    Garchi bu yangilik o‘z ortidan narxlar oshishini olib kelganligi uchun uncha quvonch uyg‘otmasa-da, bir yilda 1-2 marta amalga oshiriluvchi an’ana bo‘lganligi uchun dayjestimizga qo‘shdik. O‘zbekistonda 1-sentabrdan pensiyalar 10 foizga oshiriladi. Shunday qilib, kelasi oydan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 262 470 so‘m; eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 513 350 so‘m; bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 513 350 so‘m; zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 315 030 so‘m etib belgilandi.

    * * *

    31-iyul kuni O‘zbekistonda Qurbon hayiti nishonlandi. Garchi qat’iy karantin sababli hayit namozi o‘qilmagan bo‘lsa-da, qurbonliklar qilib tarqatildi. Aytish lozimki, shu kuni harakatlanish taqiqlangan bo‘lsa ham, qurbonlik go‘shtlarini shahar bo‘ylab tarqatilishiga qarshiliklar deyarli bo‘lmadi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi. Alisher Usmonov Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekistondagi tez tibbiy yordam xodimlari uchun 100 milliard so‘m taqdim etdi. Turkiya Qurbon hayiti munosabati bilan Sardoba toshqinida jabr ko‘rganlar uchun insonparvarlik yordami yubordi va 14 tonna hajmdagi bu yordam Sardoba tumani mutasaddilariga topshirildi.

    Foto: Google Photos

    * * *

    Hafta tayinlovlari bilan tanishing.

    O‘zbekiston axborot olamida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda, biroq bu o‘zgarish qaysi tarafga ekanini hozircha aytish qiyin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga Asadjon Xo‘jayev direktor etib tayinlandi. Xo‘jayev 2019-yilda O‘zbekiston Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i etib tayinlangandi. U bunga qadar Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi direktori va boshqa lavozimlarda ishlagan. AOKAni avval Komil Allamjonov boshqargan.

    O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida statsionar sharoitda davolanayotgani sababli bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevga bir vaqtning o‘zida sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarish yuklandi.

    O‘zbekiston Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Muhammadiyev Davlat xizmatlari agentligi direktori etib tayinlandi.

    * * *

    Ikki minginchi yillarning mashhur xonandasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ruslan Sharipov 54 yoshida infarkt kasali sababli dunyodan o‘tdi. Asli samarqandlik Ruslan Sharipov “Bolalar”, “Bayt”, “Original”, “Sado”, “Eski shahar”, “O‘zbek sistem”, “Shahzod”, “al-Vakil”, “Setora”, “Yalla”, Bonu, Laylo, “Xo‘ja”, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova, Nargiz Zokirova, Ravshan Sobirov, Avaz Olimov, Dildora Niyozova singari ko‘plab musiqiy jamoa va san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari muallifi hisoblanadi.

    * * *

    Qirg‘izistondagi eng mashhur inson huquqlari himoyachilaridan biri Azimjon Asqarov bu hafta dunyodan o‘tdi. U 2010-yil 15-iyunda Qirg‘iziston janubidagi millatlararo ziddiyat tufayli ommaviy tartibsizliklarni tashkil qilganlik va militsiya xodimining o‘ldirilishida ishtirok etganlikda ayblanib, hibsga olingan edi. Sud Asqarovni bir umrga ozodlikdan mahrum qilgan, biroq u o‘z aybini tan olmagan edi.

    Azimjon Asqarov.

    Azimjon Asqarov.
    Foto: Kloop

    Marhumning vasiyati va rasmiylarning sa’y-harakati bilan Azimjon Asqarovning jasadi O‘zbekistonda dafn qilindi. Xalqaro tashkilotlar Azimjon Asqarovni ozod qilishni bir necha marta qirg‘iz hukumatiga tavsiya qilgan, biroq inobatga olinmagan edi.

    * * *

    Ba’zida shunday dahshatli jinoyatlar bo‘ladiki, xabarni oxirigacha o‘qishga odamning kuchi yetmaydi. Shunday mudhish hodisalardan biri Shahrisabzda sodir qilindi. Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida yashovchi erkak shaxsiy avtomobilida o‘ziga qo‘shib uch nafar farzandi va turmush o‘rtog‘ini yoqib yubordi.

    Voqea 2020-yilning 30-iyul kuni tungi 22:00 da Shahrisabz tumanida sodir bo‘lgan. Tuman IIB boshlig‘ining ma’lumot berishicha, oila boshlig‘i shaxsiy avtomobilida ketayotgan paytda turmush o‘rtog‘i bilan tortishib qoladi va avtomobil eshiklarini yopib, uch nafar farzandi, turmush o‘rtog‘i va o‘ziga benzin sepib, yoqib yuboradi. Buni shifoxonaga olib kelingan o‘g‘li bir muddat hushiga kelganda aytib bergan. Oilaning barcha a’zosi kuyish oqibatida vafot etgan.

    Karantin qoidalariga rioya qiling. Niqob taqing. “Daryo”da va uyda qoling.

    03.08.2020, 08:56   Izoh (0)   94683
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda 216,2 million so‘m budjet mablag‘lari ishsizlarga to‘lanmay talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi

    03.08.2020, 08:48

    Qarshi shahri barcha avtomobillar uchun ochildi. 3-avgustdan boshlab shaharga belgilangan vaqtda kirib-chiqish mumkin bo‘ladi

    03.08.2020, 08:34

    Samarqandda koronavirusga qarshi kurashgan tibbiyot xodimlarining oylik ish haqiga qo‘shimcha rag‘bat to‘lanmagan hududlar ma’lum qilindi

    03.08.2020, 07:23

    O‘zbekistonda kislorod beruvchi apparatlar, PZR-test, MSKT bor klinikalarda onlayn navbatni tashkil qiluvchi Telegram-bot ishga tushirildi

    03.08.2020, 06:00

    O‘zbekistonda 2-avgust kuni 770 kishida koronavirus aniqlandi. 1200 dan ortiq odam sog‘ayib, yangi rekord o‘rnatildi

    03.08.2020, 00:11

    Toshkent viloyatida 142 ta yangi kasallanish holati qayd etildi. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 25 553 nafarga yetdi

    02.08.2020, 23:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil urushni tugatish uchun 5 ta shart belgiladi

    Dunyo | 8 avgust, 10:09

    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

    Reklama | 8 avgust, 09:00

    “Lopesga ko‘rsatgan bag‘rikengligimizni dindor ayollarimizga ham ko‘rsataylik” — Alisher Qodirov

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:50

    Firibgarlik sxemalari haqida film va seriallar: ularning qurboniga aylanmaslik uchun nimalar qilish kerak?

    Kino | 8 avgust, 09:42

    O‘zbekistonda trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:30

    O‘zbekistonda 4,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:20

    Xitoyda osma ko‘prik uzilib, odamlar daryoga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 8 avgust, 08:55

    Qozog‘iston bir necha oydan so‘ng AZAL samolyoti halokati haqida hisobot tayyorlaydi

    Dunyo | 8 avgust, 08:42

    Isroil Livanga raketalar uchirdi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 8 avgust, 08:37

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.