“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich A Seriya 38-turi doirasida “Kalyari”ga qarshi kechgan bahsda (3:0) gol urdi.

Foto: “Milan”

Shu shvetsiyalik futbolchi uchun Italiya chempionati joriy mavsumidagi 10-gol bo‘ldi. Shu tariqa 38 yosh-u 302 kunlik Zlatan A Seriyada o‘nta gol urgan tarixdagi eng yoshi katta futbolchiga aylandi.

Zlatan Ibragimovichning “Barselona” safida urgan top-5 golini tomosh qiling (video)

Avvalgi rekord Silvio Piolaga (38 yosh-u 127 kun) tegishli edi.

Foto: Opta

Ibragimovich “Milan”ga joriy yilning boshida kelib qo‘shildi. U A Seriyada 18 o‘yin o‘tkazib, o‘nta goldan tashqari beshta golli uzatmaga ham muallif bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!