• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Turkiyada 40 nafardan ortiq o‘zbekistonlik charter reysdan qolib ketdi

    Turkiyaning Istanbul shahrida 2020-yilning 16 va 30-iyul kunlari Turkish Airlines aviakompaniyasi tomonidan tashkil etilgan charter reysda jami 42 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchi parvozdan qolib ketgan. Ayrimlarining yuklari esa Toshkentda egalarini kutmoqda, deb xabar beradi “Kun.uz”.

    Foto: Depositphotos

    Foto: Depositphotos

    Ma’lum qilinishicha, Turkiyaning Istanbul shahrida bir necha o‘n o‘zbekistonlik fuqaro charter reysga chipta xarid qilgani holda reysdan qolib ketgan.

    Ta’kidlanishicha, fuqarolarga charter reysga navbati kelgani haqida qo‘ng‘iroq qilib xabar berilgan, qayerdan chipta olish kerakligi aytilgan, borib 500 dollar atrofida pulini to‘lab, chipta olgan, aeroportda ro‘yxatdan o‘tgan, chegara postida Turkiyadan ketgani qayd qilinib, muhr bosilgan, ayrimlarining chiptasidagi talon qismi ham yirtib olingani holda reysdan qolib ketishgan.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, 30-iyul kuni Istanbul–Toshkent–Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha Turkish Airlines aviakompaniyasi tomonidan charter reys amalga oshirilgan. Tushuntirishlaricha, jami 31 o‘zbekistonlik yo‘lovchi qo‘lida chiptasi bilan samolyotdan qolib ketgan. Reys qatnovlar jadvali bo‘yicha soat 15:30 ga belgilangan va o‘z vaqtida parvozni amalga oshirgan.

    Ayrimlarining chiptasi va pasportlariga chegara nazorati muhri ham bosilgan. Charter reysdan qolib ketganlar orasida yuklari O‘zbekistonga ketganlar bor. Ular qo‘llarida pasport bilan qolishgan xolos. Vaholanki, ular orasida konsullik qo‘ng‘irog‘idan keyin 516 dollarga chipta olib, o‘z vaqtida aeroportga borganlar ham bor.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Turli yo‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan audioyozuvlarda ta’kidlanishicha, ular “jazo to‘lovi”ni (Turkiya migratsiya qonunchiligini buzgani uchun to‘lanadigan jarima) amalga oshirish uchun navbat kutib turgan vaqtlarida aviakompaniya vakili kelib, samolyot uchib ketganini ma’lum qilgan. Ularga ko‘ra, konsullik ro‘yxatiga kirmagan yo‘lovchilar ham kelib, 480 dollardan chipta xarid qilib, O‘zbekistonga ketishga muvaffaq bo‘lgan. Qolaversa, murojaatchilar samolyotdagi o‘rindiqlardan ortiqcha chipta sotilganini ham iddao qilmoqda.

    Istanbul aeroportida ro‘y bergan holat bo‘yicha izoh olish uchun Turkish Airlines’ning Toshkentdagi vakolatxonasi vakili bilan bog‘lanilib, bir necha savollar bilan murojaat qilingan. Uning javoblari quyidagicha bo‘lgan:

    • Turkiyadagi o‘zbeklarni evakuatsiya qilish bo‘yicha charter reys ro‘yxatiga aviakompaniyaning umuman aloqasi yo‘q, ro‘yxat bo‘yicha yo‘lovchilarga qo‘ng‘iroq qilish va aeroportga kelishi, chipta xarid qilishlarini nazorati O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulligi vakolatiga kiradi.
    • Murojaatchilar ta’kidlaganidek, charter reysga chiptalar faqat konsullik taqdim etgan ro‘yxat bo‘yicha sotiladi, ro‘yxatga kiritilmagan fuqarolarga chipta sotilmaydi. Aviakompaniya vakilining aytishicha, konsullik vakili ro‘yxatga kiritilganlar yetib kelmagan taqdirda boshqa fuqarolarga chipta sotishga ruxsat berishi mumkin.
    • Evakuatsiya maqsadida tashkil etilgan charter reyslar belgilangan vaqtida amalga oshiriladi, ularni kechiktirish imkoni yo‘q. Maxsus buyurtmali charter reyslargina buyurtmachi istagan vaqtdagina parvoz qilishi mumkin.
    • Chiptalarning ro‘yxatga olinishi, pasportlarga muhr bosilgani, hatto chiptaning samolyotga chiqish taloni yirtib olingani holda qolib ketgan yo‘lovchilar holati esa alohida o‘rganilishi kerak.
    Shu bilan birga, 16-iyulda qolib ketgan 11 yo‘lovchining barchasi bir necha kundan so‘ng xavfsizlik xodimlari tomonidan shifoxonaga, keyin chet elliklar saqlanadigan punktga olib borilgan. Ularning ichidagi ayollar O‘zbekistonga yuborilgani, biroq 6 nafar o‘zbekistonlik erkak Istanbuldan ming kilometr uzoqda hamon saqlab turilgani aytilmoqda.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Murojaatchilarning alohida uqtirishlaricha, ushbu charter reyslarni nazorat qilish mas’uliyati O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulligi zimmasida bo‘lsa-da, 16 va 30-iyul kungi charter reyslarda konsullikning biror xodimi bo‘lmagan.

    Nashr muxbiri ayni holatga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulligining Telegram sahifasiga murojaat qilgan. Biroq hozirgacha javob kelmagan.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    “Shu bilan birga, bugungi kunda ‘Turk havo yo‘llari’ tomonidan tashkil etiladigan navbatdagi Istanbul–Toshkent–Istanbul reysi 14-avgustda amalga oshirilishi inobatga olinsa, aeroportda qolib ketgan o‘zbekistonliklarga bu muddat davomida kim tomonidan, qanday yordam ko‘rsatiladi, degan savol hamon ochiq qolmoqda”, — deyiladi xabarda.

    Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 2-avgustdan 16-avgustga qadar amalga oshiriladigan navbatdagi charter reyslar jadvali tasdiqlangan.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonga kelgan 18 nafar amerikalik diplomat karantinga joylashtirildi
    • O‘zbekistonlik 144 nafar mehnat migranti charter reys bilan Rossiyaga ishga jo‘natildi
    • Rossiya, Ukraina va Misrda tahsil oluvchi o‘zbekistonlik talabalar avgustning birinchi 10 kunligida vatanga qaytariladi

    02.08.2020, 12:23   Izoh (0)   41705
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bolalar yaqinlari hamrohligida namoz o‘qish uchun erkin kelib-ketishlari mumkin”. IIV karantindan so‘ng masjidlarda namoz o‘qish uchun hech qanday cheklov bo‘lmas...

    02.08.2020, 11:23

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 25 ming kishidan oshdi

    02.08.2020, 10:13

    Toshkentda koronavirusga chalingan 46 va 58 yoshli ikki nafar bemor vafot etdi

    02.08.2020, 09:56

    Haydovchi mashinasini jarima maydonchasiga olib ketmasliklari uchun uning ustiga chiqib olgani tasvirlangan video tarqaldi. Holatga YHXBB rasmiy munosabat bildirdi...

    02.08.2020, 08:50

    Sirdaryoda qayta tiklanayotgan uylarni ta’mirlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlandi

    02.08.2020, 07:43

    Toshkentda xotinining yuzini lezviya bilan kesgan erkak 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi (video)

    02.08.2020, 06:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:05

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    Dunyo | 27 iyul, 09:25

    Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 08:55

    AQSH Ukraina dronlarini sotib olish uchun 30 mlrd dollarlik shartnoma tuzishi mumkin

    Dunyo | 27 iyul, 08:31

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.