“Arsenal” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang Angliya Kubogi final o‘yinida “Chelsi” (2:1) darvozasini ikki marta ishg‘ol etdi.

Foto: Twitter

31 yoshli gabonlik futbolchi uchrashuvning 28 va 67-daqiqalarida ikki marta o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa Obameyang 88 yil ichida “Arsenal” safida Angliya Kubogi finalida gol urgan eng yoshi katta o‘yinchiga aylandi.

Bundan oldin 1932-yilda “Arsenal” sobiq futbolchisi Bob Jon Kubok finalida “Nyukasl”ga qarshi o‘yinda 33 yosh-u 80 kunligida gol urgandi.

Ta’kidlash joiz, “Arsenal” Angliya Kubogidagi g‘alabalar soni bo‘yicha rekordchi sanaladi. Jamoa umumiy hisobda 14 marta bosh sovringa ega chiqqan.

Ma’lumot uchun, Obameyang Angliya Premyer Ligasining 2019/20-yilgi mavsumida 36 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urdi va 4 ta golga hammualliflik qildi.

10 ta gol urilgan “Arsenal” va “Nyukasl” o‘rtasidagi uchrashuv yodingizdami? Qoyilmaqom gollar shousini tomosha qiling (video)

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!