YouTube’dagi Restoration Worlds kanalida achinarli ahvoldagi Mercedes-Maybach S650 Pullman modelining ideal holatga keltirilishi tasvirlangan 10 daqiqali video paydo bo‘ldi. O‘yinchoq avtomobilga nima bo‘lgani noma’lum — aftidan limuzin uzoq vaqt suv ostida qolib ketgan.

Kadr: YouTube

Ustalar ta’mirlash ishlarini boshlashdan oldin mashinaning eshiklari va tag qismini ajratib olgan, salonni chiqarib tashlab, uni qismlarga ajratgan. Barcha detallar sovunli eritma yordamida qattiq cho‘tka yordamida ishqalanib, bo‘yog‘i ko‘chirib tashlangan. Keyingi bosqichda esa gofrirlangan po‘lat tolali cho‘tka va jivil qog‘oz bilan “shlifovka” qilingan.

Yangilangan detallar yana qora rangga bo‘yalib, yig‘ishga kirishilgan. Eshiklari ochilmay qolgan modelga yangi metall sharnirlar o‘rnatilgan. Bundan tashqari, o‘yinchoq Pullman yana ikkita batareya yordamida ishlaydigan signal hamda yonuvchi faralarga ega bo‘lgan.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube