PSJ Fransiya Liga Kubogi finalida “Lion”ni taslim etdi (0:0, penaltilar seriyasi — 6:5).

Foto: PSJ

Shu tariqa parijliklar klubi 2019/20-yilgi mavsum Fransiyadagi barcha sovrinlarni yutib oldi. PSJ bundan avval Fransiya chempionatida g‘olib chiqqan, shuningdek, mamlakat Kubogi va Superkubogida zafar quchgandi.

Bunaqasi so‘nggi olti mavsum ichida to‘rtinchi bor sodir bo‘ldi.

PSJ 2018/19-yilgi mavsumda Fransiya chempionligi va Superkubogini qo‘lga kiritgan, Kubok finalida “Renn”ga imkoniyatni boy bergan va Liga Kubogida ¼ finalda qolib ketgandi. 2016/17-yilgi mavsumda esa Liga 1 musobaqa jadvalida “Monako”ni oldinga qo‘yib yuborib, chempionlikni boy bergandi.

Ronaldinyoning PSJdagi gollari esingizdami? Braziliyalik futbol afsungarining Parij klubi safidagi 25 ta golini tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!