Jazoir terma jamoasi bosh murabbiyi Jamel Belmadi hamkasbi “Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan haqida fikr bildirdi.

Foto: MSN

“Men Gvardiola, Klopp va Zidanga qoyil qolaman. Keling, Zidanning ajoyib murabbiy ekanligini unutmaylik.

Agar Mourinyo yoki Gvardiola ketma-ket uch marta Chempionlar Ligasini yutganida, biz ularni daho deb atagan bo‘lardik. Zidan murabbiylik ishini keskin darajada o‘zgartirib yubormagan bo‘lsa-da, uni bemalol daho deyish mumkin.

Boshqa tomondan biz faoliyati davomida hech narsa yutmagan ba’zi murabbiylarning falsafasi haqida tez-tez gaplashamiz. Xo‘sh, biz o‘zi murabbiylarning g‘alabasiga baho beramizmi yoki falsafasiga. Muxlislar murabbiydan g‘alabalarni kutadi”, — deydi Belmadi.

Ma’lumot uchun, “Real” Zidan boshqaruvida ikki martadan La Liga, UEFA Superkubogi, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini va Ispaniya Superkubogida g‘alaba qozongan. Shuningdek, jamoa uning qo‘l ostida ketma-ket 3 bor Chempionlar Ligasida bosh sovringa ega chiqqan.

Zinedin Zidanning “Real” safidagi shedevr gollarni yodga olamiz (video)

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!