Nike kompaniyasi “You Can’t Stop Us” (“Siz bizni to‘xtata olmaysiz”) shiori ostida reklama ishlab chiqardi. Videorolikda 50 dan ortiq sportchilar namoyish etilgan. Ular orasida basketbolchi Lebron Jeyms, tennischi Serena Uilyams, amerika futboli o‘yinchisi Kolin Kapernik va Krishtianu Ronalduni ko‘rish mumkin. Hikoya qiluvchi esa amerikalik futbolchi Megan Rapino. U videoda sportning birlashtiruvchi kuchga ega ekanligi haqida gapiradi.

Rolikning o‘ziga xos tomoni, uning montajida. Unda ekran ikkita teng qismga bo‘lingan. Har bir qismda turli odamlar va sport turlari tasvirlangan. Shu bilan birga kadrlar bir-birini vizual ravishda davom ettiradi.

Shuningdek, reklamada Black Lives Matter harakatini qo‘llab-quvvatlayotgan sportchilar va COVID-19 koronavirusi tufayli bo‘shab qolgan stadionlar tasvirlangan. Reklama so‘nggida esa “You Can’t Stop Sport” (“Siz sportni to‘xtata olmaysiz”) yozuvi “You Can’t Stop Us (“Siz bizni to‘xtata olmaysiz”)ga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!