Fransiyaning Hermès modalar uyiga tegishli favqulodda noyob sumka Londondagi Christie’s auksion uyida rekord summaga sotildi.
The Independent’ning yozishicha, aksessuar 300 ming dollarga baholangan.
Auksionga Hermès Diamond Himalaya Birkin noyob sumkasi qo‘yilgan. U Nil timsohi terisidan ishlangan hamda 18 qirotli oq oltin va brilliantlar bilan bezatilgan.
Sumkani kim sotib olgani oshkor etilmagan. Auksion uyi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, sumkani sotib olish ilinjidagilarning 34 foizi savdolarda birinchi marta qatnashgan.
Mavzuga doir: Yozda qanday uslubdagi sumkalar urfga kiradi?
Izoh (0)