Qatarning “As-Sadd” klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes koronavirusdan sog‘ayganini ma’lum qildi.
“Shu kunlarda menga sog‘liq tilab, yuborilgan barcha xabarlar uchun katta rahmat. Sog‘ayib, oilam va jamoam oldiga qaytganimni siz bilan bo‘lishmoqchiman”, — deb yozdi Xavi Instagram’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xavi koronavirusga chalingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, 40 yoshli Xavi “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 17 yil davomida katalon klubi sharafini himoya qilgan. Faoliyatining oxirgi to‘rt yilida “As-Sadda”da to‘p surdi. 2019-yili esa jamoaga murabbiylik qila boshladi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)