“Manchester Siti” Belgiyaning “Mexelen” klubi himoyachisi Issa Kabore bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Hozircha transfer qiymati ma’lum qilinmagan. Jamoa Burkina-Faso terma jamoasi futbolchisi bilan 2024-yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnoma tuzgan. Ta’kidlanishicha, Kabore kelasi mavsumni “Mexelen”da ijarada o‘tkazadi.
Ma’lumot o‘rnida, 19 yoshli himoyachi Belgiya klubiga 2019-yili Burkina-Fasoning “Raximo” klubidan o‘tgan. U Belgiya chempionatining yakuniga yetgan mavsumida 5 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Burkina-Faso termasiga esa 2019-yildan beri chaqiriladi. Hozirgacha terma jamoa safida 2 ta uchrashuv o‘tkazgan.
“Manchechter Siti” Premyer Ligani 2-o‘rinda yakunlab, Chempionlar Ligasi guruh bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)