Karantin cheklovlari vaqtida Guliston shahriga kiruvchi transport vositalari oqimi ko‘payib ketishi natijasida shaharga olib kiruvchi va chiquvchi ko‘prikka chiqish qismida transport vositalarini tirbandligi kuzatilmoqda. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB YHXB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tirbandlik yuzaga kelgani sababli Sirdaryo viloyati maxsus komissiyasining qaroriga asosan 2020-yil 29-iyul kuni soat 17:00 dan boshlab Toshkent—Guliston M-34 yo‘lining Guliston shahriga kirish, ya’ni yo‘l o‘tkazgich transport vositalari uchun to‘liq yopildi.
Guliston shahriga transport vositasi orqali kirib kelish faqatgina Mirzaobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasi (mol bozor) 4R-18A va 4R-28A avtomobil yo‘llari orqali amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 13-iyul kuni Guliston shahriga Toshkent shahridan kirib kelish qismida tashkil qilingan blokpostda ichki ishlar xodimlari va shaharga kirmoqchi bo‘lgan sudya o‘rtasida mojaro yuz bergandi.
Izoh (0)