• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    28-iyul – Birinchi jahon urushi boshlangan kun. Sabablar va ilk to‘qnashuvlar

    1914-yil 28-iyul kuni Avstriya-Vengriya imperiyasi Serbiyaga urush e’lon qildi. Ortidan 1-avgustda Germaniya Rossiyaga, 3-avgustda esa Fransiyaga, 4-avgustda Buyuk Britaniya Germaniyaga urush e’lon qildi va urush global ko‘rinishga keldi. 28-iyul esa rasman Birinchi jahon urushini boshlab bergan sana sifatida tarixga kirdi. “Daryo” Birinchi jahon urushi, urushdan oldingi jarayonlar va ilk kunlardagi voqealar haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Urushdan oldingi Yevropa

    Urushdan oldin Yervopani dushman alianslar, manfaatlar to‘qnashuvi va maxfiy shartnomalar bo‘lib turgan edi. Ular esa keyichalik butun qit’a va dunyoga tarqalib ketgan urushga yo‘l ochdi. XX asr boshlarida Yevropada ikki uchlik guruhi yuzaga keldi. Biri Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiyadan tashkil topgan Antanta ittifoqi, ikkinchisi esa Germaniya, Avstriya-Vengriya va keyinchalik Italiyadan tashkil topgan markaziy kuchlar yoki Uchlar ittifoqi guruhlari edi. Urush boshlangach esa Usmonli, Italiya, Bolgariya kabi davlatlar Uchlar ittifoqi tarafida jang qilgan bo‘lsa, AQSh va Yaponiya singari boshqa ko‘plab davlatlar Antanta tarafida turib urushdi.

    Urush sabablari

    Urushning ko‘rinib turgan va to‘g‘ridan to‘g‘ri sababi Avstriya-Vengriya imperiyasi valiahd shahzodagi Frans Ferdinandning Serbiyaning Sarayevo shahrida o‘ldirib ketilishi deb hisoblansa-da, tarixchilar, siyosatchilar uning ko‘rinmas va chuqur sabablari ko‘pligini va xilma-xilligini ta’kidlab keladi. Tarixchi Andre Loez “iqtisodiy va kolonial raqobat”ni shunday chuqur sabablar qatoriga qo‘shadi (André Loez, La Grande Guerre, Paris, La Découverte, coll.  “Repères”, 2010, 125 p.).

    Kuchli millatchilik kayfiyati, imperializmning o‘sishi, ekspansion istaklar, fransuz revanshizmi, bolqon urushlari singari hal etilmagan mojarolar urushning stixiyali sabablari edi. Unga iqtisodiy raqobat va Napoleon mag‘lubiyatidan keyin XIX asr davomida Yevropada yuzaga kelgan turli harbiy ittifoqlar, Vena kongressi va 1830-yilgi Belgiya mustaqilligini ham qo‘shish mumkin. Fransiya va Buyuk Britaniya uning suvereniteti garanti edi. Germaniya esa Belgiya hududini bosib olishni istardi.

    Yuzaga kelayotgan tarang vaziyat davlatlar o‘rtasidagi qurollanish poygasiga olib keldi va har bir qo‘mondonlik yuzaga kelishi muqarrar bo‘lgan mojaroga tayyorlana boshladi. Tarixchi Jan Baptist Dyurosel Sarayevodagi qotillik total urushni boshlab bergan mexnizmni ishga tushirdi deb hisoblaydi (Jean-Baptiste Duroselle, La Grande Guerre des Français : l'incompréhensible, Paris, Éditions Perrin, coll. “Tempus” (no 27), 2003, p34).

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Kristofer Klark urushni davlat arboblarining dunyodagi siyosiy taranglikni izdan chiqarib yuborishlari oqibati deb hisoblaydi va “mexanizm” haqidagi Dyuroselning fikrlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ba’zi tarixchilar, jumladan, Frits Fisher urush Germaniya rahbarlari, ayniqsa, Oliy bosh qo‘mondonlik tomonidan istalgani va tayyorlanganini iddao qiladi (Fritz Fischer, War of Illusions: German Policies from 1911 to 1914 [“La Guerre des illusions : politiques allemandes de 1911 à 1914”], Norton, 1975, p85).

    Nima bo‘lgan taqdirda ham 1914-yilga kelib urushga har tomonlama tayyor bo‘lgan yagona davlat Germaniya edi va qolgan davlatlar inqirozlarni boshdan kechirayotgan edi. Dunyoda koloniyalarga ega bo‘lmagan yagona davlat ham Germaniya edi va u buni adolatsizlik deya hisobladi.

    Milliy manfaatlar

    Yevropaning barcha katta davlatlari o‘z manfaatlariga ega edi va ular bunga urush orqali erishishga umid qilishardi. Keling, ularni ikki guruhga bo‘lgan holda ko‘rib chiqaylik.

    Antanta davlatlari:
    • Fransiya 1870–1871-yillardagi Fransiya-Prussiya urushidagi mag‘lubiyat va uning natijasida boy berilgan Elzas va Lotaringiyani qaytarib olish va mag‘lubiyat uchun o‘ch olishni maqsad qilgan edi;
    • Rossiya Serbiyani qo‘llab-quvvatlashga va’da bergan, slavyan xalqlari homiysi o‘laroq buni o‘zining vazifasi hisoblar hamda Bolqonda Avstriya-Vengriya imperiyasining kuchayishining oldini olishni istar edi. Bolqon haqiqiy urushning poroxli bochkasiga o‘xshab qolgan edi;
    • Buyuk Britaniya Belgiya suverenitetining garanti sifatida uni qo‘llab-quvvatlardi. Ammo shu bilan birga, u Germaniyani hisobga olib, Yevropada kuchlar nisbatini bir maromda ushlab turishni istar edi;
    • Boshida Uchlar ittifoqi tarkibida bo‘lgan Italiya ularning bosqinchilik urushlarida ishtirokchi bo‘lishdan bosh tortdi va ittifoqdan chiqdi. 1915-yilga kelib esa Avstriya-Vengriya hududlariga va Afrikada yangi koloniyalarga ega bo‘lish maqsadida Antanta tarafdan urushga kirdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Uchlar ittifoqi

    • Avstriya-Vengriya serb millatchiligiga barham berib, Bolqonda o‘z pozitsiyasini mustahkamlashni istardi. U janubiy chegaralarida bir slavyan davlati tuzilishini istamasdi;
    • Germaniya Avstriya-Vengriyani Serbiyaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, u Yevropada o‘z so‘ziga ega bo‘lishga intilar edi. Buning uchun Fransiya va Rossiyani kuchsizlantirishi kerak edi. Shuningdek, Afrikada yangi koloniyalarga ega bo‘lishni ham istayotgan edi;
    • Usmonli imperiyasi Rossiya tomonidan egallangan butun turkiy xalqlar yashaydigan hududlarga ega bo‘lishni va o‘z chegaralarini Rossiya tajovuzidan himoya qilishni istar edi. Chunki Rossiya o‘zining issiq dengizlarga chiqishdek azaliy orzusi yo‘lida Usmonliga xavf tug‘dirayotgan edi.

    Urushning boshlanishi va ilk to‘qnashuvlar

    Shunday qilib, Yevropa 1914-yilning yozida urush bo‘sag‘asiga kelib qoldi. Frans Ferdinandning o‘ldirilishi ortidan Avsrtiya-Vengriya hukumati Serbiyaga qotilni topshirish haqida ultimatum qo‘ydi. Ammo Serbiya bunga rad javobini berdi va 28-iyul kuni Avstriya-Vengriya imperiyasi Serbiyaga urush e’lon qildi, urush boshlandi va tomonlar birin-ketin ilgarilay boshladi. Ko‘pchilik urush Milod bayramigacha nihoyasiga yetadi deb o‘ylagan edi, ammo unday bo‘lmadi.

    29-iyul kuni Rossiya Avstriya-Vengriyaga, 30-iyulda Germaniyaga qarshi urushga tayyorgarlik bo‘yicha umumiy safarbarlik e’lon qildi. Bunga javoban Vilgelm II qarindoshi, Rossiya podshosi Nikolay II ga safarbarlikni bekor qilishni talab qildi. Rad javobi olgach, 1-avgust kuni Rossiyaga qarshi urush e’lon qildi. Shu kuni Fransiya umumiy safarbarlik e’lon qildi va urushga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Ertasi kuni Germaniya neytral davlat Lyuksemburgni egalladi va Belgiyaga askarlarni erkin o‘tishlari uchun ultimatum yo‘lladi. Ammo Belgiya buni rad etgach, harbiy yo‘l bilan uni ham egalladi.

    3-avgust kuni Germaniya Shleffen rejasi asosida Fransiyaga urush e’lon qildi. 4-avgust kuni Buyuk Britaniya Germaniyaga Belgiya neytralitetini kafolatlash va nemis askarlarining ortga qaytishini talab qilib yuborilgan ultimatumga javob bo‘lmagach, Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi. Uchlar Ittifoqi a’zosi bo‘lgan Italiya esa voqealar rivojini kuzatib, keyin urushga kirishni maqsad qilib qo‘ydi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    6-avgust kuni Avstriya-Vengriya Germaniya tomonidan Rossiyaga urush e’lon qildi. 11-avgustda Fransiya, 13-avgustda esa Buyuk Britaniya Avstriya-Vengriyaga qarshi urush e’lon qildi. O‘sha paytda ishtirokchi davlatlarning deyarli barchasida koloniyalar mavjud edi, shunday ekan koloniyalar ham o‘z-o‘zidan urush ishtirokchisiga aylandi. Commonwealth a’zosi sifatida Kanada, Avstraliya, Hindiston, Yangi Zellandiya, Janubiy Afrika, fransuz va Belgiya koloniyalari ham avtomatik ravishda Germaniyaga qarshi urushga kirdi. Rossiya imperyasi tarkibida bo‘lgan Turkiston ham urushga jalb etildi. Turkistonliklar asosan front orti ishlarida majburiy ravishda ishlatildi.

    23-avgustda Yaponiya Antantaga o‘z yordamini taklif qildi va Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi. 1-noyabr kuni Usmonli Germaniya tarafdori ekanini e’lon qilishi ortidan 3-noyabr kuni Fransiya va Buyuk Britaniya Usmonliga urush boshladi.

    Yakun va xulosa

    1918-yilgacha davom etgan urush davomida bir qator muhim tarixiy voqealar ham birgalikda yuz berdi. Jumladan, 1915-yilgi armanlar genotsidi, 1917-yilgi Rossiyadagi inqilob, 1918-yilgi Ispan grippi kabi hodisalar urush davrida parallel yuz bergan eng yirik tarixiy voqealar bo‘ldi. Ispan grippi o‘sha davrda urush bilan birgalikda millionlab odamlarning yostig‘ini quritdi. Shuningdek, urush natijasida Yevropada ko‘plab geosiyosiy o‘zgarishlar yuz berdi va u XX asr davomida o‘z ta’sirini ko‘rsatib turdi.

    Birinchi jahon urushi bir qator imperiyalarning tanazzulga yuz tutishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, Germaniya, Avstriya-Vengriya, Rossiya va Usmonli imperiyalari aynan mana shu ortidan tanazzulga yuz tutdi va ularning o‘rniga yangi davlatlar tashkil etildi. Urushdan oldin eng qudratli armiya va iqtisodiyotga ega bo‘lgan Germaniya Versal shartnomasi natijasida ulardan deyarli mahrum bo‘ldi. Natijada, Yevropa va Yaqin Sharqda chegaralar boshqattan chizildi. Monarxiyalar o‘rnini kommunistik va demokratik respublikalar egalladi. Birinchi marta xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi tashkilot tuzildi. Bu Millatlar Ligasi edi.

    Urush 1918-yil 11-noyabr kuni o‘z nihoyasiga yetdi.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    28.07.2020, 11:11   Izoh (0)   224515
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    JSST rahbari dunyoda koronavirus pandemiyasi kuchayib borayotganini ma’lum qildi

    28.07.2020, 07:36

    Vyetnamning kurort shahrida koronavirusning yangi zararli shtammi tarqaldi. 80 ming nafar sayyoh evakuatsiya qilinmoqda

    27.07.2020, 23:07

    Buyuk Britaniyada koronavirusga qarshi kurashish doirasida shirin va yog‘li ovqatlar reklamasi taqiqlandi

    27.07.2020, 20:50

    Rossiyaning Ximki shahrida Moskvada terakt uyushtirishni rejalashtirgan Markaziy Osiyo fuqarosi yo‘q qilindi

    27.07.2020, 20:34

    Koronavirusga chalinganlarda 12 barobar ko‘proq o‘lim holatini yuzaga keltiradigan xavf ma’lum qilindi

    27.07.2020, 18:01

    Iroqdagi o‘q-dori omborida portlash sodir bo‘ldi. Hukumat bunga issiq ob-havoni sabab qilib ko‘rsatdi (video)

    27.07.2020, 16:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eldor Shomurodov yaqin vaqt ichida “Bashakshehir” bilan shartnoma imzolaydi — manba

    Sport | 20 iyun, 10:50

    Sevgi uchburchagi va ehtiroslar jo‘sh urgan 5 ta turk seriali

    Kino | 20 iyun, 10:45

    O‘zbekistonda 1-iyulgacha “Oila hamkori” platformasi ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 10:42

    “Eron-Isroil mojarosida betaraf emasmiz va o‘z bilganimizni qilamiz” — “Hizbulloh”

    Dunyo | 20 iyun, 10:26

    Xitoyda avj olgan koronavirusning yangi turi AQSHga yetib keldi

    Dunyo | 20 iyun, 10:11

    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

    Reklama | 20 iyun, 09:00

    Janubiy Afrikada yirtqich sher do‘konga bostirib kirib, go‘sht bo‘limini ag‘dar-to‘ntar qildi (video)

    Qo‘ziqorin | 20 iyun, 09:56

    Xitoyda kompaniya xodimlari oynaga qaragani va ish vaqtida ovqatlangani uchun jarimaga tortilmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 09:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.