“Ufa” yarim himoyachisi Oston O‘runov faoliyatini Moskvaning “Spartak” klubida davom ettiradi, deya xabar qilmoqda Sport24 jurnalisti Maksim Allanazarov.
“Spartak” o‘zbekistonlik futbolchi uchun 2 million yevro sarflaydi. Xuddi shuncha miqdordagi pulni SSKA ham taklif qilgan, biroq “qizil-oqlar” futbolchi uchun kurashda ustun chiqqan.
Ta’kidlanishicha, “Spartak” O‘runov transferi haqida shu hafta rasman ma’lum qiladi.
Allanazarovning ta’kidlashicha, Ostonda koronavirus aniqlangan va kelishuv amalga oshishi uchun uning sog‘ayishi kutilmoqda.
“Ufa” Oston O‘runovni 2020-yilning fevral oyida o‘z safiga qo‘shib olgan. O‘runov Rossiya Premyer Ligasida 10 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta sariq kartochka oldi.
Oston O‘runov ijrosidagi super driblinglar va fintlarni tomosha qiling (video)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)