• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ichki ishlar mulozimi “plan”ni to‘ldirish uchun har kuni 5 tadan ma’muriy bayonnoma tuzishga topshiriq berdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (avvalgi tuman IIB)da bo‘lib o‘tgan majlisdan yozib olingani taxmin qilingan ovozli xabar tarqaldi. O‘zAning yozishicha, ovozli xabar Toshkent shahar Olmazor tumani IIO FMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi maxsus topshiriqlar bo‘yicha inspektori podpolkovnik Farrux Xolovga tegishli bo‘lib, u har bir profilaktika inspektori turli moddalar bo‘yicha kuniga 5 tadan ma’muriy bayonnoma tuzishi haqida topshiriq bergan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ovozli xabarda Xolov Olmazor tumani fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzishda juda kam ko‘rsatkichga egaligi, natijada bu yuqori turuvchi rahbarlarni qanoatlantirmayotgani, tuman rahbarlari shahar miqyosida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda buning uchun qattiq gap eshitishayotganini ta’kidlagan.

    Podpolkovnik ushbu kamchilikni zudlik bilan bartaraf etish uchun bugundan boshlab har bir profilaktika inspektori fuqarolarga nisbatan turli moddalar bo‘yicha 5 tadan ma’muriy bayonnoma tuzish bo‘yicha topshiriq bergan.

    Ovozli xabarda, jumladan, shunday deyiladi: “Olmazor tumani HPB (tahr. – huquqiy profilaktika bo‘limi) boshliqlari, 1-GOM, 2-3-5-6-8-GOM (tahr. – GOM – hududiy ichki ishlar bo‘limi). Hozir selektor tugadi, shahar rahbariyati – Vafoyev o‘tkazdi (tahr. – polkovnik Mahkam Vafoyev, Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari). Juda ‘jyostkiy’ bo‘ldi selektor. So‘rov qattiq bo‘ladi.

    Olmazor tumani ‘voobye’ dabdala qildi. Sizlarning qo‘l ostingizda xodimlar ishlayaptimi, ‘uchastkoviy’lar? ‘Rezultat’ qilmagandan keyin, hammamiz dabdala bo‘ldik.

    Olmazor tumani yo‘q, ‘bolshe ne sushyestvuyet’ biz uchun deyapti. Hozir eshit, diqqat bilan! Kechqurun ham 22:00 da selektor, men kiraman. Lekin qaysi ‘GOM’ ‘rezultat’ bermasa, men aytaman hozir qanaqa ‘rezultat’ligini, men qo‘yib beraman. Uch kundan buyon ‘protokol’ (tahr. – huquqbuzarlik uchun tuziladigan ma’muriy bayonnoma nazarda tutilmoqda) bermayapsizlar.

    Mayli, hech bo‘lmasa kunduzi 15-20 nafar ‘uchastkoviy’ chiqsa, ikkitadan ‘protokol’ qilsa ham 40 ta bo‘ladi. Balo ham yo‘q. Kecha 11 ta ‘protokol’, o‘tgan kuni 6 ta, uch kun oldin 6 ta.

    Kimdir ishga chiqyapti-ku kunduz kuni. Men yozib olaman, kunduz kuni qaysi ‘uchastkoviy’ ishlayapti va kechqurungacha u nima ish qildi, nechta ‘protokol’ tuzdi. Har bir ‘uchastkoviy’ beshtadan ‘protokol’ tuzsin, har xil modda bilan. Mayli, agar sud ishlamasa, ‘arest’ (tahr. – ma’muriy qamoq jazosi) qilmasin, jin ursin. Boshqa modda bilan ‘protokol’ tuzsin.

    Qiyin bo‘lyapti javob berish, sizlar kirmaysizlar-da, selektorga. Ketgan bo‘lasizlar o‘sha paytda. Mayli, qatnashmanglar, lekin ‘rezultat’ qilib beringlar.

    Menga gapiryapsan ‘odamlar o‘lib ketyapti’ deb. Qo‘lingdan kelmaydi odamlarni qutqarish. Faqat shuning oldini olish bo‘yicha ishlaysan, kimgadir yordam berasan, 183 bo‘yicha ‘protokol’ tuzilsa, shu yordaming bo‘ladi (tahr. – MJtK 183-moddasi (Mayda bezorilik) nazarda tutilmoqda). Boshqa narsa qo‘lingdan kelmaydi odamni qutqarish uchun. Ishdamisan, demak ishlash kerak. Koronavirus, koronavirus, koronavirus deysanlar. ‘Rezultat’ qilib ber menga, ‘rezultat’ so‘rayapmiz sendan.

    54 bo‘yicha mahallada yursa, dalolatnoma, raport, rasmga ol, yuboramiz SESga (tahr. – MJtK 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) nazarda tutilmoqda). Yoki boshqa material to‘pla, mingta odam niqobsiz yuribdi.

    Mayli, bitta ‘GOM’da uchta “uchastkoviy” bo‘lsa, ikkitadan, uchtadan tuzsin, o‘nta ‘protokol’ bo‘ladi shunda”, – deyiladi ovozli xabarda.

    O‘zA muxbiri F.Xolov bilan bog‘lanib, holat bo‘yicha uning munosabatini so‘ragan.

    – Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumani ichki ishlar organlari xodimlarining majlisidan yozib olingani taxmin qilingan bir ovozli xabar tarqaldi va undagi ovoz sizga tegishli ekani haqida ma’lumot oldik. Haqiqatan bu ovoz siznikimi?

    – Ha, bu ovoz meniki.

    – Bu voqea qachon bo‘lgandi? Va o‘zi umuman bu bo‘yicha qanday izoh bera olasiz?

    – Bu voqea 14-iyul kuni bo‘lgan. Telegram’da tuman rahbariyati va 8 ta hududiy IIB rahbarlari a’zo bo‘lgan guruhimiz bor. O‘sha yerda ko‘rsatma va topshiriqlarni yetkazamiz. Bu ovozli xabarni o‘sha ichki guruhda qoldirgandim. Lekin qanaqa qilib keyin bu tarqab ketdi, ochig‘i bilmadim.

    Eshitgan bo‘lsangiz, biz har doim xodimlardan ish talab qilamiz. Ish ko‘rsatkichini talab qilish 100 yil oldin ham bo‘lgan, 100 yil keyin ham bo‘ladi. Misol uchun, fuqarolar niqobsiz yursa, baribir chora ko‘rish kerak, yo‘qsa bir-biriga yuqadi, kasallik tarqaydi. Qayerdadir janjal bo‘lsa, profilaktika inspektorini yuboramiz, chora ko‘radi, og‘ir jinoyatlarning oldi olinadi. Bu faqat oldini olish uchun, tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash uchun qilingan narsa edi, birovlarga yomonlik uchun emas.

    Nonvoy non yopsa, oylik oladi. Bizning profilaktika inspektorlari esa hududini ko‘rikdan o‘tkazsa, shu hududda huquqbuzarliklar bo‘lmasa, shunga oylik oladi. Ish ko‘rsatkich bo‘lishi uchun ma’muriy bayonnoma qiladi-da u.

    – Ovozli xabardan anglashiladiki, demak, ichki ishlar xodimlari uchun ma’muriy bayonnoma tuzish bo‘yicha kunlik reja bor ekan-da?

    – Hech qanaqa reja yo‘q, lekin huquqbuzarlik har kuni baribir sodir etilyapti, to‘g‘rimi? Agar niqob bo‘yicha chora ko‘rmasa, hamma niqobsiz yuradi va bir-biriga yuqtirib, vaziyatning dabdalasini chiqaradi. Aniq reja yo‘q, faqat vaziyatdan kelib chiqqan holda qilinadi bu ishlar. Qayerdadir huquqbuzarlik ko‘p bo‘lyapti, baribir profilaktika inspektorlari umuman ishlamasa, umuman chora ko‘rmasa, bo‘lmaydi-ku.

    Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov iyun oyida “Kun.uz”ga bergan intervyusida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari misolida ichki ishlar organlari xodimlaridan “bugun nechta protokol qilding” deb so‘rash odatiga chek qo‘yilganini aytgandi.

    “Ichki ishlar vazirligi rahbariyati bunga qarshi kurashadi. Bugun nechta protokol qilding, bugun nechta mast topding, deb so‘roq qilinadigan holatlardan yiroqmiz. Bizning asosiy vazifa – tinchlikni, ko‘chalarda odamlar o‘lmasligini ta’minlash.

    To‘g‘ri, biz xodimlardan ularning hududida sodir bo‘lgan avariyalar uchun hisob so‘raymiz, ammo bugun necha kishini jarimaga tortding, deb so‘ramaymiz. Bunga barham berildi”, – degandi Zokirjon Almatov.

    27.07.2020, 10:08   Izoh (0)   45205
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Zudlik bilan to‘g‘ri davolash tizimini yo‘lga qo‘yishimiz shart” — Komil Allamjonov

    27.07.2020, 09:53

    Sardobada evakuatsiya qilingan aholi uchun mo‘ljallangan 53 mln so‘mlik mahsulotlar soxta hujjat orqali boshqalarga sotilgani ma’lum bo‘ldi

    27.07.2020, 08:41

    DXA Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘limiga koronavirus sabab bo‘lmagani aytildi

    27.07.2020, 08:10

    COVID-19’ga chalinganda dastlabki kunlardan antibiotik yoki gormon ichish pnevmoniya rivojlanishi ehtimolini oshiradimi? Ekspert javobi

    27.07.2020, 07:56

    Qarshi shahri 15-avgustga qadar yopildi. Shaharda barcha avtomobillar harakati cheklandi

    27.07.2020, 07:40

    “Tez yordam” ko‘rsatuvi eksperti: Qat’iy karantindan ma’no qolmadi

    27.07.2020, 06:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eronliklarga tanqislik sabab suvdan kamroq foydalanish buyurildi

    Dunyo | 20 iyul, 20:15

    Tramp Eronga yangi zarbalar bilan tahdid qildi

    Dunyo | 20 iyul, 19:50

    Isroil G‘azo markazidagi tinch aholini evakuatsiya qilishni boshladi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 19:25

    Gongkongga Vifa to‘foni yopirildi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 19:05

    Yevropa Ittifoqi davlatlariga kirish narxi 3 baravar oshishi mumkin

    Dunyo | 20 iyul, 18:30

    Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasining eng tezkor futbolchilaridan biriga aylandi

    Sport | 20 iyul, 17:53

    Indoneziyada 280 kishi bo‘lgan kemada yong‘in: odamlar dengizga sakramoqda (video)

    Dunyo | 20 iyul, 17:52

    AQSHda uchayotgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 17:30

    AQSH G‘arbiy Sohildagi falastinliklar cherkoviga hujumni terrorchilik harakati deb atadi

    Dunyo | 20 iyul, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.