“Milliy” telekanalining “Nishonda” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida “Bojalar” guruhi yakkaxoni Jahongir Poziljonov mehmon bo‘ldi. Suhbat jarayonida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning xonandaga Toyota Prado avtomobilini sovg‘a qilgani oydinlashdi.
“Men bu insondan juda ko‘p yaxshilik ko‘rganman. Bu Prado men ko‘rgan yaxshiliklarning eng kichik qismi.
Bir necha yillardan beri shu insonning yonida yurib katta bo‘lganman. Ayta olamanki, u atrofdagilariga ham o‘ziga ravo ko‘radigan narsalarni ravo ko‘radi. Men u insondan juda ko‘p narsalarni o‘rganganman. Birinchi navbatda oddiylikni, kamtarlikni o‘rganganman.
U insondan yaxshilik ko‘rgan bir men emasman. U yerda bir necha yuz minglab inson bor. Qo‘llarida ishlaydigan qancha insonlar ularning orqasidan uyli-joyli bo‘ldi, qancha odam to‘y qildi, qancha yordam ko‘rdi.
Tan olish kerakki, Toshkent hokimi bo‘lganidan keyin shahar ham ancha o‘zgardi”, — deydi Jahongir Poziljonov.
Izoh (0)