Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Futbol bo‘yicha Rossiya Kubogi finalidan keyin Yevrokuboklarda qatnashadigan rus klublarining to‘liq ro‘yxati shakllandi.

Foto: “Rostov”

Foto: “Rostov”

“Zenit” kubok finalida “Ximki”ni mag‘lub etdi (1:0). Shu tariqa Yevrokuboklar uchun barcha kvotalar RPL musobaqa jadvaliga qarab belgilanadigan bo‘ldi.

2019/20-yilgi mavsumni 3-o‘rinda yakunlagan SSKA Yevropa Ligasining guruh bosqichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlardagi “Rostov” hamda “Dinamo” esa o‘z yurishini saralash bosqichidan boshlaydi.

Eldor Shomurodov jamoasi 3-saralash bosqichidan musobaqaga qo‘shiladi. Saralash bosqichiga 1-sentabrda qur’a tashlanadi, “Rostov” esa 23-sentabrda o‘z o‘yinini o‘tkazadi.

Dastlabki uchta o‘rinni qo‘lga kiritgan “Zenit”, “Lokomotiv” va “Krasnodar” jamoalari Chempionlar Ligasida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, agar “Ximki” kubok bahsida g‘alaba qozonganida “Dinamo” Yevrokuboklardan quruq qolardi.

Eldor Shomurodovning “Rostov” safidagi eng sara gollari (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi