Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya Kubogi finalidan keyingi taqdirlash marosimida mamlakat prezidenti Emmanuel Makronga jarohati haqida gapirib berdi.

Foto: YouTube

Foto: YouTube

Taqdirlash marosimi paytida Makron Mbappening sog‘lig‘i bilan qiziqdi:

Makron: “Sog‘lig‘ing yaxshimi?”

Mbappe: “Bir oz lat yedi”.

Makron: “Sindi deb o‘ylaysanmi?”

Mbappe: “Yo‘q, bunday deb o‘ylamayman”.

Makron: “Kasalxonaga borasanmi?”

Mbappe: “Ha, taqdirlash marosimidan keyin darhol u yerga boraman”.

Uchrashuvning 27-daqiqasida “Sent-Etyenn” himoyachisi Loik Perrin Mbappega nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Shundan so‘ng unga sariq kartochka ko‘rsatildi. Ammo keyinchalik uchrashuv bosh hakami VAR’dan foydalandi va Perrinni maydondan chetlatishga qaror qildi. To‘qnashuvdan keyin Mbappe o‘yinni davom ettira olmasligi ma’lum bo‘ldi va uning o‘rniga ispaniyalik yarim himoyachi Pablo Sarabiya maydonga tushirildi.

Uchrashuv 1:0 hisobida parijliklar foydasiga hal bo‘ldi. Shu tariqa PSJ o‘z tarixida to‘rtinchi bor oltin dublga erishdi.

Kilian Mbappening 2019/20-yilgi mavsum Liga 1 da urgan barcha golini tomosha qiling (video)

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi