Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati Vazirlar Mahkamasining 747-sonli qaroriga asosan maxsus dyhxx.ejarima.uz sayti tashkil etilib, fuqarolarning yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni oshirilgani, 43 nafar ko‘ngilli haydovchilarning avtomobillariga videoregistratorlar o‘rnatilganini ma’lum qildi.
Xabarda qayd etilishicha, ushbu qurilmalar yordamida 6285 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Qoidabuzar haydovchilarga 1 milliard 797 million 949 ming 500 so‘m miqdoridagi jarimalar belgilangan.
“Farg‘ona viloyati IIB ko‘ngilli haydovchilarga yana 50 dona videoregistrator qurilmalari tarqatilishi rejalashtirilmoqda”, – deyiladi axborotda.
Boshqarma axborotida qoidabuzarliklar qaysi davr oralig‘ida qayd etilgani, xususan, qariyb 1,8 milliard so‘m jarimalar qaysi oraliqda belgilangani haqida ma’lumot berilmagan.
Avvalroq Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida 16 yoshli o‘smir boshqargan Lacetti’ning ag‘darilishi oqibatida 14 yoshli yo‘lovchi halok bo‘lgani, Marg‘ilon shahrida Damas va piyoda o‘rtasida sodir bo‘lgan YTH oqibatida fuqaro halok bo‘lgani, Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida ikkita Damas ishtirokida yo‘l transport hodisasida haydovchilardan biri hayotdan ko‘z yumgani haqida xabarlar berilgan.
Izoh (0)