• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +45°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Koinot

    Birinchi ayol kosmonavtning ochiq koinotga chiqqaniga 36 yil to‘ldi. Svetlana Savitskayaning koinotga parvozi haqida

    Ochiq kosmosga birinchi bo‘lib chiqqan shaxs Aleksey Leonov bo‘lganini ko‘pchilik yaxshi biladi. U 1965-yilning 18-mart sanasida “Berkut” nomli skafandrda taxminan 12 daqiqa davomida ochiq kosmosda bo‘lgan. Ayollardan esa birinchi bo‘lib ochiq koinotga chiqqan kosmonavt Svetlana Savitskaya edi. “Daryo” mazkur tarixiy chiqishga 36 yil to‘lgani munosabati bilan Svetlana Savitskayaning faoliyati haqida ma’lumot beradi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Yaqindagina insoniyat tarixidagi birinchi kosmonavt ayol – Tereshkovaning parvozi haqidagi hikoyamizda unga o‘sha parvozda qaysidir ma’noda raqobatchi bo‘lgan kosmonavtlar ro‘yxatida asosan parashyut sporti bilan professional shug‘ullangan ayollar bo‘lganini aytib o‘tgan edik. Savitskaya esa mohir parashyutchi bo‘lish bilan birga, reaktiv samolyotlarni ham bemalol boshqara oladigan professional uchuvchi bo‘lgan.

    U kosmonavtlar otryadiga qabul qilinishidan avval reaktiv samolyotlarda bajariladigan oliy pilotaj sporti bo‘yicha hamda atmosferaning eng yuqori qatlamlaridan, xususan, stratosferadan parashyutda sakrash bo‘yicha katta musobaqalar g‘olibi bo‘lib, bir necha jahon rekordlari muallifiga aylanib ulgurgan edi.

    1948-yilning 8-avgustida Moskvada harbiy uchuvchi oilasida tug‘ilgan Savitskaya 1965-yilda o‘rta maktabni tugatib, Moskva aviatsiya institutiga (MAI) o‘qishga kiradi va 1972-yilda o‘qishni tamomlab, uchuvchi-instruktor sifatida ish boshlaydi. Keyinchalik u sinovchi-uchuvchi sifatidagi faoliyatga jalb etiladi va MiG-21, MiG-25, Su-7 singari reaktiv samolyotlarning sinov parvozlarida qatnashadi.

    Savitskaya 1980-yilda navbatdagi kosmonavtlar otryadiga qabul qilindi va guruh bilan birgalikda “Soyuz-T” kosmik kemalarda parvoz qilish va “Salyut” orbital stansiyada ish olib borish uchun to‘liq tayyorlov kurslarini o‘tagan. Ikki yillik tayyorgarlik va sinovlardan so‘ng Svetlana Savitskaya dastlab 1982-yilda “Salyut-7” ekspeditsiyasi tarkibida birinchi bora koinotga parvoz qildi. U yetti kundan ziyodroq vaqt mobaynida orbitada bo‘lib, kosmonavtlar Serebrov va Popov bilan hamkorlikda turli ilmiy topshiriqlarni va texnik vazifalarni bajargan. O‘sha birinchi parvozidan keyin Savitskayaga Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni berilgan edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Savitskayaning ikkinchi va eng muhim parvozi 1984-yilning 17-iyulida boshlangan. O‘shanda Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan startga chiqqan “Soyuz T-12” kosmik kemasida Savitskaya bilan birga, shuningdek, Vladimir Jonibekov va Igor Volkov ham orbitaga – “Salyut-7” orbital stansiyasiga yo‘l olgan bo‘lib, Jonibekov ekipaj komandiri bo‘lgan holda Savitskaya bu safar bort muhandisi vazifasida uchgan.

    18-iyul kuni kosmik kema orbital stansiya bilan muvaffaqiyatli tutashgan va ekipaj asosiy vazifalarni bajarishga kirishgan. Ushbu parvozdan ko‘zlangan asosiy vazifalardan biri tarixda birinchi marta ayol kishining ochiq koinotga chiqish bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin ushbu chiqish shunchaki ko‘rgazmali chiqish bo‘lmay, muhim ilmiy maqsadni ham ko‘zlagan edi. Savitskaya ochiq fazoda metallarni payvandlash bo‘yicha ilmiy-texnik tajriba o‘tkazib ko‘rishi kerak bo‘lgan.

    Barcha tayyorgarlik ishlari bajarilgach, 1984-yilning 25-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat taxminan 21:00 ga yaqin Savitskaya orbital stansiyadan tashqariga chiqadi. U bilan birgalikda o‘shanda Jonibekov ham birinchi marta ochiq kosmosga chiqqan bo‘lib, ular stansiyadan tashqarida Paton elektropayvand instituti tomonidan tayyorlangan maxsus uskunalar yordamida metallarni payvandlash, kesish va kavsharlash ishlarini bajarishi kerak edi. Kosmik kemadan tashqarida Savitskaya 3 soat va 35 daqiqa ish olib borgan.

    Ushbu vaqt mobaynida uning barcha xatti-harakati Yerdagi kuzatuvchilar tomonidan diqqat bilan, sinchiklab kuzatib turilgan. Savitskaya o‘zi ham vazifaga juda katta mas’uliyat bilan yondashib, qo‘yilgan topshiriqlarni katta aniqlikda, punktual darajada bajargani bilan yodda qolgan. Barcha bir ovozdan Savitskayaning juda professional darajada ishlaganini ta’kidlagan edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ochiq fazoda ishlash mobaynida Savitskaya va Jonibekov bir-biri bilan o‘zaro navbat almashinib ishlagan va ikki marta nur-soya aylanishi bo‘yicha Yer atrofini aylanib chiqishgan. Ya’ni ular shu uch yarim soat mobaynida ikki marta yorug‘lik tarafga chiqishgan (kunduz bo‘lgan) va ikki marta Yerning tun tarafiga o‘tishgan. Tun tarafda bo‘lgan paytda ishlar vaqtincha to‘xtatib turilgan, chunki yorug‘lik yetarli bo‘lmagan sharoitda belgilangan vazifani bajarish aniqligi pasayishi xavfi bor edi. Payvand asbobi esa maksimal aniqlikda ishlashni talab qilardi.

    Savitskayaga berilgan skafandr olti soat ochiq kosmosda bo‘lishga ham imkon bersa-da, lekin u vazifani belgilangan muddatdan biroz erta bajarib uddalagan. Ushbu tarixiy voqea amalga oshgach, Savitskaya 29-iyul kuni yana “Soyuz T-12” kosmik kemasida Yerga qaytib tushadi. Unga “Oltin yulduz” medali va ikkinchi marta Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni beriladi.

    Savitskaya keyinchalik to‘liq ayollardan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan ekipaj tarkibida yana bir bora parvoz qilishi belgilangan edi. U hatto 1986-yilda mohiyatan AQShning Space Shuttle dasturining analogi bo‘lgan samolyot tipidagi “Buran” kosmik kemasida ham koinotga uchmoqchi bo‘lgan. Lekin ittifoqda boshlangan iqtisodiy va siyosiy inqiroz hamda boshqa texnik sabablarga ko‘ra, Buran dasturi amalga oshmay qoldi. Savitskaya 1993-yilda kosmonavtikadan nafaqaga chiqdi va o‘zining alma-materi bo‘lmish MAIda dars bera boshlaydi.

    Insoniyat tarixidagi ikkinchi kosmonavt ayol va ochiq kosmosga birinchi bo‘lib chiqqan ayol bo‘lmish Svetlana Yevgenyevna hozirda ham ushbu oliygohda dotsent sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. U texnika fanlari nomzodi darajasini yoqlagan bo‘lib, 1996-yildan buyon muntazam ravishda Rossiya parlamentida deputat ham bo‘lib kelmoqda.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    25.07.2020, 22:11   Izoh (0)   90190
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Astronomlar kamyob kosmik falokatni qayd etdi

    25.07.2020, 19:35

    Xitoy Marsga o‘zining birinchi missiyasini uchirdi (video)

    23.07.2020, 13:12

    BAA o‘zining kosmik zondini birinchi bor Yaponiyadan turib Marsga uchirdi (video)

    21.07.2020, 05:36

    Quyoshning rekord darajadagi yaqin masofadan ko‘rinishi suratga olindi

    18.07.2020, 12:35

    Astronomlar koinotda ulkan “devor”ni aniqladi

    15.07.2020, 18:54

    Fotojamlanma: Yer uzra NEOWISE kometasi uchib o‘tmoqda

    15.07.2020, 14:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman. Niko Uilyams “Atletik” bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi

    Sport | 4 iyul, 14:17

    Toshkent metrosining 13 ta bekatida kassalar yopildi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 13:51

    Rayan Reynolds, Natali Portman va shaxsiy sport jamoasiga ega bo‘lgan boshqa taniqli shaxslar

    Shou-biznes | 4 iyul, 13:47

    O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin sotmoqda — Xalqaro oltin kengashi

    Iqtisodiyot | 4 iyul, 13:44

    Oddiy qozonda tayyorlangan krem: kosmetika sohasida inqilob qilgan Este Lauder kim bo‘lgan?

    Shou-biznes | 4 iyul, 13:09

    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi

    Reklama | 4 iyul, 12:00

    “Liverpul” Jotaning 20-raqamini abadiy muzlatib qo‘ydi

    Sport | 4 iyul, 12:46

    “Rossiya Ukraina urushi maqsadlaridan chekinmaydi” — Putin

    Dunyo | 4 iyul, 12:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.