Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Olivye Jiru Angliya chempionatining 37-turidan o‘rin olgan bahsda “Liverpul” darvozasini ishg‘ol etdi.
“Liverpul” darvozasiga kiritilgan to‘p fransiyalik futbolchi uchun Premyer Ligadagi 85-gol bo‘ldi.
Shu tariqa Jiru ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha hamyurti Lui Saaga yetib oldi va fransiyalik legionerlar orasida gollar soni bo‘yicha (APLda) uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Faqat Nikolya Anelka (125) va Tyerri Anri (175) undan ko‘proq gol urgan.
Ma’lumot o‘rnida, Olivye Jiru 2018-yildan beri “Chelsi” klubi sharafini himoya qilib keladi. 2019/20-yilgi mavsumda u 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Olivye Jiruning “chayon” uslubida urgan golini tomosha qiling (video)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)