1099-yilning 15-iyul sanasida salibchilar bir oylik qamaldan so‘ng Quddus tomon yurish qildi. Qamal natijasi – Birinchi salib yurishining yakunlanishi Kichik Osiyo salibchi davlatlari tuzilishi bo‘ldi. Bu Yaqin Sharqdagi bugungi ixtiloflarni – xristian va musulmon olami orasidagi bahslarni ham qisman tushuntirib beradigan tarixiy voqeadir. “Daryo” asrning muhim voqealaridan biri bo‘lgan Quddusning bosib olinish tarixi haqida hikoya qiladi.
Birinchi salib yurishi
Birinchi salib yurishi 1096-yilda Vizantiya imperatori Aleksey I iltimosiga binoan Papa Urban II tomonidan sharqdagi xristianlarni Anatoliyada (Kichik Osiyo) Saljuqiylar hujumidan himoya qilish uchun tashkil qilingan. Shuningdek, ushbu yurishdan yana bir maqsad – muqaddas Quddus shahri va muqaddas yerlarni musulmonlardan qaytarib olish edi.Dastlab papaning murojaati faqatgina fransuz ritsarlariga tegishli edi, ammo keyinchalik bu yurish keng ko‘lamli harbiy kampaniyaga aylandi va uning g‘oyasi G‘arbiy Yevropani barcha xristian davlatlariga yoyildi. Feodallar va turli millatga mansub oddiy xalq Sharq tomon quruqliklar va dengizlar orqali ko‘chib, yo‘l-yo‘lakay Kichik Osiyoning g‘arbiy qismini saljuqiy turklardan ozod etib, Vizantiyaga musulmonlar tahdidini bartaraf etishdi va 1099-yilga kelib, iyul oyida Quddusni ham fath qilib, o‘z qirolligiga asos solishdi. Shunday qilib, birinchi salib yurishi davrida Quddus qirolligi va Lotin Sharqi nomi ostida birlashgan boshqa xristian davlatlari (ba’zi feodal – Salib davlatlari) tashkil topdi. Birinchi salib yurishida ritsarlar ordenlari muhim rol o‘ynagan edi.
Quddus tomon yurish
Feodallar va oddiy xalqning Sharq tomon yurishida 1099-yilning 15-iyul kuniga kelib, salib yurishi qatnashchilari Quddus tomon hujumga o‘tadi. XI asr oxiriga kelib G‘arbiy Yevropa bir qator sabablarga ko‘ra (birinchi navbatda iqtisodiy va demografik), Muqaddas qabrni ozod etish uchun salib yurishlariga zamin yaratdi.Bunday sharoitda 1095-yil 26-noyabr kuni Papa Urban II Klermont soboriga sharqqa borishga va Quddusni musulmon boshqaruvidan ozod qilishga chaqirdi, bu g֥‘alabadan keyin jasur jangchilar barcha gunohlarni kechirishlarini va qarzlardan xalos bo‘lishlarini aytishdi. Ushbu chaqiriq xalq orasida jo‘shqinlik uyg‘otdi va kambag‘allar g‘ayratga to‘lib o‘z kampaniyasini boshladi, natijada ular muvaffaqiyatsizlikka uchradi – saljuqiylar ularni tor-mor etdi.
Bu urinishdan ikki yil o‘tib, 1097-yilda norman, fransuz va nemis ritsarlarining birlashgan armiyasi yig‘ildi. Ularga belgilangan maqsadga erishish uchun 2 yil talab qildi. Ularga, ayniqsa, Antioxiyani qamal qilish uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi. Shahar egallab olingach, tif epidemiyasi boshlandi, buning natijasida salibchilar armiyasi qisqartirildi. Ularga tiklanish va yurishni davom ettirish uchun yana olti oy kutishlariga to‘g‘ri keldi.
1098-yilda salibchilar yana bir marta uzoq jang qildi. Muqaddas armiya yetakchisi graf Raymund Tuluzskiy aholisi qattiq qarshilik ko‘rsatgan Maarra shahrini bosib olishga qaror qildi. Bu shahar bosib olinib, talon-toroj qilingandan so‘ng qahramonlarimiz Tripoli tomon olg‘a yurdi va uni qurshab olishdi, ammo urinishlar besamar ketdi. Shundan so‘ng ular Quddus tomon ko‘chib o‘tishga qaror qildi.
Salibchilar Quddusga yetib keldi
Shu va boshqa kechikishlar natijasida salibchilar armiyasi va nihoyat 1099-yil 7-iyunda Quddus devorlariga yaqinlashdi. Shaharni bosib olishga bo‘lgan bir necha urinishlar behuda ketdi. Bu muvaffaqiyatsizliklardan keyin salibchilar yurishini ham muvaffaqiyatsiz yakun kutib turgandek edi: musulmonlar kemalarni oziq-ovqati bilan qo‘lga tushiravergach, xristianlar armiyasi och-nahor qoldi va Fotimiylar qo‘shini Misrda qamalda qolganlarga yordam berishga harakat qilar edi.Armiyani ruhlantirish maqsadida ruhoniylar shahar devorlari ostida salib yurishlarini uyushtirdi. 8-iyul kuni salibchilar Quddus devorlari bo‘ylab yurdi va musulmonlar g‘alati hodisani ko‘rishga majbur bo‘ldi. Bir necha kun davomida qamal minoralari, otuv mashinalari tayyorlandi va hujum boshlandi.
Jang: Salibchilar Quddus devoridan o‘tishi
1099-yil 14-iyul kuni ertalab Quddus tomon birinchi o‘qlar va toshlar otildi. Bunga javoban balandliklardan bosqinchilar ustiga qaynoq suv quyildi, olovli latta va taxtalar uloqtirildi. Uzluksiz otishma ostida salibchilar qamal minoralarini Quddus devorlariga ko‘chirishni boshladi, ammo shahar atrofidagi chuqur xandaqlar ularga xalal berdi.Kech tushdi. Ikki tomon ham bu payt hushyor tortgan va jangga tayyor edi, ammo ularning ikkisida ham xavotirga yetarlicha sabablar bor edi. 15-iyul erta tongdagi ibodatlar va kuy-qo‘shiqlardan so‘ng xristianlar yuzlab bayroqlar ko‘tarib, po‘lat arqonlar bilan Quddus devorlariga tirmashishdi. Yaxshi mo‘ljalga ega bo‘lgan zarbalar himoyachilarni yaxshigina vahimaga tushirdi, bu esa nayzani to‘ldirishga va qal’a devorlariga yaqinlashishga imkon berdi. Devor himoyachilari kamonchilar tomonidan qirib tashlandi, so‘ng ko‘plab jangchi va ritsarlar devor tomon muqaddas g‘ayrat va shavq bilan yugurdi. Yo‘lda uchragan barcha narsa “supurib” tashlandi.
Bu hodisa hujumning kulminatsion nuqtasi bo‘ldi – salibchilar doimiy shovqin va jangovar qichqiriqlar ostida devorlarga yog‘och ko‘priklarni tashladi va himoyachilarni chalg‘itib, devor ortiga tashlandi. Shaharga boshqa tomondan bostirib kirayotgan Raymond Tuluzskiy armiyasi sheriklarining muvaffaqiyatidan xabar topgach, janubiy darvozadan Quddusga kirdi. Shahar allaqachon qulaganini ko‘rgan Dovud minorasi garnizonining amiri taslim bo‘lishga qaror qildi va Yaffa darvozasini ochdi.
Salibchilar yorib kirishgach, shaharda qirg‘in boshlandi: nafaqat jangchilar, balki oddiy xalqni ham e’tiqodi, jinsi va yoshiga qaramasdan o‘ldirishda davom etishdi. Ertasi kuni Quddus dahshatli joyga aylandi – uning ko‘chalari jasadlarga to‘la, jasadlar esa o‘sha shaharning aholisi edi...
Shahar bosib olingandan so‘ng Gotfrid Bulonskiy yangi tashkil qilingan Quddus qirolligining boshqaruvchisi etib tayinlandi. Dindor Gotfrid Masih tikanlar bilan o‘ralgan shaharda o‘zini shoh o‘rnida ko‘rishni xohlamadi. Shuning uchun u 1099-yil 22-iyulda Muqaddas qabr himoyachisi unvonini qabul qilib oldi.
1-avgust kuni Quddusning birinchi Lotin patriarxi saylandi – Arnulf Shokesskiy. U mo‘jiza bilan omon qolgan sanoqli aholini so‘roq qildi, ulardan yangi diniy qo‘zg‘olonni keltirib chiqargan Iso mixlangan muqaddas Hayotbaxsh xochni bilib oldi. 15-iyulda Quddusning bosib olinishi XII asrning barcha tarixiy manbalarida qayd etilgan va bu hodisa ushbu asrning muhim voqealaridan biri bo‘ldi.
Mirjalol Qosimov tayyorladi.
Izoh (0)