Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining so‘nggi, 30-turida turida o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan“Rostov” musobaqa chempioni “Zenit”ga mag‘lub bo‘ldi (1:2).

Foto: “Rostov”

Foto: “Rostov”

Mavsum yakunlariga ko‘ra, “Rostov” 5-o‘rinni egallab, Yevropa Ligasi saralashi bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Valeriy Karpin shogirdlarining qaysi bosqichdan bahslarga kirishi Rossiya Kubogi finali natijasiga bog‘liq.

Agar “Ximki” klubi finalda “Zenit”ni mag‘lub etsa, “Rostov” ikkinchi saralash raundidan boshlaydi. Agarda “Zenit” g‘alaba qozonsa, u holda Shomurodov jamoasi uchinchi saralash bosqichidan bahslarga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Rostov” O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisini sotishga qaror qilgani haqida xabar berilgandi. Qayd etish joiz, bir muddat avval esa Shomurodov uchun Belgiyaning “Gent” klubi 5 million yevro taklif qilgandi.

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov Rossiya chempionati 2019/20-yilgi mavsumida 28 o‘yin o‘tkazib, 11 gol va 7 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Eldor Shomurodovning “Rostov” va O‘zbekiston terma jamoasi safida urgan barcha gollarini tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi