“Milan” bosh murabbiy Stefano Pioli bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmatida xabar berildi.

Foto: Twitter

Ta’kidlanishicha, klub 54 yoshli mutaxassis bilan 2022-yilning yozigacha mo‘ljallangan bitim imzolagan.

“Stefano unchalik ham oson bo‘lmagan damlarda keldi. Biz doim uning ishidagi natija ko‘rinishi uchun vaqt kerak bo‘lishini aytdik. Ko‘rib turganimizdek, professionallik va sifat doimo mukofotlanadi.

Stefano – biz ko‘rishni istagan yosh va g‘alabalarga och bo‘lgan jamoani boshqarish uchun to‘g‘ri keladigan murabbiydir”, – deydi klub sport direktori Paolo Maldini.

Avvalroq “Milan” bir necha oydan beri Ralf Rangnik bilan muzokara olib borayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

A Seriya 35-turidan keyin Milan klubi 59 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. Milanliklar musobaqa yakuniga uch tur qolganda Yevropa Ligasi yo‘llanmasini naqd qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!