AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtab a’zosi Barno Odilova O‘zbekistonda koronavirus vaksinasi qachon sotuvga chiqishi borasidagi savolga aniqlik kiritib o‘tdi.
Mavzuga doir: Isroillik olimlar O‘zbekistonda koronavirusga qarshi dorining klinik sinovlarini o‘tkazmoqchi
“Hammamiz ko‘rib turibmiz, ijtimoiy tarmoqlarda ham, berilayotgan ma’lumotlarda ham butun jahon olimlari aynan mana shu kasallikka qarshi kurashish uchun yagona bo‘lgan dori, ya’ni vaksinani ishlab chiqarish bilan mashg‘ullar. Ko‘rib turibmiz, mana Rossiyada, ko‘plab mamlakatlarda vaksinalar ishlab chiqilgan. Bugungi kunda ular sinovdan o‘tkazilyapti. Mamlakatimizga vaksinalar kelsa, buning xabarini birinchi bo‘lib beramiz”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy va O‘zbekiston koronavirus vaksinasini birgalikda sinovdan o‘tkazish uchun hamkorlik qilishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)