• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda qamalib chiqqan fuqaro hokim bosimi ostida qolganini aytdi. Internetda zo‘ravon hokim sifatida tanilgan Sherali Salomov esa buni rad etmoqda

    Buxoro viloyatining Qorako‘l tumani “Sayyod” mahallasida yashovchi 47 yoshli Istam Xolmurodov 10 yillik jazo muddatini o‘tab qaytgach, tuman hokimligi, shuningdek, MFY vakillari tomonidan bosimga uchrayotganini aytmoqda.

    Foto: “Daryo”

    “Jazo muddatini o‘tab qaytganlar yana jinoyat yo‘liga kirib ketmasligi uchun qo‘llab-quvvatlash o‘rniga meni talashyapti. Bosim o‘tkazishyapti. Ayniqsa, tuman hokimi Sherali Salomov qabuliga bir necha bor yordam so‘rab kirganman. Muammolarimni yechish o‘rniga o‘zimga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk, ya’ni yer-joyimni boshqalarga tarqatib berish payiga tushgan. Mening mulkimni talashga hech kimning haqi yo‘q-ku”, — deydi Istam Xolmurodov.

    Istam Xolmurodovning yashash uyi

    Istam Xolmurodovning yashash uyi
    Foto: “Daryo”

    Murojaatchining aytishicha, u ukasining o‘limida nohaq ayblanib, o‘n yildan ortiq vaqt davomida jinoyatini tan olishga majburlangan.

    “Mayli, jazo muddatini o‘tab kelganim boshqa masala. Ammo  2020-yilning 27-aprelida Buxoroda sodir bo‘lgan tabiiy ofatdan ko‘pchilik qatori bizning uy-joyimiz ham talafot ko‘rdi. Ayniqsa, onam Norgul Qahhorovaning uy-joyi qulab, achinarli ahvolga keldi. Naridan beri qilib poydevorini tiklashdi. Ko‘p o‘tmay, sifatsiz betonlar quyilgani uchun poydevorlar yorila boshladi. Bunday nosoz poydevor ustida uy-joy tiklashning esa iloji yo‘q. Ko‘zbo‘yamachilik qilingan. Ustiga-ustak, onamning nomiga 50 ta shifer berilgani bo‘yicha soxta hujjat rasmiylashtirilgan. Ushbu masalalarni tuman hokimligi vakillariga bildirsam, ‘o‘tirib chiqqanim’-u, aslida kimligimni ro‘kach qilaverishadi”, — deydi u.

    Istam Xolmurodovning yashash uyi

    Istam Xolmurodovning yashash uyi
    Foto: “Daryo”

    “Sayyod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Rustam Haydarov “Daryo” muxbiri bilan telefon orqali muloqotda fuqaro Istam Xolmurodov doimiy e’tiborda ekanini bildirdi. Shuningdek, onasiga berilgani aytilgan 50 dona shifer ham o‘ziga berilganini qo‘shimcha qildi. Aytishicha, bu haqda dalolatnoma ham tuzilgan.

    Istam Xolmurodov onasining yashash uyi

    Istam Xolmurodov onasining yashash uyi
    Foto: “Daryo”

    “O‘tgan yili nochor ahvolda yashaydigan ukalari — Ulug‘bek, Nodir va Shuhrat Xolmurodovlar, shuningdek, singlisi Husnora Xolmurodovani ish bilan ta’minlayman, deganiga xursand bo‘lib, davlatdan 30 million so‘m imtiyozli kredit olishiga mahalla-ko‘y ko‘maklashdik. Biroq imkoni bo‘la turib, undan foydalana olmadi. Og‘a-inilari bilan kelisholmagach, uning ukasi Shuhrat Xolmurodov va Marziya Qandimovani jamoatchilik asosida ish bilan ta’minladik. Mazkur oilaga yangi uy qurish uchun tuman hokimligi tomonidan olti sotix yer maydoni ajratilgan. Ayni paytda ukasi Shuhrat Xolmurodovga qishloqda mavjud eski binolarning birini yashashi uchun moslashtirib berganmiz”, — deydi MFY raisi.

    Istam Xolmurodovga tegishli yerlar

    Istam Xolmurodovga tegishli yerlar
    Foto: “Daryo”

    Tuman hokimligi mas’ul xodimi Rabbonaqul Muxtorovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Istam Xolmurodovda belgilangan miqdordan ortiq hosildor yer bor. Yem-xashak yetishtirish imkoniyati bor. Shunga qaramay, 30 million so‘m imtiyozli kredit evaziga xarid qilgan yetti bosh qoramolining to‘rt boshini sotgan. Qolgan qoramollari ham qarovsiz ahvolda.

    Istam Xolmurodovga tegishli yerlar

    Istam Xolmurodovga tegishli yerlar
    Foto: “Daryo”

    “Noto‘g‘ri, to‘rt bosh qoramolni boqish uchun yem-xashak yetishtirib bera olmaganim sababli ularni sotdim. Lekin yana oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishni ko‘zlaganman. Shu bois takroriy ekin maydonlaridan vaqtincha foydalanish maqsadida tuman hokimi Sherali Salomov qabuliga bir necha bor yer so‘rab bordim. Undan tayinli javob olmadim. Tuman hokimi eshitishniyam xohlamadi, — deydi Istam Xolmurodov. — Uning tavsiyasi bilan ‘Qahramon Akbar’ fermer xo‘jaligiga yer so‘rab borsam, senga yer bermayman deyishdi. Aybim nima?”.

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, “Qahramon Akbar” fermer xo‘jaligi hisobidagi 14 gektar yer maydoni g‘alla ekinlariga, 22 gektar yer maydoni esa paxtaga mo‘ljallangan. Hosillar topshirilgach, yer takroriy ekin ekish uchun qishloq aholisiga ajratib berilgan. Fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi Arash Rustamovning “Daryo” muxbiriga aytishicha, fuqaro Istam Xolmurodov takroriy ekin uchun yer maydoni olishda mutlaqo noo‘rin talab qo‘ymoqda. Unga yashash manzilidan 150-200 metrcha uzoqlikdagi yerlaridan taklif qilingan. Biroq u buni rad etgan.

    “Men, albatta, unga takroriy ekin uchun boshqalar tomonidan vaqtincha o‘zlashtirilmagan maydondan yer ajratib beraman. Ammo u shundoq uyimning derazasidan ko‘rinib turgan yerdan berasan, deb oyoq tirab olgani yaxshimas-da! Ekilgan va boshqa kishi foydalanayotgan yer maydonini qaysi vijdon bilan unga olib beramiz axir. Istam Xolmurodov talab qilayotgan yer maydonlarida talafot va pandemiyadan birdek aziyat chekayotgan fermer xo‘jaligi a’zolari tirikchilik qilmoqda. Suv yaqinda bo‘lishiga qaramasdan, u o‘z uy-joyi atrofida o‘ziga tegishli hosil olishga moslashtirilgan yerdan unumli foydalanmaydi. Buni ko‘p bora o‘ziga ham aytganmiz”, — deydi Arash Rustamov.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri surishtiruvi davomida fuqaro Istam Xolmurodovga “Qahramon Akbar” fermer xo‘jaligi rahbari tavsiya qilgan joydan 50 sotix yer maydoni ajratilib, takroriy ekin ekishga berilgani ma’lum qilindi.

    “Fermer xo‘jaligi tomonidan ekin ekishga moslashtirilgan yerlar o‘zboshimchalik bilan o‘zining yaqinlariga uy-joy tiklash uchun ajratib berilgan. Qanchadan qancha davlat yerlari talon-toroj qilingan. Mahallaning amaldagi raisi avvalgi rais bilan til biriktirib, qishloqda guruhbozlikni keltirib chiqarmoqda. Bu masalalarga rahbariyat e’tiborsiz, panja ortidan qaramoqda. Shunday paytda menga o‘zim istagan joydan vaqtincha foydalanishim uchun yer berish shuncha mushkulmi? Singlimga ham uy-joy berishsin, ayni paytda onamdan tashqari, u ham farzandi bilan bizning hovlida yashayapti. Bor-yo‘g‘i uch xonali uyimiz bor”, — deydi Istam Xolmurodov.

    Foto: “Daryo”

    Ayni paytda Istam Xolmurodov ikkinchi oilasi bilan 36,6 sotixli uy-joy va yer maydonida yashab kelmoqda. Xolmurodovga tegishli bo‘lgan ortiqcha yer maydonlaridan begonalar uchun emas, o‘z ukasi va singlisi uchun yer berish so‘ralgan.

    “Erim vafot etgani bois bir nafar farzandim bilan onamning uyiga qaytdim. Ayni paytda onamning talafot ko‘rmagan uy-joyining bir qismida farzandim bilan yashayapman. Onam esa akamning hovlisida yashayapti. Ammo akam foydalanib kelayotgan ortiqcha yer maydonidan menga 7,5 sotix ajratib berilishi masalasiga qarshiman”, — deydi Istam Xolmurodovning singlisi Husnora Xolmurodova.

    Qorako‘l hokimi Sherali Salomov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda 2020-yilning 27-aprelida Buxoroda sodir bo‘lgan talafotda fuqaro Istam Xolmurodovning onasi Norgul Qahhorovaga tegishli uy-joyning zarar ko‘rgan qismini yangidan qurish ishlari tuman prokurori Mels Rahmonov tomonidan nazoratga olinganini bildirdi. Shuningdek, ayni paytda ham Qorako‘lda tiklash-ta’mirlash ishlari davom etayotgani bois manzillarga navbatma-navbat kirib borilayotgani, tuman bo‘ylab ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha tizim ishlayotganini aytib o‘tdi.

    Istam Xolmurodovning onasi uchun qurilayotgan yangi uy

    Istam Xolmurodovning onasi uchun qurilayotgan yangi uy
    Foto: “Daryo”

    “Shu o‘rinda bir oilaga 36,6 sotix yer maydoni keragidan ortiq ekanligini ham unutmasligimiz kerak. Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, 1998-yildan 2019-yilning 28-dekabrigacha har bir xonadon olti sotix yer maydonidan uy-joy va tomorqa yerlari uchun foydalanishi belgilangan. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi qonuniga ko‘ra, yerdan foydalanish kimoshdi savdosi orqali amalga oshiriladi. Shu nuqtayi nazardan, fuqaro Istam Xolmurodov haqiqatan ham tuman hokimligi mutasaddilaridan norozi bo‘layotgan bo‘lsa, barcha vajlari ishchi guruh tomonidan o‘rganiladi va huquqiy baho beriladi, — dedi tuman hokimi Sherali Salomov. — Ammo, shuni ishonch bilan aytamanki, bu fuqaroga men yoki boshqa tuman mutasaddilari tomonidan bosim o‘tkazilmagan.”

    Mavzuga doir: 

    • Olot tumani hokimi fermerni do‘pposlab, 25 mln so‘mni boshqa maqsadlarga yo‘naltirishga majburladi
    • Olot tumani hokimi o‘zi do‘pposlagan fermer bilan yarashib oldi

    22.07.2020, 17:27   Izoh (0)   47753
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Jomiy bozori yaqinidagi bir nechta qurilish do‘konlarida yong‘in kelib chiqdi (foto+video)

    22.07.2020, 17:19

    Toshkentda COVID-19’ga chalinganlar qatoriga yana 60 kishi qo‘shildi. O‘zbekistonda kasallanganlar soni 18 324 nafarga yetdi

    22.07.2020, 17:10

    Shahrixonliklar “Obod qishloq” dasturi chala bajarilganini, hokimlik esa buni tan olmayotganini aytmoqda

    22.07.2020, 16:58

    Toshkentda koronavirusga chalingan 80 yoshli ayol vafot etdi

    22.07.2020, 16:41

    O‘zbekistonda yarim yilda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 100 trln so‘mdan oshdi

    22.07.2020, 16:26

    “Siz baribir monopol va nomard ishtirokchi sifatida qolaverasiz”. Deputat Kusherbayev “O‘zavtosanoat”ning javobiga javob berdi

    22.07.2020, 16:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.