• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Ramosdan Zidangacha. “Real”ni Ispaniya chempioni qilgan 7 inson haqida

    Bu amalga oshdi! “Real” 2016/17-yilgi mavsumdan keyin ilk bor Ispaniya La Ligasi chempionligini qo‘lga kiritdi. “Qaymoqranglilar” mavsumni barqaror o‘tkazdi, karantinga azaliy raqibi – inqirozga duchor bo‘lgan “Barselona”dan ikki ochkoga ortda qolgan holda chiqdi. Ammo karantindan so‘ng madridliklar tom ma’noda o‘zgacha o‘yin namoyish etdi va mamlakat birinchiligi doirasida o‘tkazilgan 10 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi. “Barselona”da esa barqarorlik borasida ketma-ket muammolar kuzatildi va haqli ravishda chempionlik poygasida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

    To‘g‘ri, “Real” g‘alaba qozongan o‘yinlarda hakamlik borasida ham ba’zi savollar tug‘ildi, ammo Madrid klubining o‘z raqiblaridan anchagina ustunlik qilganini inkor etish mushkul. Hatto “Real”ning prinsipial raqiblaridan sanalmish “Atletiko” futbolchisi Saul ham “qirollik klubi”ning g‘alabasini munosib baholab, shunday dedi: “Ular juda yaxshi saviyada o‘ynamoqda. Agar VAR’dan foydalangan holda ko‘p miqdordagi penalti belgilanayotgan bo‘lsa, demak ular raqibga yaxshigina bosim o‘tkazgan, ko‘proq hujum qilgan”.

    Ushbu g‘alabaga jamoaning barcha o‘yinchilari ozmi, ko‘pmi o‘z hissasini qo‘shdi. Hatto jarohati tufayli deyarli butun mavsumni o‘tkazib yuborgan Eden Azar ham o‘z nomiga 1 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

    Quyida “Real”ning La Ligadagi g‘alabasiga ulkan hissa qo‘shgan asosiy ijodkorlar to‘g‘risida fikr yuritiladi.

    Tibo Kurtua

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Madriddagi ilk mavsumida belgiyalik posbon ayovsiz tanqid qilindi: bir qancha xatolardan so‘ng “Real”ning ko‘p sonli muxlislari Kurtuani hisobdan chiqarishga ham ulgurgandi. Oyoqlari orasidan o‘tkazib yuborilgan gollar uchun esa uni hatto haqorat qilganlar ham topildi. Aksariyat mutaxassislar bunday muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Tiboning avvalgi darajasiga qaytmasligini taxmin qilgandi, biroq golkiper xarakter ko‘rsata oldi va ajoyib mavsumni o‘tkazdi.

    Kurtua nihoyat La Ligada Yan Oblaknig to‘rt yillik gegemoniyasiga chek qo‘yib, La Ligada eng yaxshi darvozabon uchun beriladigan mukofotni olishga erishdi. Belgiyalik darvozabon ushbu mavsumda 18 ta “quruq” o‘yin o‘tkazgan va 33 ta o‘yinda o‘z darvozasidan 21 ta to‘p olib chiqqan.

    Aftidan, Tibo dunyoning eng yaxshi darvozabonlari safiga qaytdi. Hozirda u o‘zi orzu qilgan klubda o‘ynamoqda. Va endi u katta ehtimol bilan 2018/19-yilgi mavsumdagi dahshatli formasiga qaytmasa kerak.

    Serxio Ramos

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘zining 34 yoshida ham Ramos millionlar o‘yinining muxlis-u mutaxassislarini hayratga solishda davom etmoqda. U nafaqat o‘zining himoyadagi vazifalarini a’lo darajada bajaradi, balki, gol urish borasida ham uncha-muncha hujumchiga dars berib qo‘yishi mumkin. Faqatgina Benzema joriy mavsumda Serxioga qaraganda, ko‘proq gol urdi. Ramos bu mavsumda o‘z nomiga 12 ta gol yozdirib qo‘ydi, chempionat qayta boshlaganidan so‘ng esa 9 ta o‘yinda 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

    To‘g‘ri, Serxio gollarining ko‘pini penaltidan uradi, ammo uning penaltisi – haqiqiy san’at asaridir. Ramosning asablari esa po‘latdan, u har doim darvozabon harakatini kutadi va shundan so‘nggina bo‘sh burchakni nishonga oladi. “Atletik”ga qarshi o‘yinda Ramos o‘zining ketma-ket 20-penaltisini golga aylantirdi. U oxirgi marta 2018-yilda 11 metrlik zarbani tepishda xatoga yo‘l qo‘ygan.

    Ispaniyalik futbolchining jismoniy holati ham tahsinga loyiq. Serxio sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldudanilhomlangan, shu bois hozir uning jismoniy holati Krishnikidan qolishmaydi. Serxio La Liga tarixidagi eng yaxshi to‘purar himoyachi sanaladi va La Ligada 500 ta o‘yin o‘tkazishga ham yaqin turibdi. Serxio Ispaniya chempionatida 622 ta o‘yin o‘tkazgan Andoni Subisarretaning rekordini takrorlashi mumkin. Kim ham aytardi uni bu rekordni yangilashga munosib emas deb?

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Toni Kroos

    Germaniyalik futbolchi “Real” kabi o‘tgan mavsumni juda yomon o‘tkazdi, ammo La Liganing joriy mavsumida u o‘zining barcha yaxshi xislatlarini namoyish etmoqda. Toni bu mavsumda Modrichga nisbatan afzalroq ko‘rildi (Kazemiro va Valverdening boshlang‘ich tarkibdan joy olishiga esa hech qanday shubha yo‘q). Kroos o‘zining asosiy quroli – uzoq masofaga uzatadigan diagonal paslaridan yaxshiroq foydalanish uchun chuqurroq o‘ynashni afzal ko‘radi. Ushbu mavsumda u uzoq masofadan aniq pas berish bo‘yicha La Ligada eng yaxshi o‘yinchi hisoblanadi, kuchli beshlik ligalarida esa faqat Paulo Dibaladan ortda qolmoqda.

    Kroosning ushbu mavsumdagi samarali o‘yinining muhim omili shundaki, Zidan undan ko‘proq zarba berishni so‘radi. Natijani esa uzoq kutishga hojat qolmadi: Toni klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 6 ta gol urdi 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Natijada, samarali harakatlar soni bo‘yicha Kroos ushbu mavsumda faqatgina Benzemadan ortda qoldi.

    Kroosning joriy mavsumdagi asosiy ishlaridan biri “El-Klassiko”da Vinisiusga golli uzatmani yetkazib berganidir. Toni braziliyalik futbolchiga qayerga yugurishi kerakligacha ko‘rsatib, ajoyib pasni amalga oshirdi. Vinisiusga esa faqat yaqin burchakni nishonga olish qoldi, xolos.

    Kroos “Real”dan ketmoqchi emas va faoliyatini Madrid klubida tugatmoqchi ekanini tan oldi. Agar bu ro‘y bersa, u Madrid klubi afsonalar ro‘yxatidan joy olishiga hech kimda shubha yo‘q.

    Kazemiro

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Kazemiro – “Real”ning ko‘plab mavsumlarida yuqori darajada o‘ynaydigan kam sonli futbolchilaridan biri hisoblanadi. Bu mavsum ham braziliyalik futbolchi uchun istisno bo‘lmadi.

    Kazemiro Zidanning shakllangan jamoasida asosiy rollardan birini ijro etadi. Fransiyalik mutaxassis bir necha bor agar “Real” Kante yoki biror bir boshqa yetuk yarim himoyachini sotib olsa ham, Kazemironing tarkibdagi o‘rni so‘roq ostida qolmasligini aytgan. Braziliyalik jamoada juda katta miqdordagi “qora” ishni bajaradi, himoyachilarni mukammal ravishda sug‘urtalaydi, shuningdek, to‘p olib qo‘yish borasida ham La Ligada eng yaxshi ko‘rsatkichga ega. Kazemironing kontakt kurashlardagi va o‘yinni to‘g‘ri baholashdagi faol harakatlari bilan “Real”ning asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘lmoqda.

    Kazemironing hujumkor xislatlari ham hech qayerga ketgani yo‘q. U to‘pni o‘zida yaxshi ushlab tura oladi. Shu bilan birga ajoyib to‘p uzatish qobiliyatiga ham ega.

    Kazemiro – kamchiliklarini aniq ko‘rsatib bo‘lmaydigan o‘yinchilar sirasiga kiradi. Shuning uchun ham Zidan uni qadrlashidan ajablanmasa ham bo‘ladi. Kazemironing o‘zi esa Zidan uning kumiri ekanini ta’kidlaydi, shunday ekan, bu tandemning yaqin orada ajralishi dargumon.

    Fediriko Valverde

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Real”ning o‘ziga xos sevimli mashg‘uloti bor, ya’ni kelajagi porloq bo‘lgan yosh braziliyalik futbolchilarni sotib olish. Vinisius ikkinchi mavsum Madrid klubining asosiy jamoasida o‘ynayotgan bo‘lsa, shu mavsumdan boshlab Rodrigo ham asta-sekin asosiy jamoa o‘yiniga qo‘shila boshladi.

    Ammo katta miqdordagi pul sarflangan braziliyaliklarning hech biri hozircha “qirollik klubi” muxlislarining ishonchini oqlashga yaqin ham kelgani yo‘q. Ammo Janubiy Amerikaning yana bir yosh vakili, urugvaylik Federiko Valverde esa boshqa mavzu. “Real” uni 2016-yilda atigi 5 million yevro evaziga sotib olgandi. Ushbu mavsumda esa u tom ma’nodagi mavsum kashfiyoti bo‘ldi. Buning uchun “Real” muxlislari Zidandan minnatdor bo‘lishi kerak. Zizu unga mavsumlar oralig‘ida imkoniyatlar berib ko‘rdi, Valverde esa bundan foydalanib, boshlang‘ich tarkibdan joy olishga muvaffaq bo‘ldi.

    Madridlik muxlislar Valverdeni “ikki yurakli odam” deb ataydi. Darhaqiqat, Fede maydonda ajoyib ishlarni amalga oshiradi. U “Real”ning eng chidamli o‘yinchisi hisoblanadi. O‘yinning ilk va so‘nggi daqiqalarida ham bir xilda faollik ko‘rsatadi.

    Valverde kelguniga qadar raqib hujumini buzish bilan faqat Kazemiro shug‘ullanardi. U kelgach esa bu vazifa ikkiga bo‘lindi. Aynan Valverde kimsan “Oltin to‘p” sohibi Luka Modrichni zaxira o‘rindig‘iga “mixlab” qo‘ydi.

    Urugvaylik futbolchining hujumdagi asosiy ustunligi – bo‘sh zonalarni izlab topish qobiliyatidir. Zidan Federikoni maydonda biron bir aniq pozitsiya bilan cheklamaydi, shuning uchun u har doim bo‘sh zonalarga intilaveradi.

    Himoyada ham Valverdening imkoniyatlari hujumdagidan kam emas. Tezlik va yuqori darajadagi samaradorlik Valverdega qisqa vaqt ichida hujumdan himoyaga va aksincha, himoyadan tezkor hujumlarga o‘tishda yordam beradi.

    Valverde allaqachon Ispaniya tashqarisida ham sinchkovlik bilan kuzatilmoqda. Ma’lumki, “Manchester Yunayted” uni sotib olish niyatida taklif bilan ham chiqqan, ammo madridliklar uni faqatgina 500 million yevro evaziga sotishini aytgan. Ushbu yuqori transfer narxi bilan “Real” boshqa klublarga Valverdening sotilmasligini bildirib qo‘ygan.

    Karim Benzema

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Karim Benzema shaxsi haqida juda ko‘p gapirish mumkin va u haqida hammaning fikri turlicha. Biroq Karimni XXI asrning eng kam qadrlangan hujumchilari ro‘yxatiga kiritish mumkin. Karim deyarli imkonsiz ishni bajardi – o‘n yil davomida Krishtianu Ronalduning soyasida yurdi va shu bilan birga bu haqda hech qayerda va hech kimga hech qanday e’tiroz bildirmadi.

    Krishtianu ketishi bilan Benzemaning ko‘rsatkichlarni sezilarli darajada oshdi: u 2018/19-yilgi mavsumni La Ligada 21 ta gol bilan yakunlagan bo‘lsa, joriy mavsumda ham 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

    To‘g‘ri, Karimni yuqori ko‘rsatkichlar qayd etmaslikda ayblash mumkin, ammo shuni yodda tutish kerakki, u “Real”ning standartlarini muntazam bajaruvchi hisoblanmaydi. Ushbu mavsumda Benzemada 21 ta gol va 11 ta assist mavjud. Gol+pas ko‘rsatkichi bo‘yicha faqat Lionel Messigina undan oldinda. Argentinalik hujumchining hisobida 23 ta gol va 20 ta assist bor. Agar “o‘zga sayyoralik” Leo bo‘lmaganida, La Ligada mavsumning eng yaxshi o‘yinchisiga beriladigan mukofot katta ehtimol bilan Karimga topshirilgan bo‘lardi.

    Hozirda Benzemada shikoyat qiladigan narsa yo‘q. U “Real” tarixidagi beshinchi to‘purar va Zidanning tizimidagi asosiy o‘yinchi hisoblanadi. Ammo, baribir Karimning faoliyati biroz achinarli. Boisi u o‘zi munosib bo‘lgan e’tirofni ko‘rmagan.

    Zinedin Zidan

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Zidanning “Real”ga ikkinchi marta kelishi shubhalar bilan kutib olindi. Ko‘pchilik uning yaxshi natija ko‘rsatishiga yaqqol shubha bilan qaradi, ammo fransiyalik futbol dahosi uni erta hisobdan chiqarishganini isbotladi.

    Birinchi to‘liq mavsumida Zidan 2016/17-yilgi mavsumdan keyin ilk marta La Ligada g‘alaba qozondi. U Lopategi va Solari davrida sodir bo‘lgan barcha ko‘ngilsizliklarni daf qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, Zidan Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgan tarkibning deyarli barchasini (Krishtianudan tashqari) saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Eden Azarga ham katta umidlar bog‘langandi, ammo belgiyalik forvard jarohati sabab jamoaga yordam bera olmadi.

    Zidan o‘z mavqeyini Azarsiz ham namoyish eta oldi. U Valverdening yordami bilan maydon markazini mustahkamladi va barcha qariya futbolchilarni uyg‘ota oldi. Natijada, inqirozga uchragan “Barselona” va “Atletiko” fonida “Real” butun mavsum davomida g‘alabaga munosibroqdek ko‘rindi.

    Zidanning bu mavsumdagi asosiy taktik sxemasi 4-3-3 bo‘ldi. Jamoada motor vazifasini Kazemiro bajarib berdi. Shu tariqa Zidan mobil himoya markazi, ko‘p qirrali yarim himoya va o‘zgaruvchan qanotlar yordamida to‘liq shakllangan jamoani barpo eta oldi.

    Zidan jamoasining yaqqol ko‘zga tashlanadigan yagona kamchiligi bu – past samaradorlikdir. Benzema endi yosh emas va umuman, u hech qachon yuqori darajadagi samaradorligi bilan ajralib turmagan. Vinisius esa hali juda yosh va tajribasiz. Aynan Eden Azar ushbu muammodan forig‘ bo‘lish uchun sotib olingandi, ammo u deyarli butun mavsumni jarohati tufayli o‘tkazib yubordi va uning endilikda ham o‘zini “Chelsi”dagi kabi namoyish etishiga hech kim kafolat berolmaydi.

    Zidan o‘zi uchun yaxshi pozitsiya tanlay oldi: 2018-yilda cho‘qqidaligida ketishga qaror qildi, ammo Florentino Peres Zidansiz “Real”ga qiyin bo‘lishini tezda angladi va uni ortga qaytardi. Ha, Zidan ortga qaytdi, biroq u jamoaga birinchi marta kelganidan ko‘ra ko‘proq ta’sirga ega bo‘lib qaytdi. Endi unda ajoyib budjet, juda katta maosh va rahbariyat ishonchi bor.

    Keyingi mavsumda “Real” Zidan boshchiligida yana 3 ta yirik sovrin uchun kurashishi aniq, ammo “qaymoqranglilar”ning “Manchester Siti”ga qarshi Chempionlar Ligasida to‘qnash kelishini ham unutmaslik lozim. “Manchester Siti” javob uchrashuvi oldidan ajoyib imkoniyatga ega, ammo “Real” karantindan keyin juda yaxshi holatda, shu bois Zidan Gvardiolaga yaxshigina jang taklif qilishi shubhasiz.

    Bonus tariqasida esa “Real” muxlislari uchun Madrid klubining uch yil kutilgan chempionlik onlaridan olingan eng sara fotosuratlar taqdim etiladi.

    Foto: “Chempionat”

    Foto: “Chempionat”

    Foto: “Chempionat”

    Foto: “Chempionat”

    Garet Beyl va Zidan munosabatlari yomonlashgani aytildi.

    Foto: “Chempionat”

    Foto: “Chempionat”

    Foto: “Chempionat”

    Foto: “Chempionat”

    Madridning ikki qoyasi

    Foto: “Chempionat”

    Foto: “Chempionat”

    Foto: “Chempionat”

    Foto: “Chempionat”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    21.07.2020, 08:39   Izoh (0)   28061
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    A Seriya. “Yuventus” Ronalduning dubli evaziga “Latsio”dan ustun keldi

    21.07.2020, 02:54

    “Borussiya D” 23 mln yevroga 17 yoshli futbolchi sotib oldi

    20.07.2020, 23:28

    FIFA “Navbahor”ga Kanchelskisning sobiq yordamchisiga 5,3 milliard so‘m to‘lab berish majburiyatini qo‘ydi

    20.07.2020, 22:50

    Arturo Vidal 9 yil deganda ilk bor chempionat oltin medallaridan quruq qoldi

    20.07.2020, 22:01

    Petr Yan: Menga mashhurlik kerak emas va unga intilmayman

    20.07.2020, 21:38

    Santi Kasorla Xavi murabbiylik qilayotgan “As-Sadd” klubiga o‘tdi

    20.07.2020, 20:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Sistit — bu uyat emas!


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar 151 kishiga yetdi

    Dunyo | 1 iyun, 00:10

    BMT yadro agentligi: Eron uran zaxiralarini ko‘paytirmoqda

    Dunyo | 31 may, 23:50

    Jizzaxda 667 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:35

    Kelgusi hafta avvalida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:10

    Yomg‘ir suvini elektr energiyasiga aylantirish yo‘li topildi

    Dunyo | 31 may, 22:55

    Bolalar ombudsmani Magic City’da suitsid sahnasi namoyish etilgani yuzasidan izoh berdi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:35

    Namangan va Toshkentda yarim mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:15

    Mayk Tayson raqibining oyog‘ini tishlab olgan, WBC prezidentiga tupurgan va jurnalistni haqorat qilgan matbuot anjumani haqida

    Boks | 31 may, 22:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.